KORXONADA MEHNATGA HAQ TO’LASH BO’YICHA TAHLIL.
Korxona mehnatiga haq to‘lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan-texnika tarqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish, ularni shakllantirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishiga erishishdan, mehnatga haq to‘lashga tekischilik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
Tahlilni ishchilar ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda davom ettiramiz.
Ish haqi fondini tahlil qilishdan ko’zlangan maqsad quyidagilardan iborat.
Ish haqi fondining o’zgarishi darajasiga baho berish. Ish haqiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash.
Ish haqiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va baholash
Mehnat unumdorligi bilan ish haqi o’rtasidagi munosabatning mahsulot tannarxiga ta’sirini o’rganish.
Ish haqini mutlaq farqini aniqlash uchun sarflangan ish haqi fondini o‘tgan yilgi miqdor bilan taqqoslash lozim. Nisbiy farqni aniqlash uchun haqiqiy sarflangan hisobot davridagi ish haqi o‘tgan davrdagi ish haqini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Tahlil maqsadida quyidagi jadvalni shakllantiramiz.
6-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da ishchilarning ish haqi fondi tahlili .
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
O’zgarishlar
|
Mutloq
|
% ga
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ming so’m
|
18135000
|
19325209
|
119020
9
|
106.56 %
|
Jami ish haqi fondi ming so’m
|
2156000
|
2209658.5
|
359704,9
|
102,48 %
|
Jumladan
|
|
|
|
|
Ishchilarning ish haqi fondi
|
1849953,6
|
1958765,5
|
108811,9
|
104.92 %
|
Ishchilar soni
|
285
|
283
|
-2
|
99.29 %
|
Bir ishchining o’rtacha yillik mehnat unumdorligi ming so’m
|
63631,5
|
68286,9
|
4655,5
|
103.78 %
|
Bir ishchining o’rtacha yillik ish haqi fondi
|
6491
|
6921,4
|
430,43
|
106,63 %
|
Bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan ish haqi xarajatlari
|
0.102
|
0.101
|
-0.001
|
99,99 %
|
O’sish koeffitsenti
|
X
|
4,592
|
X
|
X
|
Korrektirovka qilingan ish haqi
|
1934902,84
|
X
|
X
|
X
|
Jadval malumotlar asosida korxona bo’yicha jami ish haqi fondi 359704,9 ming so’mga oshganini ko’rsatmoqda. Shu jumladan ishchilarning ish haqi fondi ham 108811,9 ming so’mga ko’paygan. Ushbu holat asosida ish haqi fondining o’zgarishi bo’yicha to’g’ri xulosa chiqarish mumkin emas. Xulosani to’g’ri berish maqsadida 2019 yildagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilish suratiga korrektirofka qilib olamiz.
▲Q = 106.56 % → 6,56 % ga o’sgan ekan.
Bu holatda ish haqi fondi ( 0.3 – 0.7 ) koeffitsent hisobiga o’zgarishi kerak bo’ladi. Yani : 6,56 * 0.7 = 4,592%
1849953,6 * (4,592/ 100 + 1 ) = 1934902,84ming so’m
2020 yilda ish haqi fondi 1958765,5ming so’m bo’lgan.
1934902,84 – 1958765,5= – 23862,65
Bundan ko’rinib turibdiki mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 6,56 % ga oshirib bajarilgan. Ushbu holat uchun ish haqi fondining o’sish darajasi 4,592 % ga teng bo’lishi kerak edi. Ushbu holatda ishchining ish haqi fondi 1934902,84 ming so’mga teng bo’lishi kerak edi. Haqiqatda esa 1958765,5ming so’m sarf qilingan nisbiy farq – 23862,65ming so’mga teng bo’lgan. Bu nisbiy farq mahsulot tanarxining ham shu summaga pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |