Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organning qarorini



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

215-modda. Tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organning qarorini
bajarish
Tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarni
bartaraf etishga, ularni takroran yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrishga, yetkazilgan zararlarni
qoplashga, amalga oshirilgan ish va uning natijasi boʻyicha xabardor qilishga majbur hamda nazorat
qiluvchi organning qarorida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi lozim.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan qarorning ijrosini tasdiqlovchi maʼlumotlar taqdim etilmagan
yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan, shuningdek qarorning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish
qismi lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, nazorat qiluvchi organ tadbirkorlik subyektini
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.


project.gov.uz
06.06.2022
107
216-modda. Nazorat qiluvchi organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslari
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning qarorlari hamda ularning mansabdor
shaxslari harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan oʻz ixtiyorlariga koʻra boʻysunuvi boʻyicha
yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga, shuningdek boshqa vakolatli
organlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Shikoyatni yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilishi, tadbirkorlik subyektini
xuddi shunday shikoyatni sud va (yoki) boshqa vakolatli organlarga yuborish huquqidan mahrum
qilmaydi.
Shikoyatni yuqori turuvchi organ yoki sudga berilishi, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki
harakatning ijrosini yuqori turuvchi organning shikoyat yuzasidan qarori qabul qilingunga qadar yoki
tegishincha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda
vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga
kelishining oldini olish bilan bogʻliq harakat va qarorlar mustasno. Tadbirkorlik subyekti shikoyatni
yuqori turuvchi organ yoki sudga berilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda mansabdor
shaxsning harakatlari yoki qarori shikoyat qilinayotgan nazorat qiluvchi organni xabardor qilishi lozim.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish