Yo‘l konstruksiyasini tanlash va yakka strelkali
o‘tkazgichning hisobi
1. Yo‘lning yuqori qurilmasi
Loyiha hisob ishining ushbu bo‘limida talabalar berilgan shart-sharoit uchun yo‘l uchastkasidagi poyezdlar harakatining yuk tashish tig‘izligi hamda tezligiga bog‘liq ravishda yo‘lning guruhi, toifasi va turkumini (klass) aniqlashi, yo‘lning yuqori qurilmasining mavjud konstruksiyalari hamda ularning elementlari bilan tanishishlari lozim. Yo‘lning muayyan sinfi uchun yuqori qurilmaning eng maqbul konsruksiyasi tanlanadi.
Yo‘l guruhi, toifasi va turkumi vazifasi
1995 yildagi “Texnik saviyasini yuksaltirish hamda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yo‘l xo‘jaligini yuritishning yangicha tizimiga o‘tish to‘g‘risida”gi № 70 buyruqqa binoan temir yo‘llar yuk tashish tig‘izligi va yo‘lovchi va yuk poyezdlari harakatining maksimal yo‘l qo‘yiladigan tezliklari birligiga bog‘liq ravishda tavsiflanadi.
Ushbu buyruqqa muvofiq barcha yo‘llar (A, B, V, G, D) harflari bilan belgilangan 5 guruhga va tezligi bo‘yicha 1-7 raqamlari bilan belgilangan 7 toifaga taqsimlanadi. Hammasi bo‘lib 5 turkum mavjud.
Yo‘lning tegishli turkum, guruh va toifaga oidligi raqamlar va harflar yig‘indisi bilan belgilanadi. Birinchi raqam – yo‘l turkumi, harfdan keyingi raqam – yo‘l toifasi. Masalan, 2V3 – yo‘l 2-turkumga, V guruhiga va 3-toifaga oidligini bildiradi.
Loyiha hisob ishida, berilgan harakat shart-sharoitlari asosida, 1-jadvalga muvofiq, talabalar yo‘lning guruhi, toifasi va turkumini aniqlashlari kerak.
Harakat uchastkasida yo‘l toifasini aniqlash yo‘l rahbarining tezliklarni belgilash to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq yo‘lovchi va yuk poyezdlari uchun maksimal yo‘l qo‘yiladigan tezlik bo‘yicha amalga oshirilib, bunda kichik radiusli egri chiziqlar, yo‘l holati, sun’iy inshootlar hamda boshqa sabablar tufayli maksimal tezlik pasaytirilgan alohida kilometrlar va joylar hisobga olinmaydi.
1-jadval
Yo‘l guruhi
|
Yuk tashish tig‘izligi, mln tkm br.
Bir yilda km larda
|
Yo‘l toifasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Yo‘l qo‘yiladigan tezliklar: yo‘lovchi poyezdlariniki - kasrda; yuk poyezdlariniki - maxrajda, km/ch
|
Yaqinlashtirish yo‘llari
|
121-140
>80
|
101-120
>70
|
81-100
>60
|
61-80
>50
|
41-60
>40
|
Asosiy va qabul qiluvchi-jo‘natuvchi,
40 va undan kam
|
Asosiy yo‘llar
|
A
|
80 dan ortiq
|
1
|
1
|
1
|
2
|
2
|
3
|
5
|
B
|
50 - 80
|
1
|
1
|
2
|
2
|
3
|
3
|
V
|
25 - 50
|
1
|
2
|
2
|
3
|
3
|
4
|
G
|
10 - 25
|
1
|
2
|
3
|
3
|
4
|
4
|
D
|
10 va undan kam
|
2
|
3
|
3
|
3
|
4
|
4
|
Izoh:
1. “Yuk tashish tig‘izligi” ustunida: tire (chiziqcha) oldidagi raqam – bundan tashqari (uni chiqarib hisoblaganda); tire – qo‘shib hisoblaganda.
2. Grafikdagi maksimal harakat tezligi 80 km/s va undan ortiq bo‘lgan shahar atrofi va yo‘lovchi poyezdlari miqdoriga ko‘ra yo‘l turkumi:
1 turkum – 100 poyezddan oshiq;
2 turkum – 31-100 poyezd;
3 turkum – 30 tagacha poyezd.
Tezlik 80 km/s dan kam bo‘lganida yo‘l turkumi, 3-dan tashqari, bir pog‘onaga pasayadi.
3. Boshqa shart-sharoitlari bir xil bo‘lganida B5, V4 turkumidagi bosh yo‘llar egriligi radiusi 350 dan kam va 20% dan oshiq, yoki barcha egri chiziqlarda – 40% dan ortiq bo‘lgan murakkab rejali uchastkalarda 2-turkumga o‘tkaziladi.
4. 2 va 3 band shartlari o‘zaro mos tushganida yo‘l turkumi faqat bir marotaba ko‘tarilishi mumkin.
5. Ikki yoki undan ortiq izli uchastkalarda yo‘l turkumi nisbatan kattaroq yuk tashish tig‘izligiga ega yo‘l bilan bir xil qilib o‘rnatiladi, buning uchun bu ko‘rsatkich bo‘yicha oradagi farq 20% dan oshmasligi lozim. Aks holda ikkinchi (uchinchi, to‘rtinchi) yo‘l turkumi o‘z yuk tashish tig‘izligi hamda harakat tezligiga ko‘ra o‘rnatiladi.
6. 40 km/s tezlikda harakatlaniladigan stansiya, eltuvchi (pod’ezd) va boshqa yo‘llar 4 turkumga, tezlik 40 km/s dan ortiq bo‘lganida – 3 turkumga kiritiladi.
7. Saralash stansiyalaridagi saralash va tepalik yo‘llari 4 turkumga oid hisoblanadi.
8. Xavfli yuk ortilgan harakatdagi tarkib aylanib olishlari uchun ishlatiladigan stansiya, eltuvchi va boshqa yo‘llar 4 turkumdan past bo‘lmasligi shart.
9. Yo‘lning ish sharoitiga ko‘ra egri chiziqlarda A guruhining 1 toifasi bilan birga (A1) kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |