Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat a’zolari tuzilishida kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni rivojlantirish ishlari bilan parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi (tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya gimnastikasining maqsadi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etish uchun zarur bо‘lgan artikulyatsiya a’zolarini tо‘liq, aniq keltirish va oddiy sharakatlarni murakkab xarakatlarga-turli xil fonemalarning artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir.
Hamma artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bо‘lish mumkin: statik va dinamik. Statik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga keltiriladi, lekin xarakat bо‘lmaydi. Dinamik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga va shu bilan birga xarakatga keltiriladi.
«Belkurakcha». Til keng holda chiqarilib, bо‘shashtiriladi va pastki lab ustiga qо‘yiladi. Bunda til titramasligi kerak. Til shu holda 10-15 daqiqa ushlab turiladi
«Kosacha». Og‘iz keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga kо‘tariladi. Til yuqori tishlar tomon olib boriladi, lekin ularga tekkizilmaydi. Shu holda til 10-15 daqiqa ushlab turiladi
«Ninacha». Og‘iz ochiladi. Til oldinga tomon ingichka qilib chiqariladi. Shu holatda 15 daqiqa ushlab turiladi
«Tepacha». Og‘iz yarim ochiladi. Tilning orqa yonlari yuqori jag‘ tishlar bilan qisiladi. Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Bu holat 15 daqiqa ushlab turiladi
«Naycha». Til keng holda chiqariladi. Tilning ikki yon tomoni yuqori tomon buklanadi. Hosil qilingan naychadan puflanadi.
Mashq sekin sur’atda 10-15 marta bajariladi
Aytib о‘tilgan mashqlarning har biri aniq, sekin 8-10 marta bajariladi.
Dinamik tayyorgarlik mashqlar
«Soatcha». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi. Sо‘ng shu holda til og‘izning о‘ng burchagidan chap burchagi tomonga qarab xaraaktga keltiriladi. Mashq 15-20 marta bajariladi
«Ot». Til tanglay tomon sо‘rilib, sо‘ng qо‘yib yuboriladi. Shunda til taqillagan ovoz chiqaradi. Tilni taqillatish sekin va kuchli bо‘lishi kerak. Bu mashq 10-15 marta bajariladi
«Qо‘ziqorin». Og‘iz ochiladi. Til tanglay tomon sо‘riladi, shunda til tanglayga qattiq jipslashadi. Bu holda til ushlab turiladi, shu vaqtning о‘zida pastki jag‘ pastga tomon tushiriladi. Bu mashq 10-15 marta bajariladi. Bu mashqning «Ot» mashqidan farqi shuki, til tanglayga jipslashgach, qо‘yib yuborilmaydi.
«Arg‘imchoq». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi, sо‘ng navbatma-navbat goh burun, goh iyak tomon olib boriladi. bU vaqtda og‘iz bekitilmaydi. Mashq logoped sanog‘i ostida 10-15 marta bajariladi
«Mazali murabbo». Til keng holda chiqariladi, sо‘ng yuqori lablar yalanadi va til og‘iz ichiga olinadi. Bu mashq 10-15 marta qaytariladi
«Bо‘yoqchi». Til chiqariladi, og‘iz yarim ochiq holda bо‘ladi. Til bilan avval yuqori lab, sо‘ng pastki lab aylana bо‘ylab yalanadi. Bu mashq yо‘nalishni о‘zgartirgan holda 10 marta bajariladi
«G‘altak». Til uchi oldingi pastki tishlar orqasiga tiraladi. Tilning orqa yon tomoni yuqoridagi jag‘ tishlar bilan qisiladi. Keng til oldinga chiqariladi, sо‘ng yana og‘iz ichiga olinadi. Bu mashq 15 marta bajariladi
Har bir tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzga qо‘yishda logoped aytib о‘tilgan mashqlardan faqat zarur deb hisoblanganlarini tanlab oladi. Tanlab olingan mashqlar quyilishi lozim bо‘lgan tovush artikulyatsiyasiga mos kelmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |