Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   548
perxlorvinil smolasi (elimi)dan foydalanish tavsiya etilgan. Perxlorvinil 

smolasi  oq  rangli  poroshok  bo‘lib,  u  atsetonda  suyultirilib  pulvirizator 

yordamida izga sepiladi, u qotgandan keyin ko‘chirilib olinadi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda  transport  vositalaridan 

qoladigan  izlarni  diqqat  bilan  ko‘zdan  kechirish  lozim.  Hatto  juda 

mayda  ashyoviy  dalillar  ham  nazardan  chetda  qolmasligi  kerak. 

Jumladan,  hodisa  joyidan  topilgan  avtomobildan  tushib  qolgan  bir 

tomchi  moy  emisson  spektral  analiz  usulida  olib  borilgan  tekshiruv 

natijasi,  ushbu  moynnig  transport  vositasining  qaysi  qismiga  tegishli 

ekanligini va hatto transport vositasining shu moy bilan taxminan necha 

kilometr yurganligini ham aniqlashga imkon beradi. 

YUqorida  qayd  etilgan  tavsiyalar  shuni  ko‘rsatadiki,  hodisa 

joyidan  izlarni  qidirib  topish  va  olish  uchun  hozirgi  vaqtda  etarli 

darajada  ilmiy-texnikaviy  vosita  va  metodlar  mavjud  bo‘lib,  ulardan 

samarali 

ravishda 

foydalanilmoqda. 

Tabiiyki, 

kriminalistika 

texnikasining  tez  rivojlanib  borishi,  kelajakda  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishda  qo‘llanilayotgan  ilmiy-texnikaviy  vositalardan  faqat 

ekspertiza  tekshiruvini  o‘tkazishda  foydalaniladi.  Bu  texnikaviy 




 

204 


vositalar bevosita hodisa joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish jarayonida 

tezkor  maqsadlarda  tekshirish  o‘tkazish  imkoniyatini  bermaydi.  SHu 

boisdan  ham  yangi  ilmiy-texnikaviy  vositalardan  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishni 

o‘tkazishda  foydalanishni  har  qanday  tergovchilar 

tomonidan  o‘tkaziladigan  oddiy  tekshirishlar,  o‘lchashlar  bilan 

birgalikda  amalga  oshirilishini  inobatga  olinishi  taqozo  etiladi.  Izlarni 

qayd  etishda  foydalaniladigan  yangi  texnikaviy  vositalar  hodisa  joyini 

ko‘zdan  kechirishda  tergovchi  tomonidan  bajariladigan  vazifalarni 

amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 

Ba’zi  vaqtlarda  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishda  qotillik 

jinoyatining  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi  belgilar,  turli  predmetlar 

topilishi  mumkin  (masalan,  qonli  bolta,  qon  izi  bor  kiyim  va  h.k.). 

Tergovchining  asosiy  vazifasi  texnikaviy  vositalar  yordamida  murdani 

qidirib topishdan iborat. 

Hodisa  joyidan  murdaning  topilishi  ayrim  xususiyatlarga  ega. 

Bunday  xususiyatlarga  ko‘zdan  kechirish  ob’ektlarini  aniqlash  kiradi. 

Voqea joyidan murdaning topilishida ko‘zdan kechirish ob’ektlari bo‘lib 

quyidagilar  hisoblanadi:  murda,  uning  holati  va  kiyimi;  murdaning 

yotgan joyi; murda bilan bog‘liq bo‘lgan iz va ashyoviy dalillar; jinoyat 

qurollari. 

Murdaning  tashqi  qiyofasini  ko‘zdan  kechirish  mutaxassis 

ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Murdani  ko‘zdan  kechirishni  kechiktirish 

mumkin emas, chunki murdaning o‘zida ham, voqea joyida, izlarda ham 

o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin.  

Voqea  joyini  qo‘riqlash  chorasi ko‘rilishi  lozim,  aks  holda  ishdan 

manfaatdor  bo‘lgan  ayrim  shaxslar  tergovchi  voqea  joyiga  etib 

kelgunigacha  murdani  boshqa  joyga  ko‘chirishi,  kiyimlarini  to‘g‘rilab 

qo‘yishi mumkin. 

Murdani  hodisa  joyida  ko‘zdan  kechirishning  to‘liq  va  har 

taraflama  bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  amaliyotda  ishlab  chiqilgan 

ko‘zdan  kechirish  bosqichlarining  ketma-ketlik  prinsipiga  rioya  etilishi 

kerak. 

1)  Ko‘zdan  kechirishni  murdani  yotgan  joyini  aniqlashdan 

boshlash  lozim.  Murdani  yotgan  joyi,  uning  atrofida  mavjud  bo‘lgan 

predmetlarga  nisbatan  qayd  etiladi.  YA’ni  u  xonada  yotgan  joyini 

devordan, deraza va eshikdan qancha masofada ekanligini o‘lchash bilan 

aniqlanadi va qayd etiladi. Agar murda ochiq joyda yotgan bo‘lsa, uning 

yotgan joyi yaqinroq bo‘lgan ob’ektlarga (ko‘prik, daraxt, devor va h.k.) 

nisbatan o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 




 

205 


2)  Murdani  ko‘zdan  kechirishning  keyingi  bosqichi  murdaning 

holatini  o‘rganish  hisoblanadi.  Murdaning  yotgan  holati  jinoyatni 

tergashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Murdaning  holati 

deganda, uning yotganligi, osig‘liq turganligi, o‘tirganligi hamda ayrim 

qismlarining  holati,  ya’ni  oyoq  qo‘llari,  kallasi  va  tanasining  qanday 

holatda ekanligi tushuniladi. 

3)  Murdani  ko‘zdan  kechirishda  muhim  bosqichlardan  biri  uning 

kiyimini ko‘zdan kechirish va qayd etish hisoblanadi. Murdani ko‘zdan 

kechirish  o‘tkazilgandan  keyin  u  sud-tibbiy  ekspertizasini  o‘tkazish 

uchun yuboriladi. Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin kiyimlar tergovchiga 

qaytariladi.  Lekin  murdaning  kiyimlari  voqea  joyining  o‘zidayoq 

batafsil  ko‘zdan  kechiriladi.  Kiyimlar  ko‘zdan  kechirilayotganda 

kiyimning  barcha  predmetlari  (tugma,  cho‘ntaklar  va  hk.)  hatto  ichki 

kiyimlari ham diqqat bilan ko‘zdan kechirilishi lozim. Kiyimlar ko‘zdan 

kechirilayotganda jinoyatning sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 

o‘zgarishlari (qon, sperma izlari, turli dog‘lar) bayonnomada to‘liq qayd 

etilishi  shart.  Agar  murdadagi  kiyimning  ayrim  qismlari  yulib  olingan 

bo‘lsa,  jumladan,  pidjagining  bir  qo‘li  yo‘q  bo‘lsa,  tugmalaridan 

ayrimlari  bo‘lmasa,  bu  holat  bayonnomada  qayd  etilishi  kerak,  chunki 

ular keyinchalik gumon qilinuvchidan topilib qolishi ham mumkin. 

4)  Murdani  tashqi  ko‘zdan  kechirish,  uning  umumiy  belgilaridan 

(jinsi,  yoshi,  bo‘yi,  gavda  tuzilishi)  tashqari  jinoiy  hodisa  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  maxsus  belgilarni  (badanidagi  ko‘kargan,  kesilgan,  singan 

jarohat  belgilari,  buzishdan  qolgan  jarohatlari  va  boshqa  alomatlarni) 

ham o‘z ichiga oladi. 

YUqorida  qayd  etilganidek,  murda  uning  holati  va  kiyimini 

ko‘zdan  kechirilgandan  keyin  murda  yotgan  joy  ko‘zdan  kechiriladi. 

Murda  yotgan  joyning  umumiy  holati,  voqea  joyining  to‘liq  tavsifi 

(aholi punkti, dam olish bog‘ining aniq qismi, ko‘lning aniq qirg‘og‘i va 

h.k.)  bilan  birga  murda  yotgan  joyning  to‘liq  tasviri  (yo‘lning  ayrim 

qismi,  chuqurlik  joy,  temir  yo‘lning  aniq  qismi  va  h.k)  ham 

bayonnomada  batafsil  yoritilishi  lozim.  Bu  holatlarning  aniq  ifoda 

etilishi jinoyatni o‘z vaqtida ochishga katta yordam beradi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishning  umumiy  masalalaridan  yana 

biri,  qanday  iz  va  ashyoviy  dalillarni  jinoyatchi  hodisa joyida  qoldiradi 

va  qanday  iz,  predmetlar,  mikrozarrachalarni  o‘zi  bilan  olib  ketishi 

mumkin  kabi  masalalar  jinoyatning  sodir  etilish  xusususiyatlarini 

hisobga  olgan  holda  murdani  ko‘zdan  kechirishda  hal  etilishi  mumkin. 

Agar jabrlanuvchi sovuq qurol bilan etkazilgan jarohat natijasida o‘lgan 



 

206 


bo‘lsa, jinoyatchining kiyimida, poyabzalida qon izlari qolishi mumkin. 

Agar  qotillik  jinoyatini  sodir  etish  uchun  jinoyatchi  devorni  yoki  eshik 

va  derazani  buzib  kirgan  bo‘lsa,  jinoyatchining  kiyimida  tuproq  yoki 

oyna siniqlari qolishi mumkin. 

Hodisa  joyida  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘pchilik  izlar  va 

ashyoviy  dalillarni  jinoyatchining  o‘zida  topish,  aksincha  undan  hodisa 

joyida ham iz va ashyoviy dalillar qolishi mumkin. Masalan, oyoq, qo‘l 

izlari,  jinoyatni  sodir  etishda  foydalanilgan  qurollarni,  shaxsiy 

buyumlarni (dastro‘mol, papiros qoldig‘i, taroq, gugurt siniqlari va h.k) 

qoldirib ketishi mumkin. 

Murdani  ko‘zdan  kechirishda  hodisa  joyi  holatini  diqqat  bilan 

o‘rganish  lozim  bo‘ladi.  Voqea  joyi  holati  deganda  u  erda  aniqlangan 

barcha  holatlar  yig‘indisi  tushuniladi.  Barcha  faktlarni  umumlashtirgan 

holda ko‘rib chiqish tergovchiga ish bo‘yicha yangi faktlarni aniqlashga 

yordam  beradi.  Bu  vaziyat  va  holatlar  tergovchining  professional 

mahoratini namoyish etishida ma’lum bo‘ladi. 

O‘qotar qurollarni qo‘llash tufayli qotillik jinoyati sodir etilganlik 

belgilari  aniqlangan  hollarda  tergovchi  hodisa  joyidan  o‘q  va  gilzalarni 

topish  choralarini  ko‘rishi  lozim,  zaharlanib  o‘lganlik  belgilari  mavjud 

bo‘lgan  holatlarda  esa  hodisa  joyidan  zaharli  moddalarning  qoldiqlari, 

zaharli modda olib kelingan idish turli o‘rash vositalari kabilarni topish 

choralarini ko‘rish lozim. 

Tergovchinig  asosiy  vazifalaridan  biri  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirishni  to‘liq  o‘tkazish  va  uning  natijalaridan  samarali  foydalanish 

hisoblanadi.  Lekin  tergov  amaliyotlarida  bunga  ba’zan  erishilmaydi. 

Buning  sababi  turlicha:  birinchidan,  tergovchining  etarli  bilimga  va 

tajribaga  ega  emasligi  va  kriminalistik  texnikaviy  vositalari  bilan  to‘liq 

ta’minlanmaganligi,  ikkinchidan,  ob-havo  sharoitining  noqulayligi, 

uchinchidan,  hodisa  joyidan  topilgan  dalillarga  ahamiyat  bermaslik 

hisoblanadi. 

Hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov 

harakati  hisoblanadi.  Tergov  ko‘pincha  ushbu  tergov  harakatidan 

boshlanadi. Ba’zi vaqtlarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish undan oldin 

o‘tkazilgan  tezkor  harakatlar  tufayli  yig‘ilgan  ma’lumotlardan 

foydalanib bajariladi. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish