8 mavzu: Erta yoshda davrda bolalarni logopedik tekshirish texnologiyasi
Reja:
1. Bir yoshgacha bolalarni logopedik tekshirish ishlari
2.Maktabagacha yoshdagi bolalarni logopedik tekshirish ishlari
Sо‘nggi yillarda bolalar logopediyasida bolalarning erta yosh davrni о‘rganish muhim vazifa bо‘lib hisoblanadi. Zamonaviy logopediyada nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalarni erta aniqlash va bartaraf etish ishlari bolaning ilk kunlaridan boshlab, amalga oshirish lozim bо‘lib kelmoqda. Bolada qancha erta nutq kimchiliklarni aniqlansa, olib borilayotgan ishlar samarasi ham yuqori bо‘ladi. Logopedik ishlarni tashkil qilishda logoped ota onalar bilan hamkorlikda olib boriladi. Logopedik tekshirishda bolaning uyda yoki mehribonlik uyida tarbiya olganligi ham inobtga olinib, turli xil metodlardan foydalangan holda, shuningdek bolaning anamnez ma’lumotlari olinadi. Hamda tabiiy sharoitda bolalar kuzatiladi, erta tekshirish ishlarini olib borishda xomiladorlikni tо‘liq davrida rivojlangan 3 yoshgacha bо‘lgan bolalar olinadi.
Birinchi etap (yangi tug‘ilgan chaqaloq).
Logopedik tekshirish.
Anamnez ma’lumotlarni yig‘ishda logoped quyidgi ma’umotlarga tayanadi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqing birinchi qichqirishi holatlari(baland, bо‘g‘ilgan, zaif ,past, dumbasiga urgandan sо‘ng yig‘lagan, baqirmagan, yig‘lmagan)
Fiziologik nafas funksiyasi(chaqaloq о‘zi mustaqil nafas olgan, nafas olish uchun maxsus apparatga ulangan)
Neonatal jarayonida intensiv terapiya (antibiotiklar, qon quyish, kapelnitsaga ulanish)
Neonatal jarayonda xirurgik amaliyot( tug‘ilish jarayonidagi nuqsonlar tufayli nafas organlari, qon aylanishi, ovoz tuzilishidagi kamchiliklar)
Bolani kо‘krakdan birinchi bo emganligi
Sun’iy ovqatlanishning sabablari
Ovkatlanishning davomiyligi
Emgan vaqtida kо‘krakni emish jarayoni, ovqatlanish vaqtida tо‘g‘ri yutinish holati
Ikkinchi etap (1-3 oylikda)
Logopedik tekshiruv
Ushbu etapda logoped ota onalar bilan savol javob asosida bola haqidagi ma’lumotarni hamda bolani tabiiy sharoitda kuzatish orqali ma’lumot yig‘adi. Tabiiy sharoitda tekshirish orqali quyidagilarga e’tibor beriladi:
Och qolganda bolaning holati, chо‘milganda sovuq qotishi yoki isib ketishi.
Turli tamga ega bо‘lgan narsalarni iste’mol qilishda mimikaning qay holatda о‘zgarishi.
Eshitish va kо‘rish vaqtida diqqat bilan tinglashning il kunlari.
Turli asabga ta’sir etuvchi shovqinlarga munosabati.
Onaning bolaga murrojaat etganda bolaning javob reaksiyasi.
Yaxshi, qulay sharoitda bolaning ijobiy emotsiyalarni namoyon qilish.
Bundan tashqari alohida e’tiborga olinadi:
Bolaning birinchi gu-gulash davri
Tabiiy gu- gulash
Kattalar intonatsiyasiga birinchi reaksiyasi
Uchinchi etap (3- 6 oylikda)
Logopedik tekshiruv
Chaqaloqning ovoz reaksiyalariga munosabati, ayniqsa kattalar unga diqqat bilan qaraganda va gapirganda.
Ovozda intonatsiyalarga e’tibor berishi, ya’ni melodik ovozlar.
Artikulyatsion jahitdan tovushlarni talaffuz qilishga о‘tish vaqtida bolaning holati.
Yaqin insonlar bilan muloqatga kirishganda bolaning holati.
Birinchi qо‘shimcha ovqatlanish vaqtida boladagi о‘zgarishlar.
Tо‘rtinchi etap (6- 9 oylikda)
Logopedik tekshiruv
Bolaning gu-gulash davridan keyingi birinchi sо‘zlarning xususiyatlari (lepit)
Bolaga qaratilgan nutqning tushunish xususiyatlari.
Muloqat shakllarning rivojlanishi
Chaynash va yutinish jarayonining rivojlanishi
Bolaning ona bilan munosabati
Beshinchi etap (9- 12 oylikda)
Logopedik tekshiruv
Katta inson bola bilan muloqat qilganda bolaning xarakter о‘zgarishlari.
Tо‘g‘ri nutqiy muloqatning tushunish.
Yangi sо‘zlarni qо‘shib gapirishning (lepit) yakunlash bosqichi.
Nutqiy muloqat jarayonida yangi sо‘zlarning paydo bо‘lishi.
Chayna va yutinish jarayonining rivojlanganligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni logopedik tekshirishda u bilan yaxshi munosabatda bо‘lish, tekshirish vaqtida bolani kayfiyatini kо‘tarib, uni maqtab yaxshi sо‘zlarni aytish kerak. Logopedik tekshirishning asosiy metodi: hujjatlarni о‘rganish, bola bilan suhbatlashish, uning ota - onasi bilan suhbat о‘tkazish, bolani kuzatish va test о‘tkazishdan iborat.
Tajriba о‘tkazishdan avval bolaning anamnezi va boshqa hujjatlar: bolaning daftarlari, chizgan rasmlari, psixologik xarakteristikasi va boshqalar; tibbiy tekshirishlar: eshitish, kо‘ruv apparati, tayanch harakat apparati, bolaning nutqiy holatini yaxshi bilgan psixolog tо‘g‘ri tekshirish ishlarini olib boradi.
Ota - onalar bilan suhbat davomida logoped bir qancha ma’lumotlarga ega bо‘ladi. Ota ona bolasi bilan har kuni muloqatda bо‘lganligi uchun , farzandini yaxshi bilishadi, shu bois birga suhbat davomida logoped ularning bolaga bо‘lgan munosabatini bilib oladi.
Logoped bola bilan alohida suhbatlashayotganda savollarni uning yoshiga moslab, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda berishi kerak.
Kuzatish bolani tekshirish davomida olib boriladi. Blani rivojlanishini chuqurroq о‘rganish uchun eksperiment tekshiruv metodini oli borish zarur. Eksperimenta bola haqida tо‘li ma’lumot olish mumkin.
Eksperimental tekshirishlarni olib borishda quyida tamoyillarga tayanish lozim;
Psixologik ta’limni modellashtirish, bola buni hayoti davomida amalga oshiriladi(о‘qish, о‘yin).
Bolaga beriladigan vazifa uning yoshiga va bilimiga tayangan holda bо‘lishi kerak.
Tahlili samarali bо‘lishi uchun bolaning barcha ruhiy holatini, uni bajarish va davomiylik sur’ati.
Eksperimentni о‘tkazishda bitta yо‘nalishdan emas, balki bir necha bir biriga yaqin bо‘lgan usullarni tanlash kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tekshirishda psixologik holat ham inobatga olinadi bunda:
Diqqatni tekshirish
Xotirani tekshirish
Nutqni tekshirish
Idrokni tekshirish
Tafakkurni tekshirish
О‘z о‘zini baholashni tekshirish
Oilada ichki munosabatlarni tekshirish
Tengdoshlari bilan munosabatlarini tekshirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishda bir necha metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq bular:
Matryoshkani yig‘ish va ajratish
Piramidani taxlash va ajratish
Segen taxtasi
Pochta qutisi
Kesma rasmlar
Qatoriga qо‘yish
Namunaga qarab qurish
Klassifikatsiya
Koos kubiklari
Ushub metodikalar bolaning yoshiga qarab о‘tkaziladi va tahlil etiladi.
1.D.A.Nurkeldiyeva, Y.YE.Chicherina “Ilk, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va logopedik tekshirish”. Toshkent 2007 y, 46 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |