263
Kriminalistik taktik uslublarni qo‘llash nuqtai nazaridan guvoh va
jabrlanuvchilarning protsessual holati va huquqlari deyarli bir xil bo‘lib,
ularning holatlari o‘xshashligi sababli bir usulda so‘roq qilinadi. Lekin
ushbu protsessual shaxslarning holatlarini ba’zi tomonlari e’tiborga
olinib ularni so‘roq qilishda turli uslubni qo‘llash mumkin. Jumladan,
gumon qilinuvchiga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan hali aniq va asosli
isbotlar bo‘lmaganligi uchun uni faqat gumon qilingan shaxs sifatida
so‘roq qilinadi. Ayblanuvchi esa tergovchining unga nisbatan to‘plangan
dalillari asosida ayblanuvchi sifatida so‘roq qilinadi va taktik uslublar
mana shu holatlarga asosan qo‘llaniladi.
Guvoh bilan jabrlanuvchining protsessual holati deyarli bir xil,
huquq va burchlari ham o‘xshash. Lekin ayrim holatlar mavjudki, guvoh
bilan jabrlanuvchi orasida ba’zi bir farq ham bordir. Jumladan,
jabrlanuvchi jinoyat oqibatidan bevosita moddiy, ma’naviy va jismoniy
zarar ko‘radi, shuning uchun tergov natijasidan bir muncha manfaatdor.
So‘roq jarayonida jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishda voqeani to‘g‘ri
va ob’ektiv yoritishiga uning shaxsiy adovati va psixologiyasi, ya’ni
ruhiy holati ta’sir etishi mumkin. Guvohda esa bu xususiyatlar
bo‘lmaganligi uchun odatda xolis ko‘rsatuv beradi.
So‘roq qilinuvchi shaxslar ko‘rsatuvlarining shakllanishi murakkab
jarayondir, chunki uni yuzaga kelishida his eta bilish va mantiqli
fikrlashning turli shakllari ishtirok etadi. SHu sababli so‘roq qilishda
shaxsning ruhiy holatini, xususiyatlarini nazarda tutgan holda taktik
uslublarni qo‘llab, jinoyat ishiga tegishli ma’lumotlarni olish mumkin.
Ko‘rsatuvni qanday hosil bo‘lishini, uning psixologik asoslarini
bilish tergovchiga taktik uslublarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi.
Gumon qilinuvchi va aybdor, guvoh va jabrlanuvchilarning jinoyat
ishida tutgan turli protsessual holati hamda tergov qilinayotgan
shaxsning jinoyatdagi roliga qarab ularni so‘roq qilishda farqlar mavjud.
Ammo ko‘rsatuvlarning tashkil topishida o‘ziga xos umumiy psixologik
qonuniyat ham bor, albatta. Tergov qilinayotgan jinoyat holatlarini qabul
qilish, xotirada saqlab qolish va gapirib berish jarayoniga ta’sir
ko‘rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar guvoh va ayblanuvchiga bir
xilda ta’sir etishi mumkin. Jinoyatchi o‘zini va shu bilan birga
ishtirokchilarning voqea sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan shaxslarning
Do'stlaringiz bilan baham: