project.gov.uz
06.06.2022
183
Agar tadbirkorlik subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy
axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida
berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat
almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan
belgilanadi.
Tadbirkorlik subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda,
bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan
zararning oʻrni qoplanishini shuningdek ariza beruvchi-jismoniy shaxsga yetkazilgan maʼnaviy zarar
kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.
369-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Tadbirkorlik subyektining intellektual faoliyatning obyektiv ifodalangan natijalariga hamda uni
individuallashtirish vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazoga)
boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va individuallashtirish
vositalaridan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishi mumkin.
370-modda. Tadbirkorlik subyektlarining tijorat sirini va oshkor etilmagan axborotini
muhofaza qilish
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot)
uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan,
qonun yoʻli bilan undan erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini
saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish
huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan
oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri
boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda
mol-mulk xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga,
davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan
tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan
foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik oqibatida bu axborotning
qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va
qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan
qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |