12-§. Yakunlovchi qoidalar
363-modda. Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish
project.gov.uz
06.06.2022
181
Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish investorning qaroriga, vakolatli
davlat organining qaroriga yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi
hollarda qabul qilinishi mumkin:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilinganda yoki tan olinganda;
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy
tahdidlar yuzaga kelganda;
investitsiya shartnomasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan
investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda va (yoki) qoʻpol ravishda
buzilganda;
investitsiya faoliyati jarayonida qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy,
ekologik, arxitektura-shaharsozlik talablari hamda boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning
talablari, huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin
boʻlgan holatlar aniqlanganda.
Investitsiya faoliyatini tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turishga yoki cheklashga
olib keladigan tarzda cheklash, toʻxtatib turish (bundan investitsiya faoliyatini favqulodda vaziyatlar,
epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldi
olinishi munosabati bilan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari
mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
364-modda. Chet el investitsiyalari bilan bogʻliq nizolarni hal etish
Chet el investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik
investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chogʻida yuzaga keladigan nizo (investitsiyaviy
nizo) muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi. Agar investitsiyaviy nizoning taraflari muzokaralar
oʻtkazish yoʻli bilan nizoni kelishilgan holda hal etishga erishishga qodir boʻlmasa, bunday nizo
mediatsiya yoʻli bilan tartibga solinishi kerak.
Muzokaralar oʻtkazish va mediatsiya yoʻli bilan tartibga solinmagan investitsiyaviy nizo
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli sudi tomonidan hal qilinishi kerak.
Investitsiyaviy nizolarni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan
tartibda hal qilish mumkin boʻlmagan taqdirda, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida va (yoki) investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada tegishli
va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan boʻlsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi
mumkin.
Faqat Oʻzbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari va (yoki)
investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan
shartnoma doirasidagi yozma rozilik Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyaviy nizoni arbitraj yoʻli
bilan hal etishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |