Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


E’tibor  qiling!  Psixologik  aloqa



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   548
E’tibor  qiling!  Psixologik  aloqa  –  bu  so‘roq  jarayonida  o‘zaro 

munosabatlarning  shunday  bir  darajasiki,  unda  ishtirok  etuvchi 

sub’ektlar  bir-biridan  chiqayotgan  axborotni  idrok  eta  oladi  va  buni 

istaydi.  Psixologik  aloqa  o‘rnatish  tergov  harakatini  o‘tkazish 

jarayonida  ikkala  tomon  uchun  ham  qulay  bo‘lgan  psixologik  muhit 

yaratishdan iborat.  




 

262 


Ruhiy  ta’sir  o‘tkazish  qonun  doirasida  amalga  oshirilishi  lozim. 

Bunda tergovchi ishontirish usulini qo‘llashga alohida e’tiborni qaratishi 

zarur. Mavjud faktlar va dalillarni oldindan tanlab olish va izchil shaklga 

solish,  ularni  optimal  oldinma-ketinlikda  keltirish  so‘roq  qilinuvchiga 

ruhiy  ta’sir  o‘tkazishning  samaradorligini,  u  qarshi  harakat  mo‘ljalini 

o‘zaro aloqa mo‘ljaliga o‘zgartirishini belgilaydi. 

So‘roq  qilinuvchi  berayotgan  ma’lumotlarni  tergovchi  ularni  ish 

bo‘yicha aniqlangan holatlar bilan solishtirish orqali tahlil qilishi, ularda 

ichki ziddiyatlarni, ilgari berilgan ko‘rsatuvlarga zid jihatlarni aniqlashi 

lozim.  O‘z-o‘zidan  ravshanki,  ko‘rsatuvlarda  mavjud  bo‘shliqlar  va 

noaniqliklar  tergovchi  tomonidan  yolg‘on  ma’lumotlar  berish  sifatida 

talqin  qilinmasligi  kerak.  Ayrim  xatoliklar  turli  ob’ektiv  sabablar 

ta’sirida  hatto  vijdonli  shaxslar  bergan  ko‘rsatuvlarda  ham  uchrashi 

mumkin.  

So‘roq  qilish  jarayonida  tergov  qilinayotgan  jinoyat  to‘g‘risida 

to‘liq va mutlaqo ishonchli axborot olishni qiyinlashtiruvchi ob’ektiv va 

sub’ektiv  omillarni  hisobga  olish  lozim.  Ob’ektlarni  kuzatish  tashqi 

sharoitlari va xususiyatlari ob’ektiv omil hisoblanadi. Bu erda voqeaning 

kutilmaganda va tez yuz berishi, noqulay ob-havo sharoitlari, sershovqin 

muhit,  yaxshi yoritilmagan joy va hokazolar nazarda tutiladi. Sub’ektiv 

omillar  qatoriga  jismoniy  nuqsonlar,  shuningdek  toliqish,  stress, 

kasallik,  ruhiy  holatning  buzilishi,  mastlik  va  hokazolar  ta’sirida  sezgi 

organlari  idrok  etish  qobiliyatining  susayishi  kiradi.  So‘roq  qilish 

jarayonida  xatoga  yo‘l  qo‘ymaslik  va  olingan  ko‘rsatuvlarning 

ishonchliligini  tekshirish  uchun  so‘roq  qilinuvchining  voqeani  kuzatish 

sharoitlarini mufassal aniqlash zarur. 

Qonun  talabiga  ko‘ra,  tergovchi  so‘roq  qilinuvchidan  ko‘rsatuv 

olish  orqali  ma’lumot  to‘playdi.  Ma’lumki,  so‘roq  vaqtida  olingan 

ko‘rsatuvlar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalil  manbaining  bir  ko‘rinishi 

hisoblanadi,  to‘plangan  axborotlar  esa  jinoyatning  ayrim  holatlarini 

aniqlash  uchun  xizmat  qiladi.  Tergov  amaliyotida  jabrlanuvchi,  guvoh, 

gumon  qilingan  va  ekspert  mutaxassislarni  so‘roq  qilish  ko‘proq 

uchraydi. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish