Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Nazorat qiluvchi organning koʻrsatmasi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

212-modda. Nazorat qiluvchi organning koʻrsatmasi
Tekshiruv natijalariga koʻra, agar tadbirkorlik subyektining tekshiruv dalolatnomasidan eʼtirozi
mavjud boʻlmasa, nazorat qiluvchi organning rahbari uch ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektiga
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi, bundan raqobat toʻgʻrisidagi
qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni
bartaraf etishi, ularni takroran yoʻl qoʻymaslik uchun choralar koʻrishi, amalga oshirilgan ishlar va
ularning natijalari toʻgʻrisida xabar berishi hamda koʻrsatmada belgilangan boshqa talablarni bajarishi
majbur.
Koʻrsatmaning bajarish holatini oʻrganishga qaratilgan nazorat tekshiruvlarni oʻtkazish
taqiqlanadi.
213-modda. Tekshiruv materiallarining nazorat qiluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi
Tadbirkorlik subyekti tekshiruv natijalaridan rozi boʻlmagan taqdirda tekshiruv materiallari
nazorat qiluvchi organ rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Tekshiruv materiallari tekshiruv tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni oʻtgach, biroq oʻn besh
ish kunidan kechiktirmasdan, davlat sirlari bilan bogʻliq tekshiruvlar davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi


project.gov.uz
06.06.2022
105
qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Tadbirkorlik subyekti tekshiruv yakunlangan kundan oʻn kun mobaynida tekshiruv natijalari
dalolatnomasi boʻyicha oʻzining yozma tushuntirish yoki eʼtirozlarini qoʻshimcha ravishda taqdim
etishga haqli. Tekshiruv materiallari tadbirkorlik subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs
hamda yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokida koʻrib chiqiladi. Nazorat qiluvchi organ tekshiruv
materiallarini koʻrib chiqish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektini belgilangan tartibda
koʻrib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Agar tadbirkorlik subyekti tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishga uzrli sabablarga koʻra kela
olmasligi toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organini xabardor qilgan boʻlsa, nazorat qiluvchi organning rahbari
yoki rahbar oʻrinbosari tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan
muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda tadbirkorlik subyekti xabardor qilinadi.
Agar tadbirkorlik subyekti takroriy xabarnomaga qaramasdan tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishga
kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar
va eʼtirozlar, uning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Tekshiruv materiallari koʻrib chiqilayotganda qonunchilik hujjatlari buzilganligi alomatlari
mavjudligi, qoʻllanilayotgan huquqiy taʼsir choralarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan
huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, maʼmuriy
huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish
uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Tekshiruv materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish sanasi va joyi;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi,
shuningdek lavozimi;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir boʻlganligiga oid
maʼlumotlar;
koʻrib chiqilayotgan tekshiruv materiallari;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari,
iltimosnomalari va ularni koʻrib chiqish natijalari;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda oʻrganilgan hujjatlar;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar.
Tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi tekshiruv materiallarini koʻrib chiqqan
mansabdor shaxs, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan
imzolanadi.
Bayonnomaning nusxasi tadbirkorlik subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs
hamda yakka tartibdagi tadbirkorga topshiriladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish