Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   548
E’tibor  qiling!  So‘roq  tergovchi  bilan  jinoiy  voqea  haqida 

ma’lumot  beruvchi  shaxs  o‘rtasidagi  o‘zaro  muloqotdir.  So‘roq 

qilishning  umumiy  vazifasi  –  so‘roq  qilinayotgan  shaxslarning  har 

biridan  tergov  qilinayotgan  jinoyat  holatlari  va  uni  sodir  etishda 

aybdor  shaxslar  to‘g‘risida  unga  ma’lum  bo‘lgan  barcha  haqqoniy 

ma’lumotlarni olish.  




 

258 


bilan  tartibga  solingan  tergov  harakati  bo‘lib,  jinoyat  ishini  to‘g‘ri  hal 

qilish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlarni  aniqlash  maqsadida 

tergovchi bilan ayblanuvchining o‘zaro suhbatini qamrab oladi. 

Tergovchi ayblanuvchini faqat e'lon qilingan ayb yuzasidan so‘roq 

qilishi  lozim.  Bu  avvalambor,  jinoiy  ta'qibning  doirasi  va  chegarasiga 

borib  taqaladi.  Boshqacha  aytganda,  jinoyat  ishiga    ayblanuvchi 

tariqasida  jalb  qilingan  shaxsni  so‘roq  qilishda  qo‘zg‘atilgan  jinoyat 

ishiga  daxli  bo‘lmagan,  e'lon  qilingan  ayblovga  aloqador  bo‘lmagan 

boshqa  holatlar  haqida  so‘ralishi  to‘g‘ri  emas.  Shunday  bo‘lsada, 

basharti  tergov  o‘tkazish  chog‘ida  dastlabki  ayblovni  qayta  ko‘rib 

chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to‘plangan bo‘lsa yoki dastlabki 

ayblovning noaniqligi  yoxud  yuridik  tavsifi noto‘g‘riligi  ma'lum  bo‘lib 

qolsa,  dastlabki  ayblov  o‘zgartirilishi,  qisman  tugatilishi  yoki 

to‘ldirilishi  lozim.  Bu  haqda  tergovchi  qaror  chiqaradi  va  unda 

ayblovning  yangi  mazmunini  bayon  qiladi  (JPK  362-moddasi  birinchi 

qismi). 


Yolg‘on  ko‘rsatuv  berish  belgilari  aniqlangan  taqdirda,  so‘roqni 

amalga  oshirayotgan  mas'ul  mansabdor  shaxs  so‘roq  vaqtida  so‘roq 

qilinayotgan  shaxsning  xulq-atvorini  atroflicha  kuzatishi  maqsadga 

muvofiq.  Kishining  har  qanday,  shu  jumladan,  huquqqa  xilof  faoliyati 

ham  ruhiy  bosim  ostida  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  so‘roq 

qilinayotgan shaxsga savollar bera turib, davlat ayblovchisi uning xulq-

atvorini,  nutqini,  qo‘yilgan  savollarga  ta'sirini  kuzatib  borishi  lozim. 

Demak,  prokurorlarni  sudda  kuzatuv  usulidan  foydalanish  hamda 

ishontirish xususiyatini shakllantirishga o‘rgatish katta samara beradi.  

Bir  qator  adabiyotlarda  ham  shaxsni  gumon  qilinuvchi  sifatida 

e'tirof  etishning  qonunchilikdagi  asoslarining  yo‘qligi  amaliyot 

xodimlarida  noaniqliklarni  vujudga  keltirishi  hamda  ular  tomonidan 

qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lishi ta'kidlangan. 

Aytish  joizki,  mazkur  muammo  O‘zbekiston  Respublikasi  jinoyat-

protsessual  qonunchiligi  uchun  ham  xos  bo‘lib,  gumon  qilish 

institutining  yetarlicha  huquqiy  tartibga  solinmaganligi  bois,  qonun 

buzilishi  holatlari  amalda  keng  uchrab  turadi.  Xususan,  sud-tergov 

amaliyotida  amalda  gumon  qilinayotgan  shaxsni  guvoh  sifatida  so‘roq 

qilish  hollari  keng  uchraydi.  Ushbu  salbiy  holatning  oldini  olish 

maqsadida  2008  yil  31  dekabrda  JPKga  guvohning  advokati  instituti 

joriy etildi.  

O.D.Jukning  yozishicha  esa,  amaliyotda  tergovchi  shaxsga  guvoh 

yoki  gumon  qilinuvchi  sifatida  so‘roq  qilishni  taklif  qiladi.  Albatta, 



 

259 


inson o‘ziga ma'qul huquqiy maqom sifatida guvoh maqomini tanlaydi, 

undan  keyin  tergovchi  butun  so‘roq  jarayoni  shaxsga  biror-bir 

protsessual  kafolatlar  taqdim  etmagan  holda  uni  jinoyat  sodir  etishdagi 

ishtirokini fosh etishga harakat qiladi, - deb ta'kidlangan.  

Fikrimizcha, bunday amaliyot inson huquqlarining buzilishi bo‘lib, 

bu borada I.A.Panteleyev, A.A.Davletov va V.G.Voytlar shaxsni guvoh 

sifatida  so‘roq  qilishning  protsessual  chegaralarini  quyidagicha 

belgilashni  taklif  qiladi:  “basharti  so‘roq  qilish  predmeti  guvohning 

jinoyatga  daxldorligiga  oid  holatlarni  qamrab  olmasa,  ya'ni  tergovchi 

so‘roq  qilinayotgan  shaxsga  nisbatan  o‘z  gumonini  bildirmasa,  shaxsni 

guvoh  sifatida  so‘roq  qilish  bo‘yicha  hech  qanday  to‘siq  bo‘lmaydi. 

Agarda, tergovchi u yoki bu shaklda shaxsga nisbatan gumon e'lon qilsa 

(bu  so‘roq  qilinayotgan  shaxs  oldiga  uning  jinoyat  bilan  bog‘liq  o‘z 

xatti-harakatlari  to‘g‘risida  masalani  qo‘yishida  ifodalanadi),  ushbu 

shaxs  guvoh  bo‘la  olmaydi.  U  o‘zining  real  holatiga  mos  gumon 

qilinuvchi maqomiga ega bo‘lishi hamda unga nisbatan mavjud gumon 

rasman  e'lon  qilinganidan  so‘ng,  jinoyat  protsessining  ushbu 

ishtirokchisi sifatida so‘roq qilinishi lozim. 

Bunday  yondashuv  qonuniylik,  odillik,  insonparvarlik  kabi 

umumhuquqiy  prinsiplar  mohiyatiga  zid  bo‘lib,  unga  qo‘shilib 

bo‘lmaydi,  chunki  mazkur  holatda  amalda  gumon  qilinuvchi  guvohga 

aylantiriladi  hamda  ko‘rsatuv  berishga  majbur  qilinadi,  zero,  guvoh 

sifatida  so‘roq  qilinuvchi  ayblanuvchiga  tegishli  bo‘lgan  protsessual 

huquqlardan  foydalanmaydi,  chunki  ushbu  holat  bilan  ayblanuvchi 

amalda o‘ziga tegishli bo‘lgan protsessual huquqlardan mahrum etiladi.  

Ayblanuvchining  o‘z  aybini  tan  olishi  masalasi  unga  ayb  e'lon 

qilingandan  so‘ng  birinchi  so‘roq  vaqtida  yoxud  shaxsning  o‘z  aybiga 

iqrorligi  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  murojaat  etishi  zahotiyoq  yuzaga 

keladi.  Ushbu  bosqichda  ayblanuvchining  o‘z  aybini  tan  olishi 

tergovchini  uning  haqqoniyligini  tekshirish  majburiyatidan  ozod 

qilmaydi.  Chunki  aybga  yolg‘on  iqrorlikning  kech  aniqlanishi  haqiqiy 

jinoyatchilarning yashirinishi uchun sharoit yaratib, haqiqatni aniqlashga 

to‘sqinlik qilishi mumkin. 

So‘roq  qilish  o‘zaro  muloqot  shakli  sifatida  hamkorlik  yoki 

qarama-qarshilik va psixologik kurash yo‘sinida o‘tishi mumkin. Ba’zan 

so‘roqda boshqa shaxslar (tarjimon, pedagog, mutaxassis va sh.k.) ham 

ishtirok  etishlari  mumkin.  Bunda  axborot  ayirboshlash,  o‘zaro  ta’sir 

ko‘rsatish,  bir-biriga  baho  berish,  nuqtai  nazarlarni  shakllantirish  sodir 




 

260 


bo‘ladi.  Bu  erda  so‘roqni  o‘tkazayotgan  shaxs  etakchi  rol  o‘ynashi 

lozim.  


Tergovchi  JPK  normalari  va  kriminalistika  tavsiyalariga  amal 

qilgan holda, so‘roqni o‘tkazish tartibini belgilaydi, boshqa shaxslarning 

harakatlarini, ularning ishtiroki darajasini boshqaradi, ayni vaqtda so‘roq 

qilinuvchidan tergov qilinayotgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlar olishni 

ta’minlaydi.  So‘roq  qilinuvchidan  mumkin  qadar  to‘liq  va  haqqoniy 

ko‘rsatuvlar  olishga  intilib,  tergovchi  taktik  mulohazalarga  ko‘ra  yuz 

bergan  voqea  tafsilotlaridan  xabardorligini  ma’lum  vaqtgacha  oshkor 

qilmaydi,  o‘zi  so‘roqning  mazkur  bosqichida  foydalanish  maqsadga 

muvofiq, deb hisoblagan ma’lumotlarnigina xabar qiladi. 

Olinayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash 

–  og‘ir  vazifa,  zero  so‘roq  qilinuvchi,  hatto  u  butun  haqiqatni  bayon 

etishni  istayotgan  bo‘lsa  ham,  o‘z  istagini  amalga  oshirishga,  muhim 

holatlarni  to‘liq  eslashga  doim  ham  qodir  bo‘lavermaydi.  Bundan 

tashqari, 

tergovchini 



aynan 

qaysi 


faktlar 

va 


tafsilotlar 

qiziqtirayotganini doim ham tushunavermaydi. 

So‘roq  qilinuvchi  tergov  qilinayotgan  jinoyat  voqeasi  amalda 

qanday  rivojlangani  xususida  vijdonan  yanglishishi  ham  mumkin. 

So‘roq  qilinuvchi  yolg‘on  ko‘rsatuvlar  bergan,  ayrim  muhim  holatlarni 

yashirgan,  ko‘rsatuvlar  berishdan  bosh  tortgan,  voqeaning  asl 

manzarasini  aniqlashda  tergovchiga  halaqit  berishga  uringan  hollarda 

vaziyat yanada murakkablashadi.  

 

Yuzlashtirishni  o‘tkazayotganda  so‘roq  qilish  ushbu  tergov 



harakatining  alohida  turi  hisoblanadi.  Olinayotgan  ma’lumotlarning 

ishonchliligiga  ko‘ra  haqqoniy  ko‘rsatuvlar  beruvchi  shaxsni  so‘roq 

qilish  va  yolg‘on  ko‘rsatuvlar  berayotgani  ayon  bo‘lgan  odamni  so‘roq 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish