119
Qo‘lyozma xatlarini aynan kim tomonidan
qanday sharoitda yoki
holatda yozilganligini aniqlash uchun bir guruhdagi umumiy yoki
xususiy belgilarning o‘zi kifoya bo‘lmaydi, balki qat’iy aniq va bexato
xulosa berish uchun belgilarning barcha guruhlari yig‘indisi tavsiflanadi.
Namuna bo‘lgan hujjatlarning yozuv xat belgilar yig‘indisiga solishtirib
tekshirilgandan so‘nggina aniq xulosaga kelish mumkin bo‘ladi.
Xatshunoslik tekshiruvining uslubiyoti
Xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llanadigan tekshiruv
usullari kriminalistik diagnostika va identifikatsiya
nazariyalarining
umumiy uslubiyoti qoidasiga asosan o‘tkaziladi. SHu bilan birga mazkur
ekspertizaning mohiyati, tekshiriluvchi ob’ektlarning o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ekspert zarur bo‘lgan boshqa
usullarni ham qo‘llashi mumkin.
Tekshiruvning
birinchi bosqichida
ekspert yuborilgan ekspertiza
materiali
bilan tanishib chiqadi, uni tayinlash uchun qanday zarurat
tug‘ilganligini, ekspertiza hal qiladigan masalalar aniq ifodalanganligi,
tekshirish uchun yuborilgan ob’ektlarning (hujjatlarning) mavjudligi va
boshqa ma’lumotlarni aniqlaydi.
Ekspert tekshiruvining navbatdagi vazifasi ashyoviy dalil bo‘lgan
hujjatning qo‘lyozma matnlarini (harfli, raqamli) va imzolarning
mansublik sifatlari va xususiy belgilarini tahlil qilishdir. Ular ichida bir
xil harflarda takrorlanadigan va turg‘unlik xususiyatiga ega bo‘lgan,
mustahkam shakllangan belgilar inobatga olinadi.
Taqqoslab tekshirishga yuborilgan dastxat (imzo) namunalari ham
shu tariqa alohida-alohida ko‘zdan kechiriladi. Qo‘lyozmani (imzoni)
bajarishda gumon qilingan
shaxslarning soniga qarab, ularning
ayrimlarini guruh mansubligi asosida tanlab dastxatlardagi umumiy va
xususiy belgilarni aks ettiradigan jadval chizmalar tayyorlanadi.
Dastxat va imzodagi belgilar harflarning alfavit tartibida
joylashuvi
asosida tahlil qilinib, ulardagi xususiyat tegishli tartibda
jadvalga tushirilsa solishtirib tekshirish bosqichida bir muncha qulaylik
tug‘iladi. Birinchi navbatda umumiy belgilarga e’tibor beriladi,
chunki
ular yozgan shaxsning umumiy yozish saviyasi, dastxatning
shakllanishidan dalolat berib, gumon qilinuvchi shaxslar orasidan ayrim
shaxslarning xatini ajratib olish imkonini beradi.
Alohida ko‘zdan kechirish jarayonida ekspertizaga taqdim
etiladigan namunalar ham o‘zaro solishtiriladi, ya’ni bir shaxs nomidan
120
yuborilgan dastxat, imzo namunalari (erkin,
eksperimental va boshqa
turdagilar) necha shaxs tomonidan bajarilgani ham hal qilinadi, shundan
so‘ng ularni ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatning qo‘lyozmasi bilan
solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: