project.gov.uz
06.06.2022
69
chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxona ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilayotgan
intellektual mulkni baholash toʻgʻrisidagi hisobot;
koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar roʻyxatdan
oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) tadbirkorlik subyekti–jismoniy shaxslarga nisbatan:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, oy, yil;
elektron hujjatning – davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning
identifikatsiya raqami;
ismi, familiyasi, otasining ismi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun –
shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq qoʻshimcha ravishda lotin alifbosida);
jinsi;
tugʻilgan sanasi;
fuqaroligi (u mavjud boʻlmaganda: “fuqaroligi boʻlmagan shaxs”);
pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon
berilgan);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
uy manzili (chet el fuqarolari uchun – Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyining manzili);
elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
faoliyatni amalga oshirish joyi (agar uy manzilidan farq qilsa);
faoliyat muddati (belgilangan muddatga roʻyxatdan oʻtkazilganda);
uni amalga oshirish usuli koʻrsatilgan holda faoliyat tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(arizaga koʻra, oʻlimi sababli, Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat bekor
qilinishi, amal qilish muddati tugashi va shu kabilar sababli);
Reyestrda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar boʻlishi
mumkin.
Quyidagi holatlarda maʼlumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:
Reyestr maʼlumotlar bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlaridagi
maʼlumotlar tadbirkorlik subyektida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlari bilan farq qilsa Reyestr maʼlumotlar
bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega boʻladi;
Reyestr maʼlumotlar bazasidagi tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvlari koʻrinishidagi
maʼlumotlar Reyestr maʼlumotlar bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlaridagi
maʼlumotlar bilan farq qilsa tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvlari koʻrinishidagi maʼlumotlar nisbatan
yuqori kuchga ega boʻladi.
Reyestrning 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat
reyestrlaridagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan maʼlumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar
nisbatan yuqori kuchga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |