Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini 
rejalashtirish 
Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari bo‘yicha tushgan 
materiallarni tergovchi o‘z yurituviga qabul qilar ekan, bevosita shu 
ishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanib tergov harakatlarining 
boshlang‘ich tayyorlash hamda tashkiliy choralarini o‘tkazish rejasini 
tuzadi. 
Tayyorlov bosqichi rejasi tergovchi tomonidan ishni ko‘rgunga 
qadar tuziladi va quyidagilarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi. 
a) talon-toroj sodir bo‘lgan joyni, ya’ni muassasa, tashkilot yoki 
korxonaning ishlash sharoiti bilan tanishadi, shu bilan birgalikda, o‘sha 
muassasa, tashkilot, korxona mahsulot bilan ta’minlab turadigan yoki 
shu korxonalarni tayyor mahsulotlari qaysi tashkilot orqali realizatsiya 
qilinganligi hisobga olinib, bu korxonalarning ishlash sharoiti bilan ham 
tanishadi; 
b) o‘sha tashkilot yoki korxonaning hisob-kitob hamda hujjat 
oboroti tizimini o‘rganadi, shu bilan birgalikda ba’zi bir zveno, sex 
o‘rtasidagi birgalashib qilinadigan harakatni aniqlaydi; 
v) gumon qilinayotgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar 
to‘playdi, bu ma’lumotlar o‘z ichiga gumon qilinayotgan shaxslarning 
yaqin aloqalari, tanish-bilishlari, yashash joylari, mulkiy ahvoli 
(avtomashinasi, qimmatbaho buyumlari, dachasi bor yoki yo‘qligi) kabi 
faktorlarni o‘z ichiga oladi; 
g) jinoiy yo‘l bilan talon-toroj qilingan mulk yashirilishi mumkin 
bo‘lgan joy aniqlanadi. 
Tashkiliy choralarni ko‘rish bosqichi tergov harakatlarini 
boshlang‘ich davrini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlaydi, bu davr esa o‘z 
mobaynida ish uchun zarur bo‘lgan dalillarni to‘plashda va ulardan 
unumli foydalanishda xizmat qiladi. 
Tergovning boshlang‘ich bosqichida bir qator tashkiliy chora-
tadbirlar o‘tkazish zarurati tug‘iladi, bular inventarizatsiya, taftish va 
shunga o‘xshash tekshirishlar hisoblanadi.


396 
Inventarizatsiya va taftish materiallariga ko‘ra dastlabki tergov 
harakatini boshlang‘ich bosqichini o‘tkazish quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
- tekshirish davomida kamomad yoki ortiqcha mahsulot 
chiqqanligi sabablari haqida mansabdor shaxs so‘roq qilinadi; 
- inventarizatsiyada ishtirok etgan taftishchilar va hisob-kitob 
ishlari bilan shug‘ullanadigan shaxslar so‘roq qilinadi; 
- jinoyat ishi uchun kerakli hujjatlar olinadi va ko‘rib chiqiladi.
SHuning uchun ham davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish 
jinoyati yuzasidan muvaffaqiyatli tergov olib borishning shartlaridan biri 
tergovni rejalashtirish bo‘lib hisoblanadi. Tergovni rejalashtirish tergov 
jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga katta yordam beradi, 
voqea holatini ob’ektiv, tez, to‘la va har tomonlama o‘rnatish, 
shuningdek jinoyatchini qidirish va uni fosh qilishda katta ahamiyatga 
egadir.
Bu ma’lumotlar protsessual hamda tezkor-qidiruv yo‘li bilan 
to‘plangan bo‘lishi mumkin. Tezkor-qidiruv yo‘li bilan to‘plangan 
materiallar, ish bo‘yicha dalil kuchiga ega emas. Lekin ulardan 
tergovchi rejalashtirish va taktik masalalarni hal qilishda foydalanishi 
mumkin. 
Faktik ma’lumotlar majmuasining to‘laligi va mazmuniga qarab, 
tergovchi tergov vazifalarini aniqlaydi, versiyalar tuzadi, ularning 
tekshirish yo‘llari va usullarini belgilaydi.
Tergovning dastlabki vaqtida jinoyat izini o‘zida saqlagan 
ma’lumotlar soni kam bo‘ladi. Bu esa ishni rejalashtirishni 
qiyinlashtiradi, chunki tergovchi har bir yangi ochilgan holatdan keyin 
rejani ko‘rib chiqishi va uni to‘ldirib turishi lozim. SHuning uchun ham 
rejalashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir, u faqat tergov tugashi 
bilan tugaydi. Rejalashtirishda ikki asosiy qismni ajratish mumkin: 
a) har bir bosqich uchun tergovchining maqsad va vazifalarini 
aniqlash; 
b) bu vazifalarni hal qilishning ko‘proq samarali usullarini va 
tergov olib borishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlash.
Tergov yo‘nalishini aniqlashda quyidagi asosiy holatlar hisobga 
olinishi kerak: 
1. Avvalo dastlabki tergov harakatlari rejalashtiriladi, bu 
harakatlarning bajarilishi jinoyat izlari va boshqa dalillarni tez topish, 
jinoyatchini aniqlash va o‘zlashtirilgan mulk yashirilgan joyni 
aniqlashga yordam beradi. Bunday tergov harakatlariga asosan hodisa 


397 
joyini, hujjatlarni ko‘zdan kechirish, guvohlarni so‘roq qilish, tintuv, 
jinoyatchini qidirish kabi harakatlar kiradi. Tergovning keyingi 
bosqichida o‘tkaziladigan harakatlarga - tanib olish uchun ko‘rsatish - 
tergov eksperimenti, yuzlashtirish, so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash 
kabi harakatlar kiradi.
2. Rejalashtirish tergov harakatlarining sodir qilingan jinoyat 
xarakteri, gumon qilinuvchining shaxsi, uning ko‘rsatuvlari, dalillarining 
mazmuni, ilmiy-texnik va boshqa vositalarni qo‘llashda mutaxassislarni 
ishga jalb qilish kabilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Tergov olib borishning usul va yo‘nalishini belgilashda, 
surishtiruv organlari xodimlariga qanday topshiriqlar berish kerakligini 
ilgaridan ko‘zda tutmoq zarur. Bundan asosiy maqsad, dalillar manbaini 
topish, tezkor-qidiruv tadbir-choralarini muvofiqlashtirish ko‘zda 
tutiladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish