A‘lo «5»
|
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha talabaning javobi to’liq, turli manbalardan olingan qo’shimcha ma‘lumotlarga boy, bilim hajmi dastur doirasidan chiqadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarni echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini mantiqan asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o’z fikrini himoya qila biladi. Mavzu bo’yicha biologiya,gistologiya normal fiziologiya va biokimyo fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egallagan, mavzuga oid preparatlarni o’rganishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, preparatlar elementlarini aniq biladi, preparatdagi barcha tuzilmalarni to’g’ri ko’rsatadi, asoslaydi va tushunib chizadi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o„zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma‟ruzalar tayyorlash.
Albomlarga rasmlar chizish
|