Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasini qayd etish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   548
 

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasini qayd etish 

 



 

207 


JPK  90-92-moddalarida  hodisa  joyidan  topilgan  dalillarni 

bayonnomada  qayd  etish  tartibi  ko‘rsatilgan.  Ushbu  moddalar  talabi 

asosida  yozilgan  bayonnomalar  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalil  manbai 

sifatida foydalanilishi mumkin.  

Bayonnomalarga  tergov  va  sud  harakatining  ishtirokchilari 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  bu  shaxslarga  huquq  va  majburiyatlari 

tushuntirilganligi,  tergov  harakatining  o‘tkazilishi  joyi  va  vaqti,  shart-

sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy izlar tavsifi va 

ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari qayd etilishi lozim. 

Qoidaga  binoan  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  bayonnomasi 

hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  yoki  ko‘zdan  kechirish 

tugallanishi  bilanoq  tuzilishi  lozim.  Ba’zi  vaqtlarda  hodisa  joyini 

ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzishda tergovchi ayrim xatoliklarga 

ham yo‘l qo‘yishi ehtimol. SHu sababli tergovchi hodisa joyini ko‘zdan 

kechirishda  barcha  kuzatilgan  holatlarni  o‘zining  yon  daftarchasiga 

xomaki  yozib  olsa,  bayonnomani  tuzishda  muhim  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan faktlar qisqacha bayon etilishi mumkin. 

 

Kirish  qismida  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  joyi  va  vaqti,  uni 

o‘tkazish  boshlangan  va  tamom  bo‘lgan  vaqt,  ko‘zdan  kechirishda 

ishtirok  etgan  shaxslarning  ismi,  familiyasi,  xolislar  va  ularnnig  uy 

manzillari,  ko‘zdan  kechirishda  qanday  yorug‘likda  o‘tkazilganligi 

(tabiiy va sun’iy), ob-havo sharoiti va h.k. ko‘rsatiladi. 



Bayonot  qismida  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  natijalari  qayd 

etiladi.  Bayonnomada  hodisa  joyi  qanday  ketma-ketlikda  o‘tkazilgan 

bo‘lsa,  shunday  tarzda  bayonnomada  qayd  etilishi  lozim.  Eng  avvalo 

ko‘zdan  kechirish  o‘tkazilayotgan  joyga  to‘liq  tavsif  beriladi.  Agar 

hodisa  joyi  turar  joy  yoki  bino  bo‘lsa,  ularning  aniq  nomi,  (dam  olish 

xonasi,  balkon,  yotoqxona,  ombor  va  h.k.),  razmeri,  joylashgan  joyi 

(cherdak, etaj, erto‘la) eshik va derazalar soni va ularning qaysi tomonda 

joylashganligi,  ularning  umumiy  holati  ko‘rsatiladi.  Agar  ko‘zdan 

kechirish  ochiq  joy  va  hududlarda  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  ularning  nomlari 

(o‘rmon,  avtotransport  yo‘li  va  h.k.)  hodisa  joyining  mo‘ljal  olish 

xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ob’ektga  nisbatan  joylashgan  masofasi  qayd 

etiladi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish