E’tibor qarating! So‘roq qilinuvchiga ruhiy ta’sir o‘tkazish
psixologik qarama-qarshilik vaziyatida, u qilmishning o‘ziga ma’lum
bo‘lgan voqealari haqida yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan, tergovchini
to‘g‘ri yo‘ldan chetlatishga urinayotgan, tergov qilinayotgan
jinoyatning haqiqiy manzarasini aniqlashga qarshilik ko‘rsatayotgan
holda qo‘llaniladi. Bunday ta’sir o‘tkazishning mohiyati dalilarni
ko‘rsatishning eng ta’sirchan shaklini ta’minlovchi taktik usullardan
foydalanish, so‘roq qilinuvchining sub’ektiv pozitsiyasini o‘zgartirish,
haqqoniy ko‘rsatuvlar berish zarurligiga uni ishontirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |