8-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da asosiy vositalar tarkibi va strukturasini tahlili (ming so’mda)
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
O’zgarishi(+;-)
|
Summa (mln.so’m)
|
Salmog’i (%)
|
Summa (mln.so’m)
|
Salmog’i (%)
|
Summa (mln.so’m)
|
Salmog’i (%)
|
1.Mashina va boshqa jihozlar
|
6323547
|
91,5
|
6722303.7
|
90,7
|
398756,7
|
- 0,8
|
2.Boshqa asosiy vositalar
|
588583,8
|
8,5
|
697352,3
|
9,3
|
108768,5
|
0,8
|
3.Jami
|
6912130,8
|
100
|
7419656
|
100
|
507525,2
|
X
|
Jadval malumotlaridan ko’rinib turibdiki , korxonaning asosiy vositalari bo’yicha 2020-yilda bir muncha o’zgarishlar yuz bergan. 2019-yilda ularning boshlang’ich qiymati 6912130,8 ming so’m bo’lsa, 2020-yili 7419656 ming so’mni tashkil etgan, ya’ni ishlab chiqarish vositalari qiymati 507525,2ming so’mga oshgan. Jumladan ularni jami asosiy fonddagi ulushlari ham o’zgargan. 2019 yil uchun mashina va jihozlar ulushi 91,5 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2020 yilda esa 90.7 % ni tashkil etgan. Ya’ni 0.8 % ga kamaygan. Boshqa asosiy vostalar ulishi esa 2019 yilda 8,5% ni 2020 yil uchun esa 9.3 % tashkil etgan. Ya’ni 0,8 foizga oshganini ko’rishimiz mumkin.
KORXONANING MAHSULOT VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI TAHLILI
Har qanday korxona ishlab chiqarishi va xo’jalik faoliyatini baholashda pirovard natijalar bo’lgan foyda va rentabellik ko’rsatkichlaridan keng foydalaniladi. Foyda va rentabellik ko’rsatkichlari bu bevosita korxona faoliyatining samarasini ko’rsatadigan ko’rsatkichlardir. Mazkur ko’rsatkichlarni tahlil qilish orqali korxona faoliyati samarali yoki samarali emasligini aniqlash mumkin.
Foyda mahsulotni sotishdan olinadigan tushum bilan uning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari ayirmasi sifatida aniqlanadi va sof daromadni ifodalaydi. Korxonalarning asosiy maqsadi o’z faoliyatidan iloji boricha yuqori foyda olishdir.
Iqtisodiy ko’rsatkich sifatida foyda bir tomondan korxona faoliyatining samaradorligini, mavjud resurslardan foydalanish darajasini ifodalasa, ikkinchi tomondan u korxona va uning jamoasining iqtisodiy va moddiy manfaati sifatida maydonga chiqadi.
Rentabellik ko’rsatkichi esa korxonaning foydalilik darajasini anglatadi. Uning asosiy turlariga mahsulot rentabelligi va ishlab chiqarish rentabellik ko’rsatkichlari kiradi. Mahsulot rentabelligiga foydaning mahsulot ishlab chiqarish harajatlariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi bo’lsa, ishlab chiqarish rentabelligi foydaning asosiy fondlar va me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar o’rtacha yillik qiymatiga bo’lgan nisbatining fonddagi ifodasidir. Shu sababdan korxona rahbariyati muntazam ravishda rentabellik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishiga omillar ta’sirini tahlil qilib, uni oshish imkoniyatlarini aniqlab borishi talab etiladi. O’rganilayotgan korxonada mahsulot va ishlab chiqarish rentabelligi bo’yicha quyidagi ma’lumotlat mavjud. Tahlil maqsadida quyidagi jadvaldan foydalanamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |