Logopedik texnologiya fаnidan o‘quv-uslubiy majmua


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,58 Mb.
bet15/70
Sana18.02.2022
Hajmi5,58 Mb.
#455153
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
Texnologiya (3)

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1. Борозинец Н.М., Шеховцова Т.С. «Логопедические технологии»: Учебно-методическое пособие – Ставрополь, 2008. – 40 с.

  • Qо‘shimcha adabiyotlar

1. M.Y.Ayupova “Logopediya” . Toshkent 2007 yil, 480 b.

  1. Mavzu.Yozma nutq holatini tekshirish

Reja:
1.Yozma nutqning nazariy asoslari
2.Yozma nutqni о‘zlashtirishda ta’sir etuvchi omillar.
3.Yozma nutq kamchiliklarining turlari.
4. Yozma nutqni tekshirish ishlari.



  1. Nutq - kishilararo aloqa quroli, milliy boylik hamda tarbiya, maorif va ijodiyot uchun qudratli vositadir.

Fikrini savodli bayon etish, og‘zaki va yozma nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanish hozirda nafaqat ona tili, balki umumiy о‘rta ta’lim maktablari shuningdek maxsus (korreksion) maktablardagi umumta’lim jarayonining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda о‘quvchilardagi orfografik savodxonlikning keskin pasayib ketgani kuzatilmoqda. Yozma nutqi turg‘un buzilgan о‘quvchilar umumiy о‘rta ta’lim va maxsus korreksion maktablardagi muayyan fanlar bо‘yicha qoloq о‘quvchilarning kattagina qismini tashkil qiladi.
Ona tilidan о‘zlashtirishning pastligi esa bola shaxsining emotsional, kognitiv va xulq-atvor jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Korreksion pedagogikada va logopediyada bolalarning yozma nutqidagi buzilishlarni aniqlash, ularning oldini olish va korreksiya qilish muammosi о‘z dolzarbligini hamon saqlab kelmoqda.
Differensial yondashuv asosida maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik yordamning yо‘qligi orfografik xatolarning kо‘payishiga va mustahkamlanishiga olib keladi.
Hozirgi sharoitda til kо‘nikmalarini shakllantirishning yangi, yanada samaraliroq texnologiyasiga zaruriyat sezilmoqda. Nutqiy kamchiligi bо‘lgan
о‘quvchilarning yozma nutqidagi orfografik xatolarning oldini olish va
ularni bartaraf etishning eng faol yо‘llarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq etish zamonaviy logopediyaning nazariy va amaliy jihatdan muhim masaladir.
Sifatli ta’lim berish va о‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yо‘naltirilgan ta’lim tizimini yangilashga qо‘yiladigan talablar hamda maxsus ta’limga ehtiyoj sezgan bolalarni о‘qitish va ularga korreksion yordam berishda differensiallashgan yondashuvni amalga oshirish usullarini belgilaydi.
О‘zbekistonda ona tili metodikasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan M.Asqarova, K.Qosimova [11], Q.Abdullayeva [7], O.Roziqov, A.G‘ulomov, R.Ikromova [51], S.Fuzailov[144], X.G‘ulomova, SH.Yо‘ldosheva, D.Shodmonqulovalarning [165], darsliklari va ilmiy-metodik ishlari umumiy о‘rta ta’lim maktablarida ona tilini о‘qitishda, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishda ilmiy - metodik asos bо‘lib xizmat qiladi.
Nutq kamchiliklarida tilning lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishining о‘ziga xosligi V.K.Vorobyova, V.K.Orfinskaya, A.V.Yastrebova, N.A.Nikashina, G.V.Chirkina, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov, L.R.Mо‘minova, M.Y.Ayupova va X.M.Pо‘latovalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida keng yoritilgan [29, 107, 163, 103, 152, 129, 58, 98, 117]. Mazkur ishlarda nutqning talaffuz tomoni, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi, mantiqiy va tovush tomonlarini о‘zlashtirish yuzasidan kо‘rsatmalar, tavsiyalar berilgan. Bolalardagi nutq kamchiliklarini va ularni bartaraf etish yо‘llarini о‘rganish masalasining dolzarbligi shundaki, korreksiya qilinmay qolgan nutqiy kamchiliklar bolalarning rivojlanishiga, о‘zaro munosabatlariga va ularning aqliy taraqqiyotiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Rus, ukrain, gruzin, qirg‘iz, qozoq, eston, litva olimlari tomonidan о‘quvchilarda yozma nutq kamchiliklari va ularning sababi aniqlanib, korreksion-logopedik ishlar tizimi ishlab chiqilgan. О‘zbekistonda boshlang‘ich о‘quvchilarda yozuv kamchiliklarini о‘rganish bо‘yicha p.f.n. dots Z.M.Axmedova tomonidan «Umumta’lim maktablari о‘quvchilarida disgrafiyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi (2-4 sinflar misolida)» mavzusida ilmiy ish olib borilgan.
Nutqida kamchiligi bо‘lgan bolalarning ona tilidan ta’lim standartini о‘zlashtirish yо‘lida turgan jiddiy tо‘siqlar quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

  • о‘qish va yozish malakalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;

  • bilimlarni muvaffaqiyatli egallashga bо‘lgan asoslarning zaifligi;

  • bolada individual psixik (ruhiy) chekinishlarning mavjudligi;

  • zaiflashgan somatik sog‘liq.

Fan bо‘yicha muntazam orqada qolish bilan bog‘liq bolaning ruhiy kechinmalari, navbatdagi nazorat ishi yoki diktant uchun qoniqarsiz baho olishdan qо‘rqish, depressiyalarga, о‘qishning zaiflashishiga olib keladi, о‘quvchida ta’lim jarayonining faol qatnashchisi bо‘lish ishtiyoqini sо‘ndiradi.
Bularning barchasi bir zanjirning halqalari bо‘lib, muayyan rag‘batlantiruvchi asoslar, har bir ta’lim oluvchining individual imkoniyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan ta’lim texnologiyalarining joriy qilinishi ushbu kamchiliklarni bartaraf etishi mumkin.
Savodli о‘quvchi boshqa о‘quv fanlarini ham kengrok, chuqurroq, ildamrok egallaydi, atrofimizdagi olam haqida bilimlari kengayadi, bu esa о‘quvchining ruhiy va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, yozma nutqida kamchiligi bо‘lgan о‘quvchilarning о‘quv malakalarini egallay olmasliklari ularda о‘qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumki, bola nutqni ijtimoiy va biologik omillar asosida egallaydi. Ayni shu omillarning buzilishi yoki yetishmay qolishi nutq buzilishiga olib keladi. U yoki bu darajada nutqi buzilgan bola tevarak-atrofdagi voqealarni sust qabul qiladi.
Rus olimlari nutq kamchiliklari muammosini har tomonlama tadqiq etdilar: psixologik-pedagogik jihatlari R.YE.Levina psixologik-lingvistik jihatlari V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov tibbiy-pedagogik jihatlari S.S.Lyapidevskiy, YE.M.Mastyukova tomonidan о‘rganildi.
Nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bola shaxsining rivojlanish jarayonida lug‘at boyligini rivojlantirish, sо‘zning ma’nosi va mazmunini idrok etish, nutqning leksik tomonining shakllanishi bola bilish jarayonining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Chunki sо‘z nafaqat muomala va shaxslararo munosabat vositasi, balki shaxs, tafakkur rivojlanishning negizidir.
Yozma nutqida kamchiligi bо‘lgan о‘quvchilarga о‘z vaqtida logopedik yordam kо‘rsatilmasa, ularning yozuvidagi xatolar (bо‘g‘inlarni tashlab ketish, sо‘zlarni qо‘shib yozish, eshitilishi jihatidan о‘xshash harflarni almashtirish) yuqori sinflarda ham saqlanib qoladi. Bularning barchasi kamchilikni barvaqt aniqlash va korreksion logopedik ishlarni о‘z vaqtida olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Maktabda ona tilini о‘qitishning muhim muammolaridan biri о‘quvchilarning xatosiz yozish malakasini shakllantirishdan iboratdir. Bu esa yozma nutq shakllanishining moddiy asosini tashkil etadi. Usiz maktabdagi о‘quv jarayoni muvaffaqqiyatli kechishi mumkin emas.
Ba’zi mualliflar yozuvdagi fonetik xatolarning sabablarini analizatorlar faoliyatining buzilishi, bilish faoliyati darajasining pasayishida deb kо‘rsatishadi. Buning natijasida eshitish va kinestetik analizatorlar buziladi. Aynan shu omillar mualliflarning fikriga kо‘ra yozuvning fonetik tizimida tо‘g‘ri yozish asosi bо‘lgan sо‘zni fonematik tahlil qilishga salbiy ta’sir qiladi. Agar bola yozuvda harflarni aralashtirib yuborish bilan birga talaffuzda ularga mos keladigan tovushlarni ham ajrata olmasa (differensiatsiya qilmasa) bu qо‘pol nutq buzilishlariga olib keladi. Chunki eshitish kinestetik analizatorlarning yetishmovchiligi eng avvalo talaffuz holatida aks etadi.
Nutqni о‘zlashtirishda bolaning eshitish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyati ikkiga bо‘lib о‘rganiladi: fiziologik eshitish va fonematik eshitish. Fiziologik eshitish - nutqdan tashqaridagi barcha tovushlarni eshita olish, ma’lum bо‘g‘in va sо‘z ichidan aniqlay olish, bir-biridan ularni sifat belgilariga (unli, undosh, jarangli, jarangsiz) kо‘ra farqlay olishdir. A.R. Luriya nutq tovushlari va fonemalar tilning fonematik tuzilishiga bog‘langanda tashkil topgan bо‘lib, bu nutq tovushlarini bir-biridan farqlash uchun, ularni shu tizimga mos ravishda kodlashtirish, ya’ni fonematik belgilarni xaqqoniy bо‘lmagan variantlardan ajrata olish kerak degan fikrni ilgari surgan.
L.K.Nazarovaning fikricha, fonematik tasavvurlar bolada fonemalarning turli variantlarini kuzatishi natijasida shakllanadi. Bunda har bir nutq tovushining turli xil talaffuz variantlarini yagona tovushga birlashtira olish kо‘nikmasi kо‘zda tutiladi. Muallif bu kо‘nikmalarni sо‘zning tovush tahlilini shakllantirishda asos deb hisoblaydi.
L.K.Nazarova va V.G.Ananyev fonematik tasavvur deganda, nutq jarayonida ifodalangan fonemalarni farqlay olish qobiliyatini tushunadilar [10, 101].
M.Y. Ayupova, L.R. Mо‘minovalar eshituvni perseptiv funksiya deb, faqat nutq tovushlarini idrok etishni nazarda tutadi, qolgan qobiliyatlar tovushlarni farqlash, ularni tovush guruhchalariga birlashtirish, tovush tahlili kо‘nikmasi rivojlangan fonematik eshituv oqibati bо‘lib, maqsadga qaratilgan talim jarayonida shakllanadi degan fikrni ilgari suradilar.
Nutq buzilishlarini о‘rganish bо‘yicha korreksion – logopedik ishlarni tashkil etishda ona tilining о‘ziga xosligini inobatga olish zarur.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilarida nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi va yozma nutqida kamchiliklari bо‘lgan о‘quvchilarni о‘rganish bо‘yicha maxsus adabiyotlar va metodik tavsiyanomalarning yetishmasligi, о‘quvchilar bilan о‘zbek tilining о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda korreksion ishlarni olib borish orqali yozma nutqdagi buzilishlarni bartaraf etishning ilmiy-metodik asoslarini yaratish о‘zbek defektologiyasi oldidagi dolzarb muammolardandir.
Har bir bola alohida rivojlanish xususiyatiga ega. О‘qish va yozuvida kamchiligi bо‘lgan о‘quvchilar umumiy tekshirilganda, ularning kо‘pchiligida nerv sistemasining buzilishi kuzatilgan. Keyingi yillarda asab kasalligi bilan tug‘ilayotgan bolalar soni kо‘payib bormoqda.
Nevrologik simptomlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Qabul qilish qobiliyatining sustligi;

  • Tez-tez bosh og‘rib turishi;

  • Aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda tez charchab qolish;

  • Diqqatning yetarli emasligi;

  • О‘z xatti-harakatini tо‘liq boshqara olmaslik;

  • Xotiraning sustligi.

Shuni inobatga olish lozimki, yuqorida kо‘rsatilgan belgilar rivojlanishning meyoridan chetlashuviga tо‘liq sabab bо‘lmaydi. Bunday belgilar miyaning sust rivojlanishi sifatida ma’lum. Bu belgilar bola ta’lim olishni boshlaganda, uning nerv sistemasiga katta hajmda yuklama tushganda namoyon bо‘ladi.
Yozma nutqni egallash nutq-eshituv, nutq-harakat, umumiy harakat analizatorlari hamda fazoviy qabul qilish, kо‘rish xotirasi kabi psixik funksiyalar bilan bog‘liq. Odatda ushbu funksiyalarning о‘zaro bog‘lanishi 7 yoshga kelib shakllanadi.
Maktab dasturini о‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar sababini bilish, aniqlash, farqlash uchun bolaning maktabga tayyorligi nimalardan iborat ekanligi haqida tushunchaga ega bо‘lish kerak. Tibbiyot va psixolog olimlar quyidagi tayyorgarlik darajalarini kо‘rsatadilar:
1. Bolaning jismonan tayyorligi: vazni, bо‘yi, jismonan baquvvatligi, muskullar tonusi, kо‘rish, eshitish, umumiy harakat, ayniqsa mayda qо‘l motorikasi, ya’ni barmoqlar harakati (qalam – ruchkalarni tо‘g‘ri ushlash uchun) bilan kо‘rishning bog‘liqligi, nerv sistemasi holati, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanishning meyordaligi, diqqatni jamlay olishi, aqliy ish faoliyatining meyorida rivojlanganligi;
1.Intellektual tayyorligi: lug‘at boyligining kengligi, bilish jarayonlarning rivojlanish darajasi (diqqati, xotirasi, kо‘rish-fazoviy qabul qilish, tasavvuri, nutqi), berilgan vazifani mustaqil bajara olishi, bajaradigan ishni rejalashtira olishi, vazifani talab darajasida bajarishi hamda о‘z kamchiliklarini topa bilishi;

  1. Ijtimoiy-shaxsiy tayyorligi: о‘z xatti-harakatini boshqara olishi, о‘z oldiga qо‘ygan maqsad va kattalar talabini bajarishga intilishi, ijtimoiy holatni, nima uchun о‘qish kerakligini tushuna bilishi;

  1. Emotsional-irodaviy tayyorligi: bolaning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadiga erishish uchun о‘zini tayyorlab borishi, maqsadga yetish uchun harakat qilishi, tо‘siqlarni yenga olishi, faoliyat davomida yutuq va kamchiliklarga tо‘g‘ri munosabatda bо‘lishi, kamchilik va mag‘lubiyatlardan tushkunlikka tushmasligi.

Amaliyot shuni kо‘rsatadiki, yuqorida keltirilgan kо‘rsatkichlar meyorida bо‘lgan bolalar maktabga qabul qilinganda qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Maktab hayotiga tez moslashadilar, ma’lum qiyinchiliklarga duch kelganda ham ularni oson hal qiladilar.
3. Logopediya fanida yozma nutq buzilishi «disgrafiya» atamasi bilan belgilanib, yozuv jarayonining qisman buzilishidir. Yozuv jarayonining umuman buzilishi “agrafiya” deyiladi.
M.YE.Xvatsev, R.YE.Levina, R.I.Lalayeva, L.F.Sadovnikova disgrafiyani
5 turga bо‘ladilar:
1.Artikulyator-akustik disgrafiY. Bola tovushlarni qanday talaffuz etsa, shunday yozadi. Artikulyator-akustik disgrafiyaning asosida notо‘g‘ri talaffuz etish yotadi. Disgrafiyaning bu turida harflarni almashtirish, tashlab ketish, talaffuzi jihatidan о‘xshash tovushlarni yozuvda notо‘g‘ri yozish hollari kuzatiladi.
2.Akustik disgrafiY. Bu tovushlarni farqlashning buzilishi asosida kelib chiqadigan disgrafiY. Fonematik, yani talaffuzi jihatidan yaqin tovushlarni yozuvda almashtirish kuzatiladi. Bunday holatlarda og‘zaki nutqda tovushlar tо‘g‘ri talaffuz etiladi. Kо‘p hollarda tovushlarni bildiruvchi harflar almashtiriladi: sirg‘aluvchi va shovqinli, jarangli va jarangsiz, affrikat tovushlar va ular tarkibiga kiradigan komponentlar (ch-t, ch-sh, sh-c). Tо‘g‘ri yozish uchun fonemalarni о‘zlashtirish va farqlash bо‘yicha barcha operatsiyalar (eshitish, idrok etish, tahlil qilish va umumlashtirish) yetarlicha shakllangan bо‘lishi zarur. Ma’lum bir analizatorlarning (eshitish, kinestetik tahlil, mayda qо‘l motorikasi) buzilishi yozuvda harflarni ajrata olmaslikka olib keladi.
3.Analiz va sintezning (tahlil umumlashtirishning) turli shakldagi buzilishi natijasida kelib chiqqan disgrafiY. Disgrafiyaning bu turida analiz va sintezning turli xil buzilishlari yotadi: yani gaplarni sо‘zlarga bо‘lish, bо‘g‘in va tovushlarni tahlil qilishdagi kamchiliklar kuzatiladi. Til tahlili murakkab shakli fonematik tahlil hisoblanadi. Disgrafiyaning bu turida sо‘z tarkibining tovush-harf buzilishi kо‘p kuzatiladi. Quyidagi xatolar ushbu disgrafiya uchun xosdir: ketma-ket kelgan undoshlarda bitta undoshni tushirib qoldirish (maktab-matab); unlilarni tushirib qoldirish (uzum-uzm); harflarning о‘rnini almashtirish (olma-omla); bо‘g‘inlarni tashlab ketish (jо‘xori-jо‘ri). Gaplarni sо‘zlarga ajratib yozishda quyidagi xatolar kuzatiladi: sо‘zlarni qо‘shib yozish (kuz keldi-kuzkeldi); sо‘zda о‘zak va qо‘shimchalarni alohida yozish ( yoshlar-yosh-lar).
4.Agrammatik disgrafiY. Agrammatik disgrafiya nutqning grammatik qurilishidagi buzilishlarni bildiradi. Bunda morfologik, sintaktik umumlashtirishlarda yozma nutq buzilishlari kuzatiladi va ular agrammatizmlar deb ataladi. Bu turdagi disgrafiyada xatolar sо‘z darajasida, gaplarda, lug‘at va grammatik buzilishlarda kuzatiladi. Ushbu disgrafiya dizartriya, alaliya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan о‘quvchilarda uchraydi. О‘quvchilarning bog‘langan yozma nutqida matn mazmunidagi ketma-ketlik bilan yozuvdagi ketma-ketlik buzilgan bо‘ladi. Yozuvda agrammatizmlar quyidagi holatlarda kuzatiladi: kelishik qо‘shimchalarini о‘zgartirish (mening kitobim – “meni kitobim”), sо‘zda qо‘shimchalarni notо‘g‘ri ishlatish (stol ustida turibdi – “stol ustiga turibdi”), kо‘plik qо‘shimchalarini notо‘g‘ri ishlatish (bolalar – “biz bola”), gapda sо‘zlarning ketma-ketligining buzilishi (bolalar bog‘da sayr qildilar – “bolalar sayr bog‘da qildilar”).
5.Optik disgrafiya kо‘rish gnozisi, analiz va sintezining rivojlanmaganligi, fazoviy tasavvurlarning yetishmasligi hamda yozuvda harflarni buzib va almashtirib yozishda namoyon bо‘ladi. Kо‘p hollarda yozma harfdagi grafik jihatidan о‘xshash harflar almashtiriladi (b-d, g-g’, m-n, sh-ch) harflarni oynali yozish. (c-o y-v), harflarni qо‘shib yozishda elementlarni tashlab ketish (ay-aj; mi-ni), qо‘shimcha elementlarni yozish. Optik disgrafiyada oynali yozish ham kuzatiladi. Oynali yozish chapaqaylarda, shuningdek, miyaning organik buzilishlari paytida kuzatiladi.
Nutq kamchiligi tuzilmasida yozuvida kamchiliklari bо‘lgan о‘quvchilarning aqliy xatti-harakatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini amalda qо‘llash yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Tilga oid bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini tashqi predmetli xatti-harakatlarni ichki, aqliy, psixik xatti-harakatlarga bosqichma-bosqich aylantirish jarayoni sifatida boshqarish lozim, xatti-harakatlar esa har qanday faoliyatning asosiy elementlaridir.
2. Ta’lim olayotgan shaxsning tashqi xatti-harakatlari uning о‘qish faoliyatining elementlari sifatida shunday tashkil etilishi kerakki, о‘quvchi uchun о‘z-о‘zini nazorat qilishda ham, о‘qituvchi (logoped) uchun jarayonni nazorat qilish va boshqarishda (monitoring tashkil etishda) ham ularni qadamba-qadam, bosqichma-bosqich kuzatib borish imkonini bersin.
3. Korreksion ta’lim jarayonida til sohasidagi bilimlar о‘quvchi tomonidan uning о‘z faoliyati tufayli о‘zlashtiriladi. Bunda sо‘z borayotgan faoliyat pedagog tomonidan shunday tashkil etilishi va boshqarilishi kerakki, о‘quvchi о‘ziga barcha xatti-harakatlarni tо‘g‘ri amalga oshirish va bir paytning о‘zida о‘zining har bir xatti-harakatini yо‘l-yо‘riq kо‘rsatadigan dastur bilan solishtirgan holda nazorat qilishga imkon beradigan aniq tushunchaga ega bо‘lsin. Har qanday ta’limning, shu jumladan, korreksion ta’limning maqsadi muayyan faoliyatni о‘rganish bо‘lmog‘i lozim. Bilimlar esa mana shu maqsadga erishish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Bizning misolimizda bu maqsad orfografik jihatdan savodli yozish malakasini egallashdan iborat bо‘lib, tegishli qoidalarni bilish esa bu maqsadga erishish vositasidir.
, yozuv bir qator maxsus operatsiyalarni о‘z ichiga oladi.
1. Yozilishi lozim bо‘lgan sо‘zning tovush tuzilishini tahlil qilish. Bunda dastlabki shart – tovushlar ketma-ketligini aniqlash, ikkinchisi – tovushlarni aniqlashtirish, ya’ni eshitilayotgan tovush variantlarini aniq umumlashtirilgan nutq tovushlari – fonemalarga aylantirish. Ushbu akustik tahlil va umumlashtirish operatsiyalari artikulyatsiya yordamida kechadi.
2.Fonemalar–eshitilayotgan tovushlarni grafemalar–yozuv belgilariga о‘tkazish. Bunda grafemalar elementlarining fazoviy joylashuvi hisobga olinadi.
3. Kо‘rish sxemalarini yozish uchun zarur bо‘lgan izchil xatti-harakatlar kinetik tizimiga “qayta shifrlash”.
Yuqorida sanab о‘tilgan operatsiyalar orfografiyaning fonetik tamoyilining amalga oshirilishiga taalluqlidir.
Ma’lumki, orfografik qoidalarda sо‘zlarning fonetik, grammatik va leksik belgilari umumlashtiriladi. Orfogramma hususiyatini hisobga olgan holda orfografik malakalar quyidagicha tasniflanadi:
a) sо‘z hosil qilish asosida shakllanadigan malakalar (sо‘z о‘zaklari, qо‘shimchalar);
b) morfologik-sintaktik asosda shakllanadigan malakalar (qо‘shimchalar imlosi).
Har ikki holda ham tо‘g‘ri yozishni о‘zlashtirishda fonetik, leksik va grammatik bilimlar, kо‘nikmalar о‘rtasida yaqin aloqa bо‘lishi zarur. Shuni ham ta’kidlash lozimki, bu borada bilimlarning о‘zi yetarli emas, balki muayyan til masalasini hal qilishda bir sohadagi bilimlarning kerakli miqdorini boshqa sohadagi tasavvurlar bilan bog‘lay olish qobiliyati ham muhimdir.
Shunday qilib, orfografik kо‘nikma (malaka) kо‘plab mashqlar jarayonida shakllanadigan hamda oddiy kо‘nikmalarga asoslangan murakkab nutqiy malaka sifatida ishlab chiqilishi lozim. Oddiy kо‘nikmalar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
- harflarni fikrni jamlamay, avtomatik tarzda yozish;
- sо‘zni fonetik jihatdan tahlil qila olish (maqsadga yо‘naltirilgan tovush-harf va bо‘g‘in tahlili);
- sо‘zning morfem tarkibini aniqlab, undan orfogrammani (ya’ni tekshirishni yoki lug‘atga murojaat qilishni) ajratib ola bilish;
- orfogrammaga tegishli qoidani topa bilish.
Orfografik qoidalarni qо‘llashda о‘quvchi amalga oshiradigan aqliy faoliyatning ketma-ketligi nuqtai nazaridan orfogrammaning barcha belgilari uchta guruhga bо‘linadi:
a) aniqlash belgilari. Unga kо‘ra о‘quvchi kerakli orfogrammani ajratib oladi;
b) saylanma belgilar. Ularni aniqlab olgach, о‘quvchi ushbu holatga qanday orfografik qoida tо‘g‘ri kelishini aniqlaydi;
v) yakuniy belgilar. Ularning yordamida о‘quvchi tegishli orfografik qoidani berilgan sо‘zga tatbiq etadi.
о‘quvchilarning ona tili ta’limi sohasi bо‘yicha tayyorlik darajasiga qо‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi:
a) о‘qish texnikasi;
b) о‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash;
v) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
4.Ma’lumki, yozma nutqida kamchiliklari bо‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishning muvaffaqiyati bola yozuvi va boshqa funksiyalari qanchalik tо‘liq tekshirib chiqilganiga, tekshirish paytida olingan ma’lumotlar qanchalik malakali sharhlanganiga bog‘liq.
Og‘zaki - nutqiy tayyorlik о‘quvchilarning tovush talaffuzlari, lug‘ati va nutqining grammatik tuzilishi, shuningdek, о‘qish va yozish jarayonlarini tekshirish bayonnomalaridan iborat nutq kartalar bо‘yicha о‘rganildi. О‘quvchilarning logopedik tekshiruvi A.V.Yastrebova, O.V.Gribova, L.R.Mо‘minovalarning umumiy о‘rta ta’lim va maxsus maktablarda keng qо‘llanadigan metodikalari asosida olib borildi. Nutq kartalarida esa har bir bola nutqiga oid xulosalar о‘z aksini topdi.
Orfografiyani va umuman yozuvni о‘zlashtirishda duch kelinadigan qiyinchiliklarning sababi xotira va diqqat kо‘rsatkichlarining pastligidadir.
Optik-fazoviy gnozis va praksisni tekshirishda Xed sinovlari va fazoviy tasavvurlarning rivojlanish darajasini aniqlashga qaratilgan vazifalardan foydalanildi.
Bunda quyidagi kо‘rsatmalar beriladi:
О‘ng qо‘lingni kо‘tar.
Chap qо‘ling bilan о‘ng qulog‘ingni ushla.
О‘ng qо‘ling bilan chap kо‘zingni berkit.
О‘ng qо‘lingni chap oyog‘ingga tekkiz.
Chap oyog‘ingni oldinga chiqar.
О‘ng oyog‘ingni orqaga sur.
Chap tomoningda turgan narsalarning nomini ayt.
Ayt-chi, о‘ng tomoningda nimalar turibdi? Stol oldida-chi?
Mening о‘ng qо‘limni kо‘rsat-chi.
Mening chap qо‘lim qani?
Ballar hisoblanadi.
Fazoviy gnozis va praksisning rivojlanish darajasini baholash uchun yо‘l qо‘yilgan xatolar miqdorini sanab chiqish va sinovlarning bajarilish sifatini hisobga olish lozim.
Faoliyat turi bо‘lgan savodli yozuv funksional bazisining yana bir tarkibiy qismi bu eshitish-motorika koordinatsiyasidir (tovush motorikalarini qaytadan tiklash qobiliyati). Motorikaik ketma-ketlikni qaytadan tiklay olmaslik yoki notо‘g‘ri tiklash orfografik yozuvdagi buzilishlarga moyillikning belgisi hisoblanadi. Bu kо‘proq unli tovushlarni tо‘g‘ri yozishda namoyon bо‘ladi.
Eshitish-motor koordinatsiyalari darajasini aniqlashda Ozeretskiy metodikasini qо‘llash maqsadga muvofiqdir (biz о‘z tadqiqotimizda aynan shunday yо‘l tutdik).
О‘quvchiga beriladigan vazifalar:
1) berilgan motorikaik namunani qaytarish;
2) ketma-ket eshittirilgan 2 ta zarblarni qiyoslash.
Agar bola birinchi vazifani eplay olmasa-yu, ikkinchisini tо‘g‘ri bajarsa, bu hol uning eshitish qobiliyati saqlangan holda motorikani qayta tiklash jarayonining о‘zi buzilganidan darak beradi (premotor buzilish turi).
Agar bola ikkala vazifani ham bajara olmagan bо‘lsa, bu holda unda, chakka buzilish turi, ya’ni motorikalarni eshitib farqlamaslik kuzatiladi.
О‘quvchilarning orfografik yozuvni о‘zlashtirishda operatsional tayyorligi ikki omilga kо‘ra о‘rganildi: “fonetik yozuv” va “morfologik yozuv”. Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, shakllangan fonetik yozuv orfografik kо‘nikmalarni egallashda asosiy shart-sharoit yaratib beruvchi vosita hisoblanadi. Orfografik qoidalarni bilishga emas, balki sо‘zlar qanday jaranglasa, ularni yozuvda xuddi shunday ifodalanishiga asoslangan fonetik tamoyilni о‘zlashtirish uchun ham bir qator shart-sharoitlarning bо‘lishi talab qilinadi. Ularning asosiysi sо‘zlarning tovush-harf tahlilini olib borishning mustahkamlangan malakasiga ega bо‘lishdir. Bu malakaning yо‘qligi yoki yetarli darajada shakllanmaganligi disgrafik xatolarning kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Buni A.R.Luriya va M.YE.Xvatsev ham kо‘rsatib о‘tgan edilar. Sо‘zlarni ona tili orfografiyasining fonetik tamoyillariga muvofiq yozish sifati о‘quvchilarning fonetik-fonematik kо‘nikmalari darajasi bilan belgilanadi. Garchi yuqorida aytib о‘tilgan holatlar rus tili grammatikasiga asoslangan bо‘lsa-da, biroq tajriba shuni kо‘rsatdiki, ushbu disgrafik xatolar о‘zbek tili orfografiyasiga ham xos bо‘lib, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning orfografik kо‘nikmalarni о‘zlashtirish jarayonida kо‘p kuzatiladi.
“Fonetik yozuvomili bо‘yicha operatsional tayyorlikni aniqlash yuzasidan о‘tkazilgan tekshiruv diktanti о‘quvchilarga dasturda kо‘zda tutilgan talablarga muvofiq yozdirildi.
Tekshiruv diktanti:
Maqsad: orfografiyaning fonetik tamoyiliga mos holda о‘quvchilarning sо‘zlarni eshitib yozish malakalarini aniqlash.
Diktant avvaldan tayyorgarliksiz, aniq artikulyatsiya mashqlarisiz, yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan ehtimoliy murakkabliklar tahlil qilinmay turib о‘tkazildi. Har bir о‘quvchi diktant matnini tо‘liq hajmda yozib olish imkoniga ega bо‘lishi uchun matn sal sekinroq sur’atlarda о‘qildi. Bilimlar darslarda о‘tilgan va ishlangan materiallarga nisbatangina tekshirildi.
har bir о‘quvchining umumiy tayyorlik darajasi quyidagi kо‘rsatkichlar bо‘yicha olinandi:
1) Kо‘rish funksiyasining holati.
2) Jismoniy eshitish holati.
3)Umumiy motorika holati.
4) Tovush talaffuzi holati.
5) Fonematik tasavvurlar holati.
6) Og‘zaki nutqning leksik-grammatik tuzilish holati.
7) Mexanik operativ xotiraning rivojlanish darajasi.
8) Sо‘zli-mantiqiy xotiraning rivojlanish darajasi.
9) Kо‘rish diqqatining hajmi.
10) Kо‘rish diqqatining jamlanishi.
11) Optik-fazoviy tasavvurlarning rivojlanish darajasi.
12) Eshitish-motor koordinatsiyalarning rivojlanish darajasi.
13) Fonetik-grafik bilimdonlik.
14)Morfem bilimdonlik.
15) Leksik-morfologik