Loyihani moliyalashtirish hajmining (so‘ralgan mablag‘ning) yillar bo‘yicha taqsimoti (mln. so‘mda ko‘rsatiladi, bunda loyihani amalga oshirish muddati qo‘lga kiritilishi rejalashtirilgan ilmiy natija(lar)dan kelib chiqqan holda asoslab berilishi lozim):
birinchi yilda (2022 yil yanavar-dekabr) - 400 000 000 so‘m.
Tadqiqotning birinchi bosqichida (2021 yil yanvar-dekabr) - muammo bo‘yicha zamonaviy xorijiy tajriba o‘rganiladi, tizimlashtiriladi, bolalarni ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitning elektron ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan dasturiy mahsulot yaratiladi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan pedagogika kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalari uchun
rivojlantiruvchi muhitlarda ta’limiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasining dastlabki varianti yaratiladi;
Ilmiy jamoa loyihani amalga oshirish jarayonida uning natijalari bo‘yicha “Fan tarmog‘i” (Web of Science Core Collection) ili “Skopus”(Scopus) ma’lumotlar bazasida indekslangan xorijiy nashrlarda kamida 2 ta nashr ishini e’lon qiladi.
Shuningdek, xorijiy va respublikada OAK tomonidan tasdiqlangan jurnallarda 6 ta maqolalar nashr etiladi.
Dasturiy ta’minot ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: birinchisi elektron platforma va ANDROID uchun mobil ilova dasturchilar tomonidan yaratiladi. Ularni tarkibiy qismlari esa quyidagi nomlarda, interfeys ko‘rinishida bo‘ladi:
“Bilimlar dunyosi”.
“Ko‘rib o‘rganaman”.
“Zukko bolajon”.
Ajratilgan mablag‘ doirasida respublikaning turli viloyatlaridagi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini yagona tizimini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida uyushtiriladigan safar xarajatlari hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash ham nazarda tutilgan.
Ikkinchi yil - 2022 yilda 400 000 000 mln. so‘m.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichi (2023 yil, yanvar-dekabr)da quyidagi mahsulotlar yaratiladi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga rivojlantiruvchi muhitlarda ta’lim berishni tashkil etish bo‘yicha interaktiv qo‘llanma;
Fan va tabiat rivojlanish markazida ta’limiy faoliyat nomli elektron o‘quv qo‘llanma;
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish rivojlantirish markazida ta’limiy faoliyat nomli elektron o‘quv qo‘llanma;
Til va nutq markazida ta’limiy faoliyat nomli elektron o‘quv qo‘llanma;
Qurish, konstruksiyalash va matematika markazida ta’limiy faoliyat nomli elektron o‘quv qo‘llanma;
San’at markazida ta’limiy faoliyat nomli elektron o‘quv qo‘llanma.
Tadqiqot natijalari o‘quv qo‘llanmalar shaklida va elektron portal orqali ommalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitlarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi va elektron portalni yaratish ishlari yakuniga yetkaziladi, kontentlar bilan boyitiladi.
Ilmiy jamoa tomonidan Web of Science yoki “Skopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslangan xorijiy nashrlarda rejalashtirilgan maqolalar soni - 2 ta.
Loyiha natijalarini chop etish uchun mo‘ljallanayotgan ilmiy nashrlar haqida ma’lumot, shu jumladan, “Web of Science Core Collection”, “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan nashrlarda 2 ta maqola, shuningdek, xorijiy jurnallarada 3 ta va respublikada OAK tomonidan tasdiqlangan jurnallarda 6 ta maqolalar nashr etiladi, 5 ta elektron o‘quv qo‘llanma, intellektual mulk agentligidan 2 ta guvohnoma va patent olinadi.
Loyihani amalga oshirish uchun ilmiy laboratoriya bazasi va mavjud ilmiy infratuzilma ob’yektlari haqida ma’lumot
Loyiha rahbari va a’zolarining “Tarbiyachining ish hujjatlari”, “Bolalar nutqini o‘stirish”, “Badiiy ijodiy faoliyat” kabi o‘quv qo‘llanmalari hamda bir necha uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan bo‘lib, ulardan loyiha vazifalarini bajarishda foydalanish mumkin.
Loyiha doirasida ilgari bajarilgan innovasion, fundamental va amaliy loyihalar tahlili
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitlarda ta’lim va
tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan innovasion, fundamental va amaliy loyihalar ilgari bajarilmaganligi mavzuning dolzarbligi va zaruratini belgilaydi.
Loyiha rahbari va ijrochi tashkilot rahbari quyidagilarni tasdiqlaydi.
loyihada ko‘zda tutilgan ilmiy natijalarning qo‘lga kiritilishi ta’minlanadi va ajratiladigan mablag‘lar maqsadga muvofiq sarflanadi;
loyiha mazmunan boshqa loyiha bilan bir xil emas, bir vaqtning o‘zida ilmiy jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning tanlovlariga taqdim etilmagan;
loyihada davlat siri bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq muhofaza qilinadigan, cheklangan ma’lumot sifatida tavsiflanadigan ma’lumotlar mavjud emas;
loyihani amalga oshirish va grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida yillik hisobot o‘z vaqtida Vazirlikka taqdim etiladi. (Loyiha natijalarini chop etish uchun mo‘ljallanayotgan ilmiy nashrlar haqida ma’lumot, shu jumladan, “Web of Science Core Collection”, “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan nashrlar, shuningdek, maqola, sharh, monografiya yoki boshqa turdagi nashr ishlari ko‘rsatiladi).
Loyiha rahbari tomonidan aynan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun “Tarbiyachining ish hujjatlari” nomli o‘quv qo‘llanma, “Kelajak sari ilk ta’lim bilan” nomli variativ dastur, “Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida takomillashtirishning ilmiy metodik asoslari” nomli monografiya” tayyorlangan;
Loyiha rahbari va a’zolarining “Badiiy ijodiy faoliyat”, “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli o‘quv va metodik qo‘llanmalari nashr etilgan bo‘lib, ulardan loyiha vazifalarini bajarishda foydalanish mumkin.
Loyiha doirasida ilgari bajarilgan innovasion, fundamental va amaliy loyihalar tahlili:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitlarda ta’lim va tarbiya samarasini oshirishga qaratilgan innovasion, fundamental va amaliy loyihalar ilgari bajarilmaganligi mavzuning dolzarbligi va zaruratini belgilaydi.
Loyiha rahbari va ijrochi tashkilot rahbari quyidagilarni tasdiqlaydi.
loyihada ko‘zda tutilgan ilmiy natijalarning qo‘lga kiritilishi ta’minlanadi va ajratiladigan mablag‘lar maqsadga muvofiq sarflanadi;
-loyiha mazmunan boshqa loyiha bilan bir xil emas, bir vaqtning o‘zida ilmiy jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning tanlovlariga taqdim etilmagan;
loyihada davlat siri bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq muhofaza qilinadigan, cheklangan ma’lumot sifatida tavsiflanadigan ma’lumotlar mavjud emas;
loyihani amalga oshirish va grant mablag‘laridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida yillik hisobot o‘z vaqtida Vazirlikka taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |