Lokal tarmoq turlari. Ethernet va Token — ring tarmog'i Reja: Kompyuter tarmoq turlari



Download 399,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana18.02.2022
Hajmi399,89 Kb.
#450206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 maruza

1
.
 E
t
hernet
 
va
 
Fast E
t
hernet
 
tarmog'i
Standart tarmoqlar o'rtasida eng ko'p tarqalgan tarmoq bu — 
Ethernet
tarmog'i. U 
birinchi bo'lib 1972-yilda
 Xerox
firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq 
loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo'lganligi uchun 1980-yili uni katta firmalardan
DEC
va
Intel
qo'lladilar
(Ethernet
tarmog'ini birgalikda qo'llagan firmalarning bosh harflari bilan
DIX
deb 
yuritila boshlandi). Bu uch firmaning harakati va qo'llashi natijasida 1985-yili
 Ethernet 
xalqaro 
standarti bo'lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladi: 802
 
IEEE
qo'mitasi 
(Institute of Electrical and Electronic Engineers)
va
 ECMA (European Computer 
Manufactures Association).
Bu standart
IEEE 
802.03 nomini oldi (inglizcha
«eight oh two dot 
three»).
IEEE 802.03
standartining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilar: 
Topologiyasi — «Shina»; uzatish muhiti — koaksial kabel; uzatish tezligi — 10 Mbit/s; 
maksimal uzunligi — 5 km; abonentlarning maksimal soni — 1024 tagacha; tarmoq qismining 
uzunligi — 500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal abonentlar soni — 100 tagacha; 
tarmoqqa ega bo'lish usuli —
 CSMA/CD; 
uzatish modulatsiyasiz (monokanal). 
Jiddiy qaralganda
IEEE 802.03 
va
Ethernet
orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida, 
odatda, eslanmaydi. 
Ethernet
hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo'q, albatta, u yaqin kelajakda 
ham shunday bo'lib qoladi. Bunday bo'lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma 
ko'rsatkichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo'lganligi, shunday bo'lganligi uchun 
dunyodagi juda ko'p ishlab chiqaruvchilar
Ethernet
qurilma va uskunalarini ishlab chiqara 
boshladi. Ular o'zaro bir-biriga to'liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta. 
Dastlabki
Ethernet
tarmoqlarida 50 Om.li ikki turdagi (yo'g'on va ingichka) koaksial 
kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan)
Ethernet
tarmog'ining 
aloqa kanali uchun o'ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. 


Shuningdek, shisha tolali kabellar ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga 
tegishli o'zgartirishlar kiritildi. 1995-yili 
Ethernet
tarmog'ining tez ishlovchi versiyasiga standart 
qabul qilindi, u 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi
(Fast Ethernet
deb nom berildi,
IEEE 802.03

standard), aloqa muhitida o'ralgan juftlik yoki shisha tola ishlatiladi. 1000 Mbit/s tezlikda 
ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila boshlandi (
Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z
standarti). 
Standart bo'yicha «Shina» topologiyasidan tashqari, shuningdek, «Passiv yulduz» va 
«Passiv daraxt» topologiyali tarmoqlar ham qo'llaniladi. Bu taqdirda tarmoqning turli qismlarini 
o'zaro ulash uchun repiter va passiv konsentratorlardan foydalanish ko'zda tutiladi (5.1-rasm). 
Tarmoqning bir qismi (segment) bo'lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo'lishi mumkin. 
Koaksial 
 
5.1-rasm. Ethernet
tarmoq topologiyasi 
kabellar «Shina» segmentlariga ishlatiladi, to'qilgan juftlik va shisha tolali kabellar esa, «Passiv 
yulduz» nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun). Asosiysi hosil 
qilingan topologiyada yopiq yo'llar (petlya) bo'lmasligi kerak. Natijada, jismoniy «Shina» hosil 
bo'ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib, yana shu joyga qaytib 
kelmaydi (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 
km.ga yetishi mumkin, lekin amalda esa, 2,5 km.dan oshmaydi. 

Download 399,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish