project.gov.uz
06.06.2022
153
mahalliy, xorijiy investorlarni hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
innovatsiyalarni tashqi bozorda ilgari surish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda koʻmaklashish;
innovatsion faoliyat subyektlari oʻrtasida uzviy va amaliy hamkorlikni taʼminlash.
Innovatsion texnoparkning asosiy vazifasi uning rezidentlarini quyidagi yoʻllar bilan qoʻllab-
quvvatlashdan iborat:
bozorda realizatsiya qilish uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqaruvchi ishlab
chiqarishlarni tashkil etishga koʻmaklashish, shuningdek yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalarni
oʻzlashtirish;
koʻchar va koʻchmas mulkni, shu jumladan turli funksional maqsadlarga moʻljallangan xonalarni
shartnoma asosida ijaraga berish;
tajriba namunasini tayyorlash hamda ularning sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni va
boshqa tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish;
mahsulotni sertifikatlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan
intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
koʻrgazmalarda, konferensiyalarda va boshqa tadbirlarda ularning ishtirok etishini tashkil qilish
orqali innovatsion mahsulotni, texnologiyalarni ilgari surish;
innovatsion texnoparkning ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan
boshqa xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish).
Rezidentlardan laboratoriya asbob-uskunalarining, ishlab chiqarish, ofis xonalarining va boshqa
xonalarning ijarasi, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda
innovatsion texnopark tasarrufida qoladi.
Innovatsion texnoparkning faoliyat koʻrsatish muddati oʻttiz yilgachani tashkil etadi, keyinchalik
bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Innovatsion texnopark rezidentining maqomi tanlov asosida oʻn yil muddatgacha beriladi.
Innovatsion texnoparkning rezidentlar bilan munosabatlari ular oʻrtasida tuziladigan innovatsion
faoliyatni amalga oshirishga doir shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Innovatsion texnoparkka hamda uning rezidentlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq,
bojxona imtiyozlari va preferensiyalar belgilanishi mumkin.
Innovatsion texnoparkni tashkil etish, qayta tashkil etish, toʻxtatib turish va tugatish ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Innovatsion texnoparkning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |