Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Hujjatlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Hujjatlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan 
masalalar 
 
Kriminalistik texnikani rivojlanishi sud va tergov idoralari maxsus 
texnik vositalar bilan jihozlanishi, shubhali hujjatlarni bevosita 
tergovchining o‘zi aniqlash uchun imkoniyatlarni sezilarli darajada 
oshirdi. Jumladan, tergovchining portfelidagi mavjud moslamalar 
(ultrabinafsha nurli lampa, lupa va boshqalar) yordamida hujjat 
qalbakiligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Ammo 
JPKning 172-moddasiga binoan tadqiqot to‘liq va xolisona bo‘lishi 
uchun shubhali hujjatlar yuzasidan texnik kriminalistik ekspertiza 
tayinlanishi shart. 
Ekspertga material tayyorlashda va ekspertiza imkonlaridan to‘g‘ri 
foydalanish maqsadida tergovchi tegishli mutaxassisni taklif etib, uning 
maslahati va yordamida ekspert tekshiruviga savollarni tuzish, solishtirib 
tekshirish uchun zarur bo‘lgan namunalarni tayyorlashda foydalanishi 
mumkin. 
E’tibor qiling! 
Kriminalistik ekspertizaning bu turi keng 
doiradagi masalalarni hal qiladi, ulardan eng ko‘p uchraydiganlari 
quyidagilar:
- tekshiriluvchi hujjat qanday usulda tayyorlangan; 
- tekshiriluvchi hujjat matniga o‘zgartirishlar kiritilganmi; 
- hujjatning avvalgi haqiqiy matni qanday bo‘lgan; 
- hujjatdagi muhr (shtamp) aksi qanday yasama yokihaqiqiy 
usulda tayyorlangan; 
- hujjatning yozilgan, rasmiylashtirilgan vaqti; 
- ayrim yozuvlar (asosiy matn va rezolyutsiya, tasdiqlovchi imzo 
kabilar), oldinma ketinligi, qaysi birlari oldin, qaysilari keyin 
yozilgan; 
- turli sharoitlar ta’sirida yozuv ranglari o‘chib, o‘qib 
bo‘lmaydigan darajaga kelgan, hujjatlarning matnlarini tiklash; 

hujjatning 
matni, 
namunalari 
taqdim 
etilgan 
yozuv 
mashinkasida yozilganmi; 
- hujjatning materiali sifatini, qaysi guruhga mansubligini 
aniqlash va boshqa masalalar. 


138 
Ashyoviy dalil bo‘lgan tekshiriluvchi hujjatlarni ekspertizaga 
yuborish uchun ularni kriminalistik texnikaning tegishli taktik uslublari 
asosida olish, joylashtirish va rasmiylashtirish lozimdir. Jumladan, 
hujjatga qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni buklash, boshqa qog‘ozlarga 
yopishtirib qo‘yish mumkin emas. Ekspertiza tayinlash haqidagi qaror 
(ajrim)da ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarning har birini alohida o‘ziga 
xos xususiyati bilan qayd etish, lozim. Qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan, 
avvalgi matnlarni o‘zgartirib, o‘chirib, o‘rniga boshqa yozuvlar 
kiritilgan hujjatlarni kriminalistik ekspertizaga yuborishda bir vaqtning 
o‘zida xatshunoslik ekspertizasi ham tayinlab, hujjatdagi yozuvlarni 
qalbakilashtirishda 
shubhalangan 
shaxslarning 
xat 
namunalarini 
yuborish maqsadga muvofiqdir.
YOzuv mashinkasida bosilgan matnni tekshirishda shubhalangan 
yozuv mashinkasida, kompyuterning yozuv moslamasida, printerda va 
boshqa vositalarda bajarilgan namunalar yuborilishi kerak. Muhr, 
shtamp aksini tekshirishda rasman tegishli muhri (shtampi) bo‘lgan 
idora, korxona, muassasaning muhri (shtampi) aksidan namunalar 
yubormoq lozim. SHu bilan birga qalbaki yozuv muhrining aksi 
tushirilgan hujjatlarni solishtirib tekshirish uchun unga o‘xshash guruh 
mansubligi bo‘lgan asl-haqiqiy hujjatlarni ham namuna sifatida yuborish 
kerak. Muhr (shtamp) namunalarining har birini alohida bir necha oq 
silliq qog‘ozga tushirib kerakli mansabdor shaxslardan tasdiqlab olish 
zarur. 
Hujjatning materialini tekshirish, ayrim bo‘laklar bitta hujjatni 
tashkil qilishini aniqlash uchun yuboriladigan hujjatning har bir bo‘lagi 
individual 
xususiyatlari 
ko‘rsatilib yuboriladi. Texnik usulda 
qalbakilashtirilgan 
imzoni 
tekshirishda 
haqiqiy 
imzoni 
ham 
namunalarini yuborish ekspertiza tekshiruvini bir muncha osonlashtiradi 
va xulosaning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Ekspertizaga 
yuboriladigan namunalar shubha tug‘dirmasligi va tergovchi tomonidan 
tekshirilib, ko‘zdan kechirilib o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish