Lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sport



Download 485,5 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi485,5 Kb.
#820645
Bog'liq
2 5197241978160421827


SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT



Odinayeva Xurshida Rustamovna,
Xorazm viloyati, Tuproqal'a tumani 5-son maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sport masalalari borasida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: suzish, yugurish, sakrash, jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlari, jismonan sog’lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko’rishimiz mumkin. Jismoniy-siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviyaxloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonan sog’lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta’minlashga yo’naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida “…jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalshtirish dolzarb vazifadir.Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga bundan buyon ham kata ahamiyat beramiz”.Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhum vazifalardan biri ommoviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy sog’lom avlodlarni, bo’lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi pirovard o’qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning, sog’lom turmush tarziga intilish va mehr muhabbatini singdirishining g’oyat muhim sharti ommoviy sportni rivojlantirishdir.” Bundan tashqari jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustoz-murabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo’lishi har tamonlama yetuk,ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir. Salomatlik insonning eng katta boyligidir. Shubhasiz, salomatlik insonning biologik va ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Bu insonning o’zini o’zi anglashining asosidir.


Ayni paytda, zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya, shu jumladan yangi va rivojlanayotgan asbob-uskunalar va texnik vositalar yordamida sog’liqni saqlashni mustahkamlash zaruriyati tobora ortmoqda.
Sog’lomlashtirish texnologiyalarini qo’llashning o’ziga xos xususiyati - yoshi, jinsi, mehnat va ta’lim faoliyati va salomatligini hisobga olgan holda, odamlarning jismoniy yukini optimallashtirish va shaxsiylashtirishning maqbul mexanizmi. Sog’lomlashtirish texnologiyalarining bir turi sifatida ularning maqsadi va vazifalari mavjud. Sog’lomlashtirish texnologiyalarini qo’llashdan maqsad aholini yaxshilashdir. Sog’lomlashtirish texnologiyalarini qo’llash maqsadlari esa:
- Tananing funksional qobiliyatini oshirish; - Kasalliklar profilaktikasi; - Vosita rejimini optimallashtirish; - Faol dam olish tufayli charchoqni kamaytirish; - JSST tavsiyalari asosida sog’lomlashtirish sinflarida optimal o’quv yuklarini individualizatsiya qilish; - Yomon axloqlarga qarshi kurashda mashqdan foydalanish; - Turli yoshdagi, jinsiy va sog’liqni saqlash ahvoli, shu jumladan, nogiron kishilarning faol jismoniy tarbiya va sog’lik sinflariga jalb qilinishi; - Sog’lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida sog’liqni saqlash texnologiyalarini joriy etish; - Professional ahamiyatga ega bo’lgan ish faoliyatini rivojlantirish.
Sog’lomlashtirish texnologiyalarining tarkibiy qismlariga muvofiq, inson faoliyati natijasida va mavzu qiymatlari majmui sifatida insonning faoliyat turi sifatida qaralishi mumkin. Sog’lomlashtirish texnologiyalari bir turdagi faoliyat sifatida qulay organizatsiya harakatlarini, shuningdek, sog'lom turmush tarziga rioya qilish bilan bog’liq faoliyatni tavsiflaydi. Shu bilan birga sog’lomlashtirish texnologiyalarining bir xil faoliyat turi sifatida sog’lomlashtirish samaradorligini shakllantirish modeli belgilanadi. Sog’lomlashtirish texnologiyalarini qo’llashdagi faoliyat, birinchi navbatda, salomatlikning eng katta ta’siriga erishishga qaratilgan. Sog’lomlashtirish texnologiyalari ob’ektiv qiymatlar sifatida jismoniy va rekreatsion faoliyatning zarur samaradorligini ta'minlash uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlardir. Bu borada sog’lomlashtirish texnologiyalarining mazmuni insonning harakatga bo’lgan ehtiyojiga va faol dam olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish bilan bog’liq. Ushbu ehtiyojlarning to’liq amalga oshirilishi, oxir-oqibat, salomatlikni saqlash, yuqori samaradorlik va ish sharoitida ham insonning samarali hayotiy faoliyatini ta’minlaydi. Sog’lomlashtirish texnologiyalari sohasida jismoniy tarbiya, tibbiyot, psixologiya va boshqa sohalardagi ilm-fanning turli sohalaridan amaliy bilimlar tizimi muhim ahamiyatga ega.
Xozirgi paytda sportning milliy turlari o`zining ijtimoiy va biologik faoliyatini va jismoniy tarbiya umumtalim orta maxsus va oliy o`quv yurtlaridagi o`qish jarayonida majburiy elementlar bo`lishi kerak.
Jismoniy tarbiya mashgulotlarida foydalanish quyidagi omillar bilan belgilanadi
-shug’ullanuvchilarning yoshi mosligi jinsiy va psixologik xususiyatlari
-asosiy e’tiborni qulay harakatlarni shakllantiriushga psixofiziologik xususiyatlar ijtimoiyb talab asoslariga qaratish
-Jismoniy mashqlarni xilma-xil yo`nalishda vaqtida almashtirish
-dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarning holati maqsadi va vazifasining mos kelishi
-psixologik ruxiy tayyorgarlikni mustahkamlashmustahkamlash
Yuqorida sanab o`tilgan omillarni mukammal o`rganib chiqish va ularni yoshlar tarbiyasida o`z o`rniga ega bo`lishini ta`minlashda bir qancha muammolarga duch kelamiz. Binobarin atrof muhitining ekologik tozaligini yetarlicha yaxshilashga erisha olmas ekanmiz, jismoniy mukammallikka ham erishish qiyin.

Adabiyotlar:

  1. Маматқулов Б. “Жамоат саломатлиги ва соғлиқни сақлашни бошқариш” “Ilm Ziyo” нашриёт уйи, 2013й. 7-боб 82- 100. 8 боб 101- 116.

  2. Волков Л.П. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев: Олимпийская литература, 2002.

  3. Ғозиев Э.Ғ.Онтогенез психологияси. Тошкент, 2010.

Download 485,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish