27-bob. Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
1-§. Umumiy qoidalar
301-modda. Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlashning maqsadi va vazifalari
Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning maqsadi
iqtisodiyotning Hukumat tomonidan belgilab qoʻyilgan ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishni
project.gov.uz
06.06.2022
150
ragʻbatlantirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdir.
Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning vazifalari
quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish;
yangi raqobatbardosh tarmoqlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
tadbirkorlarning innovatsiyalarni samarali joriy etish va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni
qoʻllab-quvvatlash;
innovatsion faoliyat subyektlarining investitsiya jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish;
innovatsion faoliyat subyektlariga eksport salohiyatini oshirishda yordam berish;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot bazalarini rivojlantirish va uni ishlab
chiqarish jarayoni bilan integratsiya qilish;
innovatsion faoliyat subyektlariga mehnat unumdorligini oshirish va hududiy innovatsion
klasterlarni rivojlantirishda yordam koʻrsatish.
302-modda. Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
va ragʻbatlantirish
Tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-
sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga
oshiriladi.
Davlat tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlashni quyidagi yoʻllar bilan
amalga oshiradi:
1) tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga
oshirish;
2) tadbirkorlarning innovatsion faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
3) innovatsion faoliyat bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona
imtiyozlari va preferensiyalar berish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan tadbirkorlarning innovatsiyalarini yaratishga oid davlat buyurtmasini
bajarish;
5) tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirishga xoʻjalik yurituvchi subyektlar
mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
6) ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilgʻor texnologiyalarning kafolatlangan tarzda
tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish;
7) tadbirkorlarning innovatsion faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va
ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |