project.gov.uz
06.06.2022
164
Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan
holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.
331-modda. Qonunchilikning investor uchun noqulay oʻzgarishlariga qarshi kafolatlar
Agar qonunchilik hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan
boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini
yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari chet el investorlariga
nisbatan investitsiya qilish paytidan eʼtiboran oʻn yil mobaynida qoʻllaniladi. Investor oʻzining
investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonunchilik qoidalarini oʻz xohishiga koʻra
qoʻllash huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini
yomonlashtirgan taqdirda, investitsiya qilish paytida amalda boʻlgan qonunchilikni oʻn yil mobaynida
qoʻllash toʻgʻrisidagi kafolat quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga oʻtkaziladigan
daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning
mablagʻlarini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona toʻlovga qobiliyatsiz
(bankrot) boʻlgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs boʻlgan chet ellik investor
tomonidan jinoiy qilmishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki
arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda
qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida toʻxtatib turish
mustasno;
investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning
miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha
talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzidagi qoʻshimcha talablar
joriy
etilganda;
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi (ustav
kapitalidagi) ulushli ishtiroki boʻyicha cheklovlar joriy etilganda;
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish boʻyicha qoʻshimcha tartib-
taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy
etilganda.
Investor uchun noqulay oʻzgarishlarga qarshi kafolatlarning amal
qilishi quyidagi hollarda
boshlanadi:
korxona tashkil etilganda – u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran;
mol-mulkni, ulushlarni, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari
tomonidan emitentlangan
aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, turar joylarga va
ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini, shuningdek yerga mulk va ijara huquqi
asosida egalik qilish va foydalanish hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish
huquqini olishda – mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan
sanadan eʼtiboran;