Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Yodda saqlang: 
Davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari haqidagi 
xabarlarni tekshirishda ma’lumot yig‘ishning quyidagi usullaridan 
foydalanish lozim: 

tovarlar va qimmatbaho buyumlarning sonini tekshirish uchun 
qo‘qqisdan inventarizatsiya tashkil etish; 

muassasa, korxona va ularning bo‘limlarining moliya xo‘jalik 
faoliyatini reviziya etish; 

tovar 
va 
qimmatbaho 
narsalar 
yuklanayotgan 
va 
tushirilayotgan paytda foydalanilgan qalbaki hujjatlarni talab 
qilib olish; 

tekshirilayotgan operatsiyaga aloqador mansabdor, moddiy 
javobgar va ularning ustidan nazorat qiladigan shaxslardan 
tushuntirish xatlari olish; 

predmetlarni xususiyati, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan protsesslar 
haqida mutaxassislarning fikrini olish: 

tezkor-qidiruv 
organlariga 
qidiruv 
tadbirlari 
o‘tkazish 
to‘g‘risida topshiriqlar berish; 

tashkilot, korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tartibga 
soladigan me’yoriy hujjatlarni o‘rganish; 

muassasa, korxonaning davlat va jamoat mulkini saqlash 
sharoitlari, 
texnologik 
protsesslarining 
xususiyatlarini 
o‘rganish. 


391 
а) тафтиш асосида аниқланган ва шубҳали ҳисобланган 
ҳужжатларни кўздан кечириш ва олиб қўйиш; б) тафтиш томонидан 
аниқланган 
қалбакилаштирилган 
ҳужжатларни 
тайёрлаган 
шахсларни сўроқ қилиш; в) далилий ашё бўладиган ҳужжат ва 
предметларни қидириб топиш мақсадида айбланувчиларнинг турар 
жойларида, иш жойида тинтув ўтказиш, моддий зарарни қоплашни 
таъминлаш учун мулкларни аниқлаш ва рўйхатга олиш; г) тафтиш 
материалларида кўрсатилган шахсларни сўроқ қилиш. 
JPKning 161-moddasiga muvofiq tergovchi zarur bo‘lgan 
hujjatlarni olib qo‘yish huquqiga ega. Tergovchi jinoyat ishini tergashda 
qanday hujjat zarurligini va olib qo‘yilishi lozim bo‘lganlarini belgilab 
qo‘yishi zarur. Bunday vaqtlarda tergovchiga mutaxassis - hisobchi, 
iqtisodchi, kriminalistlar katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Hisobchi 
yoki iqtisodchilar tergovchiga hujjatlarni tahlil qilishning qanday 
usullaridan foydalanishi, tergovchini qiziqtirayotgan operatsiya qanday 
hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi to‘g‘risida, kriminalist esa ko‘zdan 
kechirilayotgan hujjatda qanday o‘zgartirishlar, qalbakiliklar mavjudligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar berishlari lozim. 
Agar jinoyat ishi fuqarolarning, mansabdor shaxslarning bergan 
shikoyat va arizalarini tekshirilishi asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 
dastlabki tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlar ushbu materiallarda 
mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Ko‘p hollarda bunday 
vaqtlarda tergov ishini boshlashdan oldin inventarizatsiya va taftish 
o‘tkazish tashkil etiladi. 
Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha zarur barcha hujjatlar bilan 
ta’minlangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday hujjatlar 
tergovchiga dastlabki materiallar va taftish materiallari bilan kelib 
tushishi mumkin. Bunday materiallarni tegishli tashkilotlardan, 
shikoyatchilardan, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilardan, guvohlardan 
talab qilib olish ham mumkin. 
Hujjatlarni ko‘proq yig‘ish uchun o‘tkazilayotgan dastlabki tergov 
harakatlari tezkorlik bilan o‘tkazilishi lozim. Tez ko‘zdan kechirishga 
ulgurolmasa hujjatlar saqlanayotgan joy muhrlab qo‘yiladi. Keyinchalik 
bu hujjatlar to‘liq o‘rganilib, keraklilari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi, 
qolganlari esa qaytarib beriladi. 
Inventarizatsiya 
tergovchining 
talabiga 
muvofiq 
maxsus 
tayinlangan komissiya tomonidan korxonalarda, tashkilotlarda ma’lum 
vaqt oralig‘ida tovarlar, pul mablag‘lari mavjudligini tekshirib ko‘rish 


392 
uchun o‘tkaziladi. Tergovchi inventarizatsiya komissiya tarkibiga 
kirmasa-da, bu tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etishi mumkin. 
Taftish o‘tkazadigan mutaxassis,taftishchi tomonidan korxona, 
tashkilot, muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya 
ma’lumotlari asosida tekshirib ko‘rish uchun o‘tkaziladi. Taftish asosan 
jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldin o‘tkaziladi. Mabodo, u jinoyat ishi 
qo‘zg‘atilishidan 
oldin 
o‘tkazilmagan 
bo‘lsa, 
tergovchi 
ish 
qo‘zg‘atilgandanoq darhol o‘tkazish chorasini ko‘rishi lozim. Bu 
to‘g‘rida u qaror chiqarib, unda qisman yoki to‘liq taftish o‘tkazish 
zarurligi yoki zarur emasligi, aniq ob’ekt yoki mansabdor shaxsning 
qaysi davr ichidagi faoliyati taftish qilinishi lozimligi va taftish 
dalolatnomasini qachon taqdim etish zarurligi haqidagi ma’lumotlar 
ko‘rsatiladi. 
Taftish tayinlash to‘g‘risida chiqarilgan qaror nazorat-taftish 
organlariga yuboriladi. Taftish oldiga qo‘yiladigan vazifalar aniq 
bo‘lishi lozim. Qoidaga binoan muassasa va tashkilotlarning katta davr 
ichidagi faoliyatini taftish qilish tavsiya etilmaydi, chunki u ko‘p vaqtni 
talab etib,taftish ishlarini chuqur va to‘liq amalga oshirilishiga xalaqit 
beradi. Agar taftish korxona va tashkilotlarning katta davr ichidagi 
faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, unda tergovchi taftishni bir 
guruh taftishchilar tomonidan o‘tkazish masalasini hal etishi lozim. 
Tergovchi taftishchi bilan doimiy aloqada bo‘lishi lozim. 
Taftishchi tergovchiga suiiste’mol qilinish faktlari to‘g‘risida axborotlar 
berib tursa, tergovchi esa taftishchiga jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan 
yangi materiallar to‘g‘risida ma’lumot berib turadi. Taftishchi 
suiiste’mol qilinish faktlarini aniqlagandan keyin bu to‘g‘rida xususiy 
dalolatnoma tuzadi va uni darhol tergovchiga taqdim etadi. Bu 
dalolatnomaning mazmuni bilan manfaatdor shaxslarni tanishtirish shart 
emas, chunki ular keyinchalik tuzilgan umumiy dalolatnoma mazmuni 
bilan tanishtiriladi. 
Qayd etilgan holatlarni aniqlash va dalillar to‘plash uchun 
tergovchi quyidagi dastlabki tergov harakatlarini va tashkiliy tadbirlarni 
ko‘rishi zarur: 
1) jinoyat ustida ushlash (xom ashyoni hech qanday hujjatsiz 
sotish, qabul qilish); 
2) ushlanganlarni shaxsiy tintuv qilish; 
3) xizmat xonalarida tintuv o‘tkazish va ularni ko‘zdan kechirish; 


393 
4) tintuv o‘tkazish va ko‘zdan kechirishda tayyorlanayotgan 
hujjatlar, predmetlar, tayyor mahsulotlarni muhrlash zarurati bo‘lsa, 
ayrimlarini olib qo‘yish; 
5) pul va mulkni band qilish, ularni olib qo‘yish va qo‘riqlashga 
topshirish; 
6) talon-toroj qilishda gumon qilingan shaxsni so‘roq qilish; 
7) talon-toroj faktlarini ko‘rgan guvohlarni so‘roq qilish; 
8) omborlarda, savdo-muassasalarida va tashkilotlarda, kassadagi 
pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish yoki moddiy qimmatliklarning 
qoldiqlarini hisobga olish; 
9) xaridorlarni aldash holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tarzda 
xarid qilish yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nazorat uchun 
topshirishni o‘tkazish. 
Qayd etilgan dastlabki tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlarni 
bajarishda topilgan ob’ektlarning holati, qo‘riqlanishi, hujjatlarning 
saqlanishi aniq va batafsil qayd etilishi juda muhim hisoblanadi. 
Taftish va inventarizatsiya materiallari asosida qo‘zg‘atilgan 
jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi dastlabki tergov harakatlari o‘tkaziladi: 
1) taftishchi va inventarizatsiya o‘tkazgan shaxsni so‘roq qilish; 
2) dalolatnomada ko‘rsatilgan shaxslarni so‘roq qilish; 
3) kamchilik borligini tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganish, taftish 
dalolatnomasi bilan birga, berilgan hujjatlarni olib qo‘yish yoki ularning 
yo‘qolmaslik chorasini ko‘rish; 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish