Yodda saqlang:
Talon-toroj qilish jinoyatlarini kriminalistik tavsifi:
1) jinoiy tajovuz predmeti;
2) jinoyatni sodir etish usuli;
3) ishning holati va aniq vaziyati;
4) jinoyatchining shaxsiy xususiyatlari;
5) motiv va maqsadi;
6) jinoyatning oqibati.
388
umumiy va boshlang‘ich holatlarni aniqlab beradi. Isbotlash predmetini
belgilayotganda jinoyat tarkibiga hamda ular o‘rtasidagi ob’ektiv
bog‘lanishga ahamiyat berish lozim.
Talon-toroj ishlari bo‘yicha muhim holatlarini aniqlash uchun
jinoiy guruh faoliyatining hamda bir jinoyatchi faoliyatining boshlanishi
va tamom bo‘lishi paytini aniq isbotlash juda katta ahamiyatga ega.
Talon-toroj qilingan vaqt to‘la va batamom aniqlansa, jinoiy guruh
ishtirokchilari soniga ham aniqlik kiritish mumkin: Eng avvalo,
jinoyatni qaerda, ya’ni qaysi tashkilot yoki muassasada sodir
bo‘lganligini aniqlash lozim.
Juda ko‘p hollarda talon-toroj jinoyatlari ko‘zga tashlanmasa-da,
lekin dastlab qaysi tashkilotda talon-toroj sodir bo‘lgan, hodisaning
asosiy voqealari qaerda rivojlanganligi ma’lum bo‘ladi. Bizga ma’lumki,
talon-toroj jinoyatlari turli xil yo‘llar bilan amalga oshiriladi va juda
ko‘p hodisalardan iborat bo‘ladi.
Quyida mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj jinoyatlarini
ochish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalardan bir nechtasini
ko‘rib o‘tamiz:
1) mulkni talon-toroj qilish fakti;
2) talon-toroj jinoyatchilarining mansablari - bu jinoyat
hodisasining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi, shuning uchun ularni
aniqlash jinoyatni to‘la-to‘kis ochishga yordam beradi. Bunda ikki
holatni e’tiborga molik:
- soxta hujjatlar bilan talon-toroj qilingan mulk;
- umuman hujjatlar rasmiylashtirilmasdan o‘g‘irlangan mulk.
Talon-toroj qilingan mulkning miqdori isbotlanishi lozim bo‘lgan
holatlarga kiradi, bunda jinoyat hodisasi etkazilgan zararning miqdori va
harakteri aniqlanadi.
Jinoiy guruh tarkibi va shu guruh ishtirokchilarining tavsifini
aniqlashda ayniqsa quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
ayblanuvchining turmush tarzini o‘rganishda:
a) daromad manbalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar;
b) xarajatlar miqdori: bu erda kunlik xarajatlardan tashqari, hovli
joy, avtomashina va boshqa qimmatbaho narsalar sotib olish holatlari.
Talon-toroj qiluvchi mansabdor shaxs tomonidan jinoiy yo‘l bilan
egallangan mulk, qimmatbaho narsalar faqat ayblanuvchining aybdorlik
darajasini ko‘rsatib qolmasdan, balki talon-toroj natijasida etkazilgan
zararni qoplashning muhim vositasidir.
389
Do'stlaringiz bilan baham: |