Logoritmik mashg’ulotlarning vazifasi. Logoritmikaning nutq apparatini rivojlantirish jarayonidagi o’rni


II BOB.Logoritmik mashg’ulotlarni tashkil qilishda korreksion – pedagogik ishni tashkil etish



Download 108,76 Kb.
bet11/14
Sana31.01.2022
Hajmi108,76 Kb.
#420660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
402 Logo Berdiqulova Sevara kurs ishi

II BOB.Logoritmik mashg’ulotlarni tashkil qilishda korreksion – pedagogik ishni tashkil etish
2.1. Logoritmik mashg’ulotlarda nafasni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tashkil qilish
Mashqlar logopedik ishlarning bosqichlari va vazifalari bilan tо'la muvofiq ravishda olib boriladi.Ular katta miqdorda korreksion kursning boshida о'tkaziladigan mashg'ulotlarga kiritiladi.Nutqiy buzilishni muvaffaqiyatli bartaraf etish darajasid akorreksion kursning о'rtasi va oxirida ularning miqdori qisqaradi,biroq logoritmik va logopedik materialda vorislik bо'lishi kerakligi uchun olib tashlanmaydi.
Mashqlardan maqsad nutqiy apparatning ustki bо'limlari faoliyatini meyorlashtirishga yordamlashishdir.
Nafas olishni rivojlantirish mashqlari diafragmal nafasning tо'g'rilanishini, nafas chiqarishning davomiyligi, uning kuchi va ketma-ketligini ishlab chiqishga yordamlashadi. Ularni qо'l (yuqoriga - pastga, yuqoriga – har tomonga, yuqoriga - belga, yuqoriga - boshgavah.k.), tana (о'ngga - chapga, oldinga egilish, doirali aylanishlar), bosh (yelkaga, kо'krakka, doirali aylanishlar) harakatlari bilan uyg'unlashtirish mumkin. Masalan, oyoq uchiga kо'tarilib, qо'llarni yuqoriga kо'tarish – nafas olish, tovonga tо'la tushish, qо'lni belga qо'yish – nafas chiqarish. Tananiо'nggaburish, qо'llarni yelka darajasida, shuningdek, о'ngga olish – nafas olish, dastlabki holatga qaytish: tana - tо'g'ri, qо'llar pastga tushirilgan – nafas chiqarish. Boshni baland kо'tarish – nafas olish, uni sekin kо'krakka tushirish – nafas chiqarish.
Nafasni rivojlantirish mashqlarida nafas chiqarishda talaffuz qilinadigan nutqiy material ham kiritiladi. Masalan, oyoq uchiga kо'tarilish, qо'llarni yuqoriga kо'tarish – nafas olish, tovonga tо'liq tushish va qо'llarni belda tutgancha avval jarangsiz tovush ["s"] (yoki ["sh"], ["f"], ["x"]) ni, keyin unli tovushlarni ajratilgan va turli uyg'unlikda, sо'ng unli tovushlarni undosh tovushlar bilan uyg'unlikda uzoq chо'zish. Shundan keyin nafas chiqarishda – ochiq bо'g'inli, yopiq bо'g'inli, ikki, uch, murakkab sо'zlar, 3-4-5 sо'zdan tashkil topgan iboralar talaffuz qilinadi. Iboralarning chо'zilishi anchagina chо'zilgan nafas chiqarishni talab qiladi.
Ovoz bilan ishlash undosh va unli tovushlarni talaffuz etish bilan boshlanadi. Mashqlar musiqiy kuzatuv va ularsiz olib boriladi. Unli tovushlar ovoz balandligida о'zgarish bilan kuylanadi. Agar bu mashqlar tezda uddalanmasa, ovoz balandligida о'zgarishga erishish uchun "miyovlash" yoki "guvillash" dan (mushukning ovoziga, paroxodning gu-gulashiga taqlid sifatida) foydalanish mumkin. Ovozning kuchi musiqiy akkompanentning tegishli kuchlanishi yoki zaiflashishi bilan unlini ancha baland yoki ancha sokin ovoz bilan talaffuz qilishda tarbiyalanadi. Ovoz jarangdorligining chо'ziqligi nafas chiqarishning davomiyligiga bog'liq. Ovozning о'tkirligini tarbiyalash uchun melodeklamatsiya foydalidir: musiqa mos tushuvchi savolli, undovli, majburlaydigan va boshqa intonatsiyali she'rlarni (kattalar uchun esa prozali matnlarni ham)о'qish.
Diksiya ustida ishlash nafas, ovozli va artikulyatsiya mashrqlari yordamida olib boriladi. Shug'ullanuvchilar avval ritmik musiqa yoki pedagog hisobi ostida unli nitilsiz artikulyatsiya qatorda 2, 3, 4 ta unlini alohida va bir qatorda ifodalaydilar, keyin shivirlab va qattiq talaffuz etadilar. Keyin nafas chiqarishda bо'g'inlar ["p"], ["t"], ["k"], ["f"], ["sh"] ("pa-po-pu-pi" "paf-pof-puf-pifvah.k.) tovushi bilan shivirlab va baland talaffuz qilinadi, tо'rt qatorli she'rlar, maqollar, matallar nutqning zarbi va tempi almashgan holda talaffuz etiladi.
Nafas, ovoz va artikulyatsiyani tarbiyalash bо'yicha mashg'ulotlarda ekspressiv bо'yalgan, insonning hissiyotlari, ixtiyoriy ta'sirchanligini - shodlik, og'riq, g'azab, qо'rquvni ifodalovchi undov sо'zni talaffuz qilish va kuylash qо'shiladi "A! O! Ax! Ox! Ux! Oy! Ay-ay-ay!" vah.k. Keyin undov sо'z: unda musiqiy bо'yoq turlicha: musiqaga muvofiq minor yoki major bо'ladigan qilib tanlangan she'rga qо'shiladi.

Download 108,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish