Lokal tarmoq turlari. Ethernet va Token — ring tarmog'i Reja: Kompyuter tarmoq turlari



Download 399,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana18.02.2022
Hajmi399,89 Kb.
#450206
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 maruza

DIN
turidagi tashqi 9-kontaktli razyomdan 
foydalaniladi.
Ethernet
adapteri kabi, 
Token—Ring
adapterida ham o'z platasida manzillarni 
sozlash va sistema shinasini uzish uchun moslamalari bor.
Ethernet
tarmog'ini adapterlar va 
kabel bilan qurish mumkin bo'lsa,
Token —Ring 
tarmog'ini qurish uchun konsentratorlar xarid 
qilib olish kerak. Bu esa,
 Token

 Ring
tarmoq qurilmalari narxini oshiradi. 
Bir vaqtning o'zida
Ethernet
tarmog'iga qaraganda
Token—Ring 
tarmog'i katta 
yuklamalarni yaxshi ko'tara oladi (30—40 % ko'p) va kafolatlangan tarmoqqa ega bo'lish vaqtini 
ta'minlaydi. Bu xususiyat, masalan, ishlab chiqarishga mo'ljallangan tarmoqlar uchun eng zarur 
hisoblanadi, chunki tashqi hodisalarga e'tibor bermaslik jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi 
mumkin. 
Token—Ring
tarmog'ida tarmoqqa ega bo'lishning markerli usuli qo'llaniladi, ya'ni halqa 
bo'ylab har doim marker harakatda bo'ladi va abonentlarning xohlagani o'z paketlarini unga 
qo'shib uzatishlari mumkin. Shundan tarmoqning eng katta afzalligi kelib chiqadi, ya'ni konflikt 
holat bo'lmaydi. Lekin bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, markerning butunligini 
nazorat qilib turish lozimligi va tarmoqni ishlashining har bir abonentga bog'liq ekanligi 
(abonent kompyuteri buzilgan holda uning halqadan uzilishi shartligi). 
Markerning butunligini nazorat qilish uchun abonentlardan birortasi ajratiladi (u aktiv 
monitor, deb nomlanadi). Uning qurilmalari boshqa qurilmalardan hech qanday farq qilmaydi, 
lekin uning dasturiy vositalari tarmoqdagi vaqt nisbatini nazorat qilib turadi va lozim bo'lganda 
yangi marker hosil qiladi. Aktiv monitorning tarmoq o'tkazish davrida kompyuterlardan birini 
tanlanadi. Agarda, aktiv monitor biror sabab tufayli ishdan chiqsa, maxsus mexanizm ishga 
tushib, boshqa abonentlar (zaxiradagi monitor) yangi aktiv monitor tayinlashga qaror qiladilar. 
Marker — bu boshqarish paketi bo'lib, uchta baytdan iboratdir (5.8-rasm): boshlang'ich 
taqsimlovchi bayt
(SD —Start Delimiter 
— байт начального разделителя), ega bo'lishni 
boshqarish bayti (AC —
Access Control
— управление доступом) va oxirgi taqsim- lagich 
bayti
(ED

End Delimiter
— конечный разделитель). Boshlang'ich taqsimlagich va oxirgi 
taqsimlagich, nafaqat nol va birlar ketma-ketligi, shuningdek maxsus ko'rinishdagi impulslarni 
o'z tarkibiga oladi. 
 
5.8-rasm. Token—Ring
tarmoq markerining o'lchami. 
Taqsimlagichlarning bu sharofati uchun ularni paketning boshqa baytlariga hech qachon 
aralashtirib yuborilmaydi. Taqsim- lagichlarning to'rtta biti qabul qilingan kodlashtirishda nol 


qiymatga ega bo'lsa, qolgan to'rtta bitlar qiymati
 Manchester II
kodiga to'g'ri kelmaydi: ikki bit 
oralig'ida signalning bir qiymati saqlanib tursa, qolgan ikkita bit oralig'ida boshqa qiymat 
saqlanadi. Qabul qiluvchi qurilma sinxrosignalning bunday yo'qolganini osongina bilib oladi. 
Boshqarish bayti to'rtta maydonga bo'lingan (5.9-rasm): uchta bit navbat o'rnatish biti, bitta bit 
monitor biti va uchta bit zaxira biti. Navbat biti abonentlar paketlariga yoki markerga navbat 
belgilash uchun kerak (navbat 0 dan 7 gacha bo'lib, 7 eng yuqori, ya'ni eng birinchi navbatni 
bildirsa, 0 esa eng quyi, ya'ni eng oxirgi navbatni bildiradi). Abonent markerga o'z paketini 
o'zining navbat nomeri bilan marker navbati to'g'ri yoki katta bo'lgan holda qo'sha oladi. Bit 
markeri — bu markerga paket qo'shilganmi yoki yo'qmi ko'rsatib beradi (1 — marker paketsiz 
ekanligini bildirsa, 0 — marker paketli ekanligini ko'rsatadi). Monitor biti — birga o'rnatilgan 
bo'lsa, bu marker aktiv monitor tomonidan uzatil- ganligidan xabar beradi. Zaxiralash biti 
abonentga tarmoqqa kelajakda ega bo'lish huquqini band qilish uchun ishlatishga imkon beradi, 
ya'ni xizmat ko'rsatish navbatiga turish uchun kerakdir. 
 
5.9-rasm.
Ega bo'lishni boshqarish baytining o'lchami. 
 
Token—Ring
paket formati 5.10-rasmda keltirilgan. Boshlang'ich va oxirgi 
taqsimlagichlardan va shuningdek, ega bo'lishni boshqarish baytidan tashqari, paket tarkibiga 
paketni boshqarish bayti, uzatish va qabul qilish qurilmalarining tarmoq manzili, axborotlar, 
nazorat bitlar yig'indisi va paket holatini ko'rsatuvchi baytlar kiradi. 
-rasm. Token—Ring
tarmoq paketining o'lchami (maydon uzunliklari baytda berilgan). 
Paket maydonlarining vazifasi quyidagilardan iboratdir: 
boshlang'ich taqsimlovchi (SD) — bu paketning boshlanish belgisi; 
ega bo'lishni boshqarish bayti
(AC)
— bu markerda qanday maqsadda foydalanilsa, bu 
yerda ham xuddi shu
paketni boshqarish bayti
 (FC

 Frame Control)
paket (kadr) turini aniqlaydi; 
paketni jo'natuvchi va qabul qiluvchi olti baytli manzilining standart formatli 3.2-bobda 
ko'rib chiqilgan; 
axborotlar maydoni uzatiladigan axborotni yoki axborot almashinuvini boshqarish 
buyruqlarini o'z tarkibiga oladi; 
nazorat bitlar maydoni 32 razryadli paketning davriy nazorat bitlar yig'indisi
 (CRC);
oxirgi taqsimlovchi paketning tamom bo'lganligini bildiradi. Bundan tashqari, u 
uzatilayotgan paket oraliq paketi yoki uzatilayotgan paketlarning oxirgisi ekanligini aniqlaydi va 
shu- ningdek, paketning xatoligi haqidagi belgi ham mavjud (buning uchun maxsus bit 
ajratilgan); 
paket holatini bildiruvchi baytning vazifasi: qabul qiluvchi qurilma tomonidan paket 
qabul qilinganligi va xotirasiga yozilganligi haqidagi ma'lumot bo'ladi. Uning yordamida paket 
jo'natuvchi paketi manzilga bexato yetib borganligi haqida ma'lumot oladi yoki xato qabul 
qilingan bo'lsa, qaytadan uzatish xabarini oladi. 
Qayd qilib o'tish lozimki,uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning 
kattaligi
 Ethernet
tarmog'iga nisbatan tarmoq ish unumdorligini oshirish uchun hal qiluvchi omil 


bo'lib qolishi mumkin. Nazariy jihatdan 16 Mbit/s uzatish tezligi uchun, axborot maydonining 
uzunligi 18 Kbayt.ga yetishi mumkin, katta hajmdagi axborotlarni uzatishda bu ko'rsatkich 
muhim. Lekin hatto 4 Mbit/s tezlikda ham
Token—Ring
qo'llanilgan tarmoqqa ega bo'lishning 
marker usuli sharofati bilan haqiqatda tezkor
Ethernet
(10 Mbit/s) tarmog'iga qaraganda katta 
tezlikka erishadi, ayniqsa, katta yuklamalarda (30—40 % yuqori)
CSMA/CD
usulining kam- 
chiliklari, ya'ni konflikt holatlarni hal qilishga ko'p vaqt sarflanishi pand berib qo'yadi. 
Token—Ring
tarmog'ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish 
paketi ham jo'natilishi mumkin, u uzatishlarni uzush uchun xizmat qiladi. U xohlagan vaqtda va 
axborot oqimining xohlangan joyida uzatilishi mumkin. Bu paket hammasi bo'lib, ikkita bir 
baytli maydonni tashkil qiladi. 
Token—Ring
tarmog'ining tezligi yuqori bo'lgan versiyalarida (16 Mbit/s va undan ham 
yuqori) markerni erta tashkil qilish usuli
(ETR

Early Token Release)
qo'llanilgan. U 
tarmoqning unumsiz ishlatilishiga yo'l qo'ymaydi.
 ETR
usulining ma'nosi, markerga ulangan o'z 
paketini jo'natib bo'lishi bilan har qanday abonent tarmoqqa yangi bo'sh marker hosil qilib 
uzatadi, ya'ni hamma boshqa abonentlar o'z paketlarini uzatishni oldingi abonent paketini uzatib 
bo'lishi bilanoq boshlashlari mumkin (markerning butun halqa bo'ylab harakat qilib kelishini 
poylab turmasdan). 

Download 399,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish