project.gov.uz 06.06.2022 66 moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda takroran murojaat etilmaganda toʻlangan davlat
boji qaytarilmaydi.
3-§. Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 140-modda. Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish joyi va muddatlari Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish doimiy
roʻyxatda turgan joyidan qatʼi nazar respublikaning istalgan hududida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat
roʻyxatidan qayta oʻtkazish Tizim orqali real vaqt rejimida, lekin 30 daqiqadan oshmagan muddatda
amalga oshiriladi.
141-modda. Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtish uchun ariza
beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga pasportini (identifikatsiyalovchi ID-kartasini) – Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun, shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi
pasportni (identifikatsiyalovchi ID-kartani) yoki boshqa hujjatni – chet el fuqarolari va fuqaroligi
boʻlmagan shaxslar uchun taqdim etadi.
142-modda. Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi Tadbirkorlik subyekti – yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish soʻrovnoma
shakllantirish yoʻli bilan Tizim orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot shakllantiriladi va unda tadbirkorlik subyekti–yakka
tartibdagi tadbirkorning turlari, ariza beruvchining pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari,
uy manzili, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi, tadbirkorlik faoliyatining yoʻnalishi, tadbirkorlik
faoliyati turlari koʻrsatiladi;
Tizimga kiritilgan maʼlumotlar ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanadi;
tadbirkorlik subyekti-yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan miqdorda davlat boji
undiriladi;
tadbirkorlik subyekti-yakka tartibdagi tadbirkorning Reyestrga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat
– davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma Tizim tomonidan shakllantiriladi.