Logoritmik mashg’ulotlarning vazifasi. Logoritmikaning nutq apparatini rivojlantirish jarayonidagi o’rni


Logoritmik mashg’ulotlarda ovoz va nafasni rivojlantirishda mustaqil musiqiy faoliyatdan foydalanish bo’yicha tavsiyalar



Download 108,76 Kb.
bet13/14
Sana31.01.2022
Hajmi108,76 Kb.
#420660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
402 Logo Berdiqulova Sevara kurs ishi

2.2.Logoritmik mashg’ulotlarda ovoz va nafasni rivojlantirishda mustaqil musiqiy faoliyatdan foydalanish bo’yicha tavsiyalar.
Mustaqil shaklda olib boriladigan musiqiy faoliyat –eshitish mо‘ljalining (koordinatsiyasi),tovush va harakatning,ton va ritmik tuyg‘ularining rivojlanishiga musiqa va qо‘shiqqa nisbatan muuhabbatni tarbiyalashga, bolalar va kattalarda hissiy hayotni boyitishga asos bо‘ladi.
Nutqiy nuqsonlarga ega bо‘lgan odamlar bilan olib boriladigan barcha musiqiy ishlarga – jamoaviy faollashtiruvchi va korreksiya qiluvchi xuxiyterapiya (ijtimoiy rag‘batlantiruvchi, ruxiy ortopedik, ruxiy tarbiyaviy ishlar) sifatida qarash mumkin. Mustaqil musiqiy faoliyat musiqiy о‘yinlar bilan quyuq bog‘lanishga ega bо‘lib, shug‘ullanuvchilar о‘z tashabbuslari bilan kuylashadi, jо‘r aytishadi, raqs ijro etishadi, bolalar uchun belgilangan yoki haqiqiy musiqa asboblarida kuy tanlashadi.
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshdagilarning mustaqil musiqiy faoliyatlari bir necha manbalarga ega bо‘lgan: musiqiy mashg‘ulotlar bо‘lib, ularda bolalar qо‘shiq kuylashni, raqsga tushishni va har xil о‘yinlarni о‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini bolalar mustaqil faoliyatga kо‘chiradilar, bular: bayramlar, kо‘ngilochar mashg‘ulotlardir. Ularda bolalar о‘z о‘yinlari haqida darhol javob beradilar olingan taassurot qanchalik yorqin bо‘lsa, bolalar uchun muzitsirovka ham shu qadar qiziqarli bо‘ladi. Oilada ham mustaqil musiqiy faoliyatning turli xil manbalari mavjud. Ular orasida eng kо‘p tarqalganlari bular –musiqiy radio va tele kо‘rsatuvlar.
Ota-onaning qо‘shiqqa, musiqiy asboblarda о‘ynashga, yozuv tasmalarini tо‘plashga bо‘lgan muhabbati bolalarda musiqaning rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi.
Musiqa hamda ahamiyatli personajlar ishtirokidagi multfilmlar bolalarda sevib tinglaydigan qо‘shiqlarni qaytarib yurish odatini keltirib chiqaradi.
Tuzatuvchi (korreksion) logoritmik ta’sirni amalga oshiradigan tarbiyachi bolalar musiqiy faoliyati manbalarini hisobga olishi va bu faoliyatni keyinchalik harakat sensor va nutq funksiyalarini meyoriylashtirishda foydalanish yо‘lida rivojlantirishga rahbarlik qilishi lozim.
Mashg‘ulotlarda bolalar asosan bir turdagi harakatlarni о‘ylab topadilar, masalan chavandozlar otda yuradilar, uchuvchilar samolyotni boshqaradilar, о‘tinchilar о‘tin yoradilar, traktorchilar matorni yurgizadilar, tikuvchilar igna bilan ish qiladilar va boshqalar. Sо‘ngra musiqiy-о‘yin qiyofasi rivojlanishda yaratiladi, masalan, bog‘bon yer qaziydi, ekin ekadi, ularni sug‘oradi, devorlarni oqartiradi, о‘simliklarni parvarishlaydi (atrofdagi yerni yumshatadi, begona о‘tlardan tozalaydi, о‘g‘it bilan yerni tо‘yintiradi.), hosilni teradi va dо‘stlarini mehmon qiladi.
Keyinroq bir necha personajlarning о‘yinga qо‘shilib borishi hisobiga musiqiy harakat tobora murakkablashib boradi va nihoyat о‘yinchilar harakat kompozitsiyasini о‘zlari yaratadilar.
