Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

374-modda. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish boʻyicha vakilning faoliyati
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha
vakilning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
31-bob. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston
Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vazifalari
375-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini
birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.


project.gov.uz
06.06.2022
186
376-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik
subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi funksiyalari
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat palatasi quyidagi huquqlarga ega:
1) tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining
tahlilini oʻtkazish;
2) tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari normalarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik
nazorati amalga oshirish;
3) tadbirkorlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati
organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga daxl qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining
jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish va tadbirkorlikning boshqa masalalarini muhokama qilish uchun
tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ekspert kengashlarini tuzish;
4) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan
daʼvo arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ifoda etish;
5) Savdo-sanoat palatasi aʼzolari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilayotgan
tekshirishlarda ishtirok etish;
6) Savdo-sanoat palatasi aʼzolari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal etishni amalga oshirish;
7) Savdo-sanoat palatasi aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan
daʼvolar taqdim etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
8) jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishda tadbirkorlik subyektlarining jamoatchilik himoyachilari
sifatida ishtirok etish;
9) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda
tadbirkorlik subyekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish (ikkala taraf
Savdo-sanoat palatasi aʼzolari boʻlgan hollar bundan mustasno), shuningdek daʼvo arizalari bilan bir
qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan kassatsiya tartibida takroran koʻrish
haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi arizalar berish.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Savdo-sanoat palatasi
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega boʻlishi mumkin.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish