Fe’lning lug‘at shakli - Fe’llarning lug‘at shakli quyidagi ketma-ketlikda yoziladi:
- 1. Fe’lning aniqlik mayli hozirgi zamon I shaxs birlik soni (praesens indicatīvi actīvi);
- 2. Fe’lning aniqlik mayli o‘tgan zamon I shaxs birlik soni (perfectum indicatīvi actīvi);
- 3. Fe’lning shaxssiz shakli (supīnum);
- 4. Fe’lning hozirgi zamon noaniq shakli (infinitīvus praesentis actīvi).
Fe’lning lug‘at shakli
Tuslanish
|
Aniqlik mayli hozirgi zamon I shaxs birlik soni (praesens indicatīvi actīvi)
|
Aniqlik mayli o‘tgan zamon I shaxs birlik soni (perfectum indicatīvi actīvi)
|
Fe’lning shaxssiz shakli (Supīnum)
|
Fe’lning hozirgi zamon noaniq shakli (infinitīvus praesentis actīvi)
|
I
|
curo
davolayapman
|
curāvi
davoladim
|
curātum
davolash
|
curāre
davolamoq
|
II
|
misceo
aralashtirayapman
|
miscui
aralashtirdim
|
mixtum
aralashtirish
|
miscēre
aralashtirmoq
|
III
|
solvo
erityapman
|
solvi
eritdim
|
solūtum
eritish
|
solvĕre
eritmoq
|
IV
|
nutrio
ovqatlantiryapman
|
nutrīvi
ovqatlantirdim
|
nutrītum
ovqatlantirish
|
nutrīre
ovqatlantirmoq
| Fe’lning lug‘at shakli - Bu to‘rt asosiy shakllar lug‘atlarda quyidagicha qisqartirib yoziladi:
- curo, āvi, ātum, āre – davolamoq
- misceo, scui, xtum, ēre – aralashtirmoq
- solvo, vi, solūtum, ĕre – eritmoq
- nutrio, vi, ītum, īre – ovqatlantirmoq
Fe’lning lug‘at shakli - Hamonki, tibbiyot o‘quv yurtlarida faqat fe’llarning hozirgi zamon (praesens) da tuslanishi o‘qitilar ekan, studentlarga fe’llarni quyidagicha yozish va faqat uchta shaklni o‘rganish tavsiya etiladi:
- curo, ātum, āre – davolamoq
- misceo, xtum, ēre – aralashtirmoq
- solvo, solūtum, ĕre – eritmoq
- nutrio, ītum, īre – ovqatlantirmoq
Fe’lning negizi - Agar fe’llarning noaniq shaklidan birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi turda “-re”, uchinchi turda esa “-ĕre” qo‘shimchasi olib tashlansa, fe’lning negizi hosil bo‘ladi. Masalan:
- I dāre – bermoq da
- II miscēre – aralashtirmoq misce
- III solvĕre – eritmoq solv
- IV audire – eshitmoq audi
Fe’lning buyruq mayli birlik soni (IMPERATĪVUS PRAESENTIS SINGULARIS) - Buyruq mayli buyurish, so‘rash, iltimos kabi ma’nolarni ifodalab odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Buyruq mayli birlik sonini hosil qilishi uchun fe’lning noaniq shaklidan barcha turlarda -re qo‘shimchasini olib tashlash kerak. Masalan:
- I dare – bermoq Da - ber!
- II miscere – aralashtirmoq Misce - aralashtir!
- III solvere – eritmoq Solve - erit!
- IV audire – eshitmoq Audi - eshit!
- III tuslanishdagi quyidagi to‘rt ta fe’lning buyruq mayli birlik soni negizi bilan bir xil bo‘ladi:
- facĕre – qilmoq: fac! – qil
- dicĕre – gapirmoq dic! – gapir
- ducĕre –boshlab bormoq duc! – boshlab bor
- fĕre – olib bormoq fer! – olib bor
Fe’lning buyruq mayli birlik soni (IMPERATĪVUS PRAESENTIS SINGULARIS)
Do'stlaringiz bilan baham: |