Ijodiy kompozitsiyalarga turli xil laparlar, raqslar, kuylar, qо‘shiqlar va musiqiy asboblardagi о‘yinlar kiritiladi. Laparlar kombinatsiyalangan, ya’ni erkin о‘ylab topilgan va biriktirilgan harakatlarga ega bо‘ladi. Ular uchun yorqin kontrast tuzilishiga ega bо‘lgan ikki qismli asarlar hamda turlicha xarakterdagi ikki mustaqil pyesa tanlab olinadi. Erkin laparlar ijodiy xarakterga ega bо‘ladi va xalq lapar kuylari bilan ijro etiladi. Lapar xarakteridagi jо‘r aytishlar xalq qо‘shiqlari bilan bog‘liq bо‘lib, qо‘shiqda kuylanayotgan voqeani sahnalashtirishni taqozo etadi.
Syujetli-rolli о‘yinlarda bolalar о‘yindagi g‘oyalarga moskeladigan qо‘shiqlarni ijro etadilar. Masalan, “Parad” о‘yinini о‘ynashda о‘g‘ilbolalar “Doira” qо‘shig‘i ostida childirma chaladilar va qadam tashlaydilar, hamda qо‘shiqni har bir kupletida qator tuzilishni о‘zgartirib turadilar; aylana bо‘ylab yoki juft xolatda ilon izi bо‘ylab yuradilar bо‘ladilar. Qiz bolalar esa “Alla” qо‘shig‘I ostida qо‘g‘irchoqni tebratadilar. Maktab yoshidagilar va kichik maktab yoshdagilar mustaqil faoliyatga musiqiy didaktik о‘yinlarni ham qо‘shadilar: “Surnay chalish”, “Kim kuylayotganligini top”, ”Ikki doira”, «Sekinroq – rubob yoki dutorni chalsin balandroq”, “Rasmdagi qо‘shiqning nomini top” va boshqalar. Masalan: “Ikkidoira” о‘yinida bolalardan biri doirada biri ritmik rasm chizadi, ikkichisi esa uni aynan takrorlaydi, yoki oxang yо‘nalishi va uning ritmini aks ettirgan holda kuy ijro etadi. Bolalar о‘zlarining mustaqil faoliyatlarida kо‘pincha musiqiy о‘yinchoq asboblaridan foydalanadilar: kuy, qо‘shiq, ijro etadilar, о‘zlari personajlar harakatlarini yaratadilar va uni kuy ishtirokida ijro etadilar, masalan, «Ayiqni kuchliroq qilib chunki u jaxldor, tulkini esa yumshoqroq qilib о‘ynash kerak» ekanligini о‘yinda qayd etadilar. Bolalarning mustaqil faoliyatlari bog‘chadagi bayramlarda, qо‘g‘irchoq teatrlarida, haqiqiy bayramlarda va yakka mashg‘ulotlarda namoyon bо‘ladi. Bolalar bog‘chalaridagi har 2-3 oyda uyushtiriladigan bayramlar - muoloja tuzatishva logopedik tarbiyaviy ishlarini о‘tkazuvchi mashg‘ulotlarning tо‘liq kursi bо‘yicha о‘zgacha bir hisobotni namoyon etadi. Bog‘chada bayram tashkil qilish uchun bolalar bilan olib boriladigan barcha turdagi musiqiy ishlar materiallaridan foydalaniladi. Nutqmateriallarinitanlashda mazkur ondagi bolaning nutq qobiliyatini hisobga olish lozim. Bayram sahnasi logoped, musiqiy xodimva tarbiyachi bilan muhokama qilinadi. Bayramlar badan tarbiya bayramlari yoki bitiruv kechalari sifatida о‘tkaziladi. Ularning davomiyligi 30-45 daqiqa davom etadi.
Qо‘g‘irchoq teatrlarini uyushtirishdan maqsad boshqa mashg‘ulotlarda olingan bilim va malakani mustahkam lashdir. Qо‘g‘irchoq teatrlari namoyishi yiliga 1-2 marta: kо‘ngil ochar kechalar oyiga 1 marta tashkil qilinadi, masalan, tug‘ilgan kunni nishonlash. Turli xil mashqlar logoped tarbiyachi hamda musiqiy rahbar bilan birgalikda о‘kaziladi. Barcha turdagi kо‘ngil ochar mashqlar kvartal bо‘yicha taqsimlanadi va bolalar bog‘chasidagi, statsionarlardagi, bolalar poliklinikalardagi nutqiy guruhlar uchun tuzilgan kelajak rejasiga qaratilgan bо‘ladi. Masalan, birinchi chorak rejasiga kirtilgan quyidagi tadbirlar ni kiritish mumkin:
1) mavzuli konsert “kuz belgilari” (kattalar tomonidan ijro etilgan tabiat haqidagi vokal, instrumental musiqa tanlash, bolalar bilan she’r о‘qish, kuz haqida qо‘shiq kuylash – tartiblangan nutq.).
2) musiqiy film namoyish etish (kattalar tashkil qiladilar.)
3) musiqiy viktorina (logoped bilan birgalikda musiqiy rahbar olib boradi, bolalarga tanish bо‘lgan asardan foydalaniladi);
4) hazil-mutoyiba, topishmoqlar aytish kechasi (kattalar tashabbusida);
5) “bizning quvnoq konsert» (konsert dasturi bolalarning harakat va nutq qobiliyatlariga mos holda kattalar tomonidan tuziladi);
6) multfilm kо‘rsatish (tashkilotchisi kattalar);
7) quvnoq musoboqalar, о‘yinlar, attraksionlar (kattalar bolalar bilan о‘tkazadilar, bolalar yordamchi bо‘lishlari mumkin);
8) sahnalashtirilgan musiqiyо ‘yinlar (ijro etuvchilar kattalar va bolalar);
9) yumor kechasi (kattalar tashkil etiladilar)
Individual mashg‘ulotlar logoped va musiqiy rahbar tavsiyasi bilan asosida о‘tkaziladi va aniq maqsadga ega bо‘ladi. Masalan turli asboblarda о‘ynash harakatida barmoqlar harakatini rivojlantirishni; qо‘shiqlar va xirgoyilarni kuylashda ovoz balandligini rivojlantirish; nafas yordamida chalinadigan musiqiy asboblarda о‘ynashda nafas olishniri vojlantirish va boshqalar. Tarbiyachi bolalarni majburlamagan holda puflab chalinadigan musiqiy asboblarda о‘ynashni qо‘shiq aytishini musiqiy burchakni о‘yinchoqlar bilan bezatilgan musiqiy burchak hosil qiladi.
Harakat muolajasida о‘yinlardan mustaqil tarzda yoki turli xil ritmik, logoritmik va musiqiy-ritmik majmualar uyg‘unligida foydalanish mumkin.
О‘yinlar davolash muolajasida rang-baranglik va his-hayajon kiritadi. (dizartriyada, rinoliyada va afaziyada). Davolash muolajasi shaklidagi о‘yin uslubi amalda tobora kо‘proq о‘z tatbiqini topmoqda. Ruhiy-fiziologik rivojlanishga mos holda bolalar о‘yin vositalarining ta’siriga osongina beriladilar. Ammo bolalarning diqqat-e’tiborlari muqobil emas, о‘zgaruvchan bо‘lganligi sababli, ularning bir buyum bilan uzoq vaqt shug‘ullanishlari qiyinchilikda kechadi, tо‘g‘ri nafas olishni unutadi yoki harakat topshiriqlarini bajarish jarayonida bir necha daqiqaga tо‘xtatib qо‘yadi.
Shu sababli bolalar amaliyotga murakkab uslubli, harakatli, katta kuch va tezlik talab etuvchi hamda murakkab tuzilishga ega bо‘lgan о‘yinlar tо‘g‘ri kelmaydi.
Tarbiyachi bolalar bilan ishlashda о‘yinlardagi jismoniy va his-tuyg‘ularning yuklamasi ortiqcha yoki о‘yinning harakatiga, unga qо‘yilgan boshlang‘ich raqobatlashuvga, uning davomiyligiga, о‘tkazish sharoitlariga, о‘yinchining reaksiya darajasiga, ularning harakatlanish madaniyati va oldingi harakatlanish mashg‘ulotlariga, о‘yinchilar soniga, shuningdek, ularning turli xil qismlari va guruhlariga, har bir о‘yin qoidasi va unga rioya qilishlikka hamda boshlang‘ich holat va о‘yining rivojlanishiga bog‘liq ekanligini unutmasligi lozim. bola organizm funksiyasiga о‘yinning darajalangan ta’siri maqsadiga asoslanib, qoidalarni va birini о‘rniga ikkinchisini kiritish orqali uni о‘tkazishni о‘zgartirish mumkin.
Davolash muolajasidagi о‘yinlar tasnifi kо‘p sonli topshiriqlarga va ularning shartlariga bog‘liq bо‘lib, bu shartlarga davolash jarayonida javob berishi lozim. Uning maqsadi va vazifalari turlichadir. Shu tarzda qiziqtiruvchi va chalg‘ituvchi xarakterdagi о‘yinlar bolaning diqqatini chalg‘itadi, о‘ziga jalb etadi, maxsus yо‘naltirilgan о‘yinlar о‘yin tashkil etuvchi muolaja davrida bajarilayotgan ish yaxshilaydi, ayrim tibbiy topshiriqlarni bajaradi (tayyorlov sifatidagi dizartriyaga ega bо‘lgan bolalarda bolalik serebral paralich holatida umurtqa pog‘anani korrigiratsiya qilish); duduqlanish va turli xil ruhiy-asab kasalliklari bilan xastlangan kattalar va bolalar tinchlantiruvchi xarakterdagi о‘yinlar foydalidir, ustki va ostki qismlar rivojlanishda ishtirok etish afzalligiga ega bо‘lgan о‘yinlar.
О‘yinlar unda ishtirok etuvchi о‘yinchilar soniga bog‘liq holda yakka holdagi va guruhli о‘yinlarga bо‘linadi. Guruhli о‘yinlar komandalarga bо‘lingan va bо‘linmagan bо‘ladilar.
О‘yin shartlarining bajarilishiga va о‘yinchi holati hamda buyumlarning atrofdagilarga nisbatan о‘zgarishiga mos holda guruhli о‘yinlar quyidagilarga bо‘linadi:
–turgan joyida о‘ynash (statistik о‘yinlar) bu о‘yinda kasal atrofdagi buyumlarga nisbatan о‘z holatini о‘zgartirmaydi xolos. Bunday о‘yinlarda (о‘tirgan, turgan, ba’zida esa yotgan holatda) harakat miqdor jihatdan chegaralangan bо‘ladi va asosiy ta’sir qiluvchi element his-tuyg‘uomilidir.
Jismoniy yuklanish mazkur о‘yinda boshqa о‘yindagilarga nisbatan eng kam bо‘ladi.
– kam harakatli va yarim harakatli о‘yinlar, bu о‘yinlarda bir-birlariga nisbatan turlicha munosabatda bо‘lgan harakat elementlari va statistika mavjud.
Odatda bunday о‘yinlarni о‘tkazishda boshlang‘ich holat о‘tirgan yoki tik turishdan iborat bо‘ladi.
Ulardagi jismoniy va ruhiy yuklanish belgilangan bо‘lib, kо‘proq his-hayajondan iborat. Shuningdek, bu о‘yinlar harakatdagi о‘yinlar bilan joyda turib о‘ynaladigan о‘yinlar orasidagi о‘tuvchi о‘yinlar hisoblanadi. – Harakatdagi о‘yinlarda ishtirokchi tanasining holatini atrofdagi buyumlarga nisbatan uzluksiz о‘zgartirib turadi. Ularning his-hayajonlarning kо‘pligi bilan xarakterlaydi va harakatning turli xil shakllariga ega bо‘ladi:
– yugurish, sakrash, yurish va shunga о‘xshash; shuningdek, bunday о‘yinlar takrorlikni, kuchlilikni, kuchlilikni, harakatni mо‘ljallay bilishni chidamlilikni talab etadi va mushaklarning funksiyasida, nafas va yurak tomir tizimida sezilarli о‘zgarish hosil qilib, organizm faoliyatiga har tomonlama ta’sir kо‘rsatadi. О‘yin davomida jismoniy yuklanish kо‘p bо‘lganligi sababli ular bemorlardan yuqori funksionallik va kо‘proq jismoniy imkoniyatlarga ega bо‘lishlikni talab etadi.
Shu bilan birga harakatlantiruvchi о‘yinlar nutqida va harakatlanishida buzilishlarga ega bо‘lgan shaxslarga juda katta korreksiyalovchi ta’sir kо‘rsatadi. Harakatlantiruvchi о‘yinlarning 1-3 yoshgacha bо‘lgan bolalar organizmiga ijobiy ta’siri haqida kо‘pgina mualliflar yozganlar. Masalan, R.I. Yevdokimova, O.R. KostenkovaP.YE. Rudovskayalar harakatlantiruvchi о‘yinlarning yurak-qon-tomir va nafas olish tizimlariga nisbatan ijobiy ta’siri ustida bir qator izlanishlar olib bordilar. Bola bunday о‘yinlar ta’sirida yaxshi rivojlanadi: tanasining vazni, bо‘yi, eni kо‘krak qafasidagi havo aylanishi yо‘llari va mushaklari ortib boradi; umutqa pog‘onadagi nuqsonlar kamayadi, uxlash va ishtahasi yaxshilanadi.
«Uyqusirama!»
Zal о‘rtasiga bo’r bilan aylana chizib qо‘yilgan. Uning ichiga esa turli joylariga о‘yinchilar sonidan bittaga kam bо‘lgan kichik aylanachalar chizilgan. Hamma katta aylana ichiga kiradi. Signal berilishi bilan о‘yinchilar bittadan kichik aylanalarni egallashga harakat qiladilar. Joysiz qolgan yutqazgan hisoblanadi va о‘yindan chiqadi. Bunda kichik aylanalarning biri ham о‘giriladi, yanaо‘yinchilar sonidan bittaga kam bо‘ladi.
Yuqorida sanab о‘tilgan barcha harakatlantiruvchi о‘yinlarda о‘yinchilarning harakatlari takomillashib boradi, kо‘rish va eshitishga bо‘lgan diqqat-e’tiborlari rivojlanadi, makon hamda vaqt bо‘yicha mо‘ljallashga nisbatan harakat reaksiyasining tezligi, kuchlarini hisoblashdagi aniqlik, harakat uyg‘unligidagi epchillik va tezkorlik ortadi, shaxsning jur’atlilik, qat’iyatlilik, hojatbarorlik, о‘yin ishtirokchilariga nisbatan dо‘stona munosabatlar va jamoatchilik kabi fazilatlarga tarbiyalanib boradi.
Mos keluvchilar qoidalari bilan maxsus tashkillashtirilgan harakatlantiruvchi о‘yinlarga raqslarni misol keltirish mumkin. Turlicha kо‘rinishlariga bog‘liq holda raqslar ma’lum bir qat’iy qoidalarga ega bо‘lib, ularning bajarilishi musiqa ishtirokida amalga oshiriladi. Raqslar о‘ynovchilarda chuqur his-hayajonni hosil qiladi. Raqslardagi jismoniy yuklanish ham turlichadir, u davomiyligi va takrorlanishi chastotasi bо‘yicha darajalanadi. Turli xil raqslarda zо‘riqish yoki butun organizmga, yoki faqatgina pastki qismlarga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Raqslardan maxsus harakat koordinatsiyasi buzilgan holatda foydalaniladi. (sekin ritm va tempdagi raqslar), turli genezdagi nutqning buzilishida (raqsning tempi va davomiyligi patsiyentning yoshi va nutq bilan birga harakatining ham buzilishiga aniqlanadi), asab sistemalari funksiyalarining shшkastlanishiga (tez va sekin raqslar) logoritmik mashg‘ulotlarga eng turli xil mavzu va syujet sheri yoki prozdik matnni saxnalashtirish о‘yinlarini qо‘llash foydalidir. Harakatlar, pantomimo, mimika hamda irodali nutq orqali о‘yinchilar о‘yin mazmuni va undagi qiyofalarni namoyon etadilar. Sahnalashtirish о‘yinlari butun o’yin davomida musiqa bilan birgalikda yoki musiqa uning ayrim qismlariga komponement sifatida beriladi va shuningdek, musiqasiz о‘tkaziladi. Bunday о‘yinlar turli xil yoshdagilarga qiziqish uyg‘otadi; yoshga va korreksiya ishining egaligiga bog‘liq holda о‘yinning nutq materiali qiyofaning harakatda shakllanishini murakkablashtiradi.
«Tovuq, jо‘jalar va lochin».
О‘yinchilardan biri tovuqni, ikkinchisi lochin, qolganlari esa jо‘jalarni aks ettiradilar. Jо‘jalar «tovuq» boshchiligida zalda yugurib yurishadi, va ozuqani «chо‘qilashadi». Shartli signalda «lochin» uchib chiqib, «jо‘jalarni» ovlay boshlaydi. Qо‘rqib ketgan jо‘jalar har tomonga qochadi «tovuq» jо‘jalarni himoya qilib, lochinga tashlanadi, ularni esa uyiga (bo’r bilan chizib qо‘yilgan joy) boshlaydi. Agar lochin biror bir jо‘jani tutib olsa, uchib ketadi. Qо‘lga tushib qolgan jо‘ja о‘yindan chiqadi va «jо‘jalarni» ikkita «lochin» ovlaydi. О‘yinmusiqaostidaо‘tkaziladiyokimusiqasiz. «Tovuq, qо‘rqib ketgan jо‘jalar, hamla qiluvchi va ovlangan jо‘ja bilan uchib ketayotgan lochin mavzusi».
О‘yinchilar qо‘llaridan ushlashib, aylana bо‘lib turadilar, aylana о‘rtasiga ayiq chiqadi, uning boshidagi katta qalpoq kо‘ziga tushib turadi. Hamma birinchi kupletini kuylaydi.
Aylana bо‘ylab yuradilar va oxirgi sо‘zini aytishda ayiq tomon qо‘l chо‘zadilar. Tarbiyachi signal berishi bilan о‘yinchilardan birortasi «ayqni» chaqiradi, tovushni о‘zgartirish mumkin. Agarda «ayiq» uni kim chaqirganligini topib olsa, uning boshidan qalpog‘I olinadi, о‘zi esa biror bir shirinlik bilan (konfet yoki fanta) mehmon qilinadi. О‘yinni uch marotaba takrorlashda ham ayiq uni kim chaqirganligini topa olmasa, aylana chetiga boshqa bolalar yoniga borib turadi.


XULOSA
Shunday qilib, kurs ishi muammosi bo'yicha psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida biz aniqladikki, nutqning umumiy rivojlanmaganligi nutq patologiyasining bir shakli bo'lib, unda nutq tizimining barcha tarkibiy qismlarining shakllanishi ikkala tovush sifatida ham hisobga olinadi. va nutqning semantik jihatlari buziladi.
Logoritm - bu turli harakatlar maxsus nutq materialining talaffuzi bilan birga keladigan vosita mashqlari tizimi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda NTRni engish uchun logopediya ritmikasining ahamiyati haqida quyidagi kurs ishichilarning ishlari yozilgan: Shashkina G.R., Babushkina R.L., Kislyakova O.M., Kartushina M.Yu., Aksakova T.Yu., Makarova N.Sh., Volkova. GA Bu mualliflarning barchasi ritmning nutqning aqliy jarayonlariga ta'sirini ta'kidladilar.
Psixofizik va motorli sohalarning rivojlanishi bilan birgalikda logoritm nutqning grammatik tuzilishini rivojlantirishga, tuzatish va nutq terapiyasi tadbirlarining umumiy majmuasida NTR bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda izchil nutqni shakllantirishga yordam beradi.
Eksperimental tadqiqot ko'rsatdi haqida deb bir katta darajada qishloq da oshkolnikov EPD bilan birga hosil avtomobil xotira, o'zboshimchalik tormoz tizimlari, eshituv e'tibor:. Ular rivojlanishda sezilarli darajada orqada qolmaydi : kosmosda orientatsiya , statik muvofiqlashtirish. Rivojlanishning past darajasida quyidagi funktsiyalar mavjud: diqqatni taqsimlash, dinamik muvofiqlashtirish, qo'llarning nozik motorli ko'nikmalari , og'zaki va yuz amaliyoti, temp va ritm hissi .
Tarbiyachilarning tuzatish nutq terapiyasi ishi NTR bo'lgan bolalar uchun zarur deb hisoblaymiz. U malakali, muvofiqlashtirilgan tarzda rejalashtirilishi kerak. Shundagina maktabgacha yoshdagi bolaning nutqi go'zallik, uyg'unlik va ifodalilikka erishadi. Logoritmik mashg'ulotlar, NTRni engish uchun mashqlar musiqa va harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi, bu bolalarning his-tuyg'ularini rivojlantirishga yordam beradi va har qanday maktabgacha yoshdagi bolaning logotip ritmidagi mashg'ulotlarga qiziqishini oshiradi.
NTR bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda logoritmikani tuzatish nutq terapiyasida qo'llash natijasida nutq rivojlanishining ijobiy dinamikasini kuzatish mumkin. Kompleksda o'tkaziladigan logoritmik mashg'ulotlar NTR bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini normallashtirishga yordam beradi, qulay hissiy kayfiyatni uyg'otadi va tengdoshlari, ularning atrofidagi odamlar bilan o'zaro muloqotni rivojlantiradi.

Download 108,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish