e-qaror.gov.uz
11.01.2022
1
2021 йил «11» сентябрь
370-4-60-Q/21
Косон туман ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 avgustdagi “2021-2022 yillarda
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va infratuzilmani
yanada yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 479-sonli va shu haqidagi viloyat
hokimining 2021 yil 17 avgustdagi 428-4-0-Q/21-sonli qarorlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi “2021-2022 yillarda
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish
va infratuzilmani yanada
yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 479-sonli va shu haqidagi viloyat hokimining 2021 yil 17
avgustdagi 428-4-0-Q/21-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston
Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonuni 6 va 25
- moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi “2021-2022 yillarda
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va infratuzilmani yanada
yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 479-son va shu haqidagi viloyat hokimining 2021 yil 17
avgustdagi 428-4-0-Q/21-sonli qarorlari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
1-ilovaga muvofiq, Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining o‘sish nuqtalari (“drayver”
sohalari);
2-ilovaga muvofiq, 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish,
kambag‘allikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilash dasturini
moliyalashtirish manbalari;
3-ilovaga muvofiq, 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan investisiya
loyihalarining yig‘ma ko‘rsatkichlari;
4-ilovaga muvofiq, 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni
rivojlantirish va
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
5-ilovaga muvofiq, 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi
sohasini
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
e-qaror.gov.uz
11.01.2022
2
6-ilovaga muvofiq, 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport
infratuzilmasini,
shuningdek, ko‘p kvartirali turar joy fondini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
7-ilovaga muvofiq, 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi inobatga
olinsin va ijroga qaratilsin;
3. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (H.Nazarov, I.Salimov, F.Nomozov), birgalikda 2021-2022
yillarda:
tumanda kooperatsiya mexanizmlari asosida zamonaviy issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha manzilli
chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari H.Nazarov hamda
tuman hokimi o‘rinbosari I.Salimovlar zimmasiga yuklansin.
Туман ҳокими
А.Бойкараев