2-rasm. Strelka elementlarini aniqlash uchun hisobiy sxema
Ramali rels (2-rasm) ayrili relsni yopib (oldini to‘sib) turishi, bu bilan ramali rels ulangan joylarida zarbning ayriga va ayrining ildiz (tub) qismiga uzatilishining oldi olinishi kerak. Ramali rels uzunligi quyidagiga teng6
(2.13)
bu yerda: q – ramali rels oldinga chiqqan qismining uzunligi;
; (2.14)
bu yerda: b – strelkali o‘tkazgichda ulanish tirqishi (oralig‘i) ning o‘lchami, b = 8-10 mm;
n – o‘tkazgich to‘sinlari orasidagi proletlar miqdori, ramali rels oldinga chiqqan qismi ostiga yotqizish uchun tavsiya qilinadi, 1/9- 1/11 n=5, 1/18-1/22 n=9;
m – ayri uchining birinchi flyugar to‘sin o‘qi ortiga osilish (chiqib turish) kattaligi, m = 41 mm;
a – strelkali o‘tkazgich hududida o‘tkazgich to‘sinlar orasidagi proletning tavsiya etiladigan qiymati, kurs ishida a = 500 mm deb qabul qilinadi;
s – rels ulanmasi hududida o‘tkazgich to‘sinlari orasidagi masofa (ulanmalararo prolet): R65 va R75 relslarida s = 420 mm; R50 relsida esa s = 440 mm;
; (2.15)
q – ramali relsning orqa qismi uzunligi;
bu yerda: n – ramali rels orqa chiqqan qismi tagiga yotqizish tavsiya etiladigan o‘tkazgich to‘sinlari orasidagi proletlar soni n = 2-4. Katta uzunlikdagi ramali relslar qo‘llanadigan yassi strelkali o‘tkazgichlar uchun proletlar soni 10 tagacha yetishi mumkin.
Ramali rels uzunligi standart uzunlikda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Biroq q 4-5 m dan oshmasligi lozim. Bu holda old va orqa chiqqash joylardagi to‘sinlar soni muvofiqlashtiriladi.
2.3. Qattiq (qo‘zg‘almas) krestovinaning nazariy (minimal) uzunligini aniqlash
Krestovina (3-rasm) old n (usovoy) hamda orqa m “dum” qismlaridan iborat bo‘lib, ular shuningdek krestovina chiqib turgan joylari deb ham nomlanadi. Ushbu qismlarning minimal uzunligi krestovina ulanmalarining turtib turgan qismlari orasida ulanmalarni montaj (yig‘ish) va demontaj (qayta ) qilish uchun yetarlicha bo‘shliq qoldirish sharti bilan belgilanadi; bundan tashqari krestovinaning turtib turgan (us) va “dum” qismlari uzunligi krestovinaga jips joylashgan iz relslari tubi ostrojkasiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda rejalashtiriladi.
m va n o‘lchamlari krestovinaning burchagi, turi va konstruksiyasiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Quyma o‘zakli krestovina uchun uzunlik quyidagi ifoda bo‘yicha belgilanadi:
, ; (2.16)
bunda
Vp – mazkur turdagi rels “boshmog‘i”ning eni;
Vg – mazkur turdagi rels kallagining eni;
α – krestovina burchagi;
5 mm – krestovina “dum”iga yaqin joylashgan rels “boshmoq”lari orasidagi masofa, ana shu rels “boshmoq”lari yedirilmaydigan qilib qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |