project.gov.uz
06.06.2022
86
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati ushbu Kodeks va Oʻzbekiston
Respublikasi qonunlari bilan shunday huquq berilgan nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga
oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ushbu kodeksda
belgilangan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini
belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu Kodeksning
183-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Davlat tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati tizimining hisobdorligi va
oshkoraligini kafolatlaydi.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish (moliya-xoʻjalik
faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish
shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga dalillar boʻlgan
hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan
maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha, ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat nazorati funksiyalari va tekshiruvlar turlarining roʻyxatlari tegishli sohalarda xavfsizlik
darajasi taʼminlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holatini inobatga olgan
holda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan har uch yilda qayta koʻrib
chiqiladi.
187-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi
Birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik subyektlari
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek
yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu
jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma
soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan
eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima
miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.
Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun hamda
tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: