238
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalarini rasmiylashtirish
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov harakatining
natijalarini rasmiylashtirish JPK 134-moddasi asosida amalga oshiriladi.
Har qanday tergov harakati singari ko‘rsatuvlarni hodisa joyida
tekshirish natijalari ham tegishli bayonnomada to‘la va batafsil
ifodalanishi zarur.
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bayonnomasi
uch
qismdan
iborat bo‘lib,
kirish
qismida tergov harakatining o‘tkazilish joyi, vaqti,
kim o‘tkazayotganligi (lavozimi, mansabi, familiyasi) boshlangan va
tugatilgan vaqti, tergov
harakatining qatnashchilari, jinoyat ishi
yuzasidan so‘roq qilingan ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs haqida
ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga so‘roq
vaqtida bergan ma’lumotlarini hodisa joyida takrorlab, tasdiqlab
berishga tayyormi degan savol berilganligi va uning tasdiqlovchi javobi
olinganligi haqida ko‘rsatiladi.
Bayonnomaning
bayonot-tavsif qismi
eng muhim bo‘lib,
tergov
harakati boshidan oxirigacha qanday oldinma-ketinlikda o‘tkazilgan
bo‘lsa, shunday tartibda qayd etilmog‘i zarur. Hodisa joyiga qanday
yo‘nalishda borilganligi, yo‘lni ko‘rsatib tushuncha berishi, ayrim
joylarning o‘ziga
xos belgi, mo‘ljallarini ko‘rsatib olib borayotgan
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida
tekshirish taktikasi
Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsdan o‘tkaziladigan tergov harakatida ishtirok
etishga roziligini olish
Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga hodisa joyiga borish yo‘lini tanlash,
tekshiriluvchi holat-vaziyatlarini bajarish ixtiyorini berish
Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxslar bir nechta bo‘lsa, ularning har qaysilari bilan
alohida tekshiruv o‘tkazish
Ko‘rsatuvlarni tekshirish jarayonida so‘roq qilingan shaxs hodisa joyidagi
harakatlarini tushuntirib, qo‘shimcha ma’lumotlar berib to‘ldirish imkonini yaratish
Кo‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlari bilan hodisa joyidagi muayyan
holatlarni taqqoslash, mos ekanini aniqlash
Ҳodisa joyida yangi izlar-ashyolarni topish maqsadida qidiruv ishlarini o‘tkazish,
kriminalistik texnik vositalarini qo‘llash
239
shaxslarning ko‘rsatuvidagi holatlariga mos kelishi haqida ma’lumotlar
mazkur qismda yoziladi.
Ko‘rsatuvning hodisa joyida tekshirish jarayonida ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning nomidan
uning bergan tushunchalari,
ko‘rsatilgan joylari haqida tergovchining aniqlashtirishga qaratilgan
savollari va ularga berilgan javoblari batafsil yozilishi kerak. Tergov
harakatining ishtirokchilari, jumladan, xolislar
ham savol berishlari
mumkin. Qatnashchilar aniqlangan ma’lumotlar, topilgan ashyolarni
kuzatib qayd qilinganligi haqida bayonnomada aks ettiriladi.
Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish bayonnomasida mazkur
tergov harakatini o‘tkazishning butun jarayoni va uning natijalari to‘liq
yoziladi. Bu ko‘rsatuvni tekshirish harakati ishtirokchilarining voqea
joyida borgan yo‘l marshruti,
hodisa joyidagi sharoit, predmetlar va
boshqa
holatlar
ko‘rsatiladi. So‘roq qilingan va ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning harakatlari va tushuntirishlari, unga berilgan
savollar va bu savollarga olingan javob-tushuntirishlarning ma’nosini
o‘zgartirmasdan, qanday ifodalangan bo‘lsa, shunday shaklda qayd
qilmoq lozim. Bayonnomaning bayonot qismida ma’lumotlar, ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning aytgan xabarlari, tushuntirishlari so‘zma-so‘z
uning nomidan yoziladi. Mazkur shaxsning tushuntirishlari savolga
bergan javoblari birinchi shaxs, harakatlari esa uchinchi shaxs nomidan
bayon qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish jarayonida bayonnomada
qanday ilmiy-texnika vositalari qo‘llanilganligi to‘g‘risida, ya’ni
fototasvirga yoki videotasvirga tushirilganligi,
qidiruv asboblarining
qo‘llanilganligi, fotosuratlarning tartib raqami, shuningdek, videoga
olishning boshlangan va tugallangan vaqti hamda bu ishlarni amalga
oshirishi apparatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatuvni
hodisa
joyida
tekshirish
bayonnomasining
Do'stlaringiz bilan baham: