Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

327-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish
Investitsiya faoliyati jarayonida tovar (ish, xizmat)larning qiymati shartnomaviy narxlar boʻyicha
belgilanadi, bundan qonunchilikda qatʼiy belgilangan narxlar mustasno.
Investitsiya qilish obyekti boʻlgan tovar (ish, xizmat)larning narxlari birja, tanlov, kim oshdi
savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin.
Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya
qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qatʼi
nazar, bozor narxlari deb tan olinadi.
3-§. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va investitsiyalarni
himoya qilish


project.gov.uz
06.06.2022
163
328-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan
bogʻliq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab
investorlarni kamsitishga yoʻl qoʻymaslikni kafolatlaydi.
329-modda. Mablagʻlarni erkin oʻtkazish kafolatlari
Investorlarga soliqlar, yigʻimlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni (bundan
buyon matnda soliqlar va toʻlovlar deb yuritiladi) toʻlash sharti bilan chet el valyutasidagi mablagʻlarni
Oʻzbekiston Respublikasiga va Oʻzbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin oʻtkazish, shu jumladan
valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi. Bunday oʻtkazmalar quyidagilarni oʻz
ichiga oladi:
chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud koʻpaytirish uchun boshlangʻich va qoʻshimcha
summalar;
investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
yetkazilgan zararlarning oʻrnini ushbu Kodeksga muvofiq qoplash sifatida olingan mablagʻlar;
shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan toʻlovlar;
chet el investitsiyalarini toʻliq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga
keladigan toʻlovlar;
xodimlarning ish haqi va boshqa toʻlovlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan olingan mablagʻlar.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat chet
ellik investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona
toʻlovga qobiliyatsiz (bankrot) boʻlgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs boʻlgan
chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda
yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni toʻxtatib turishning boshqa
zarurati boʻlganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida
toʻxtatib turishi mumkin.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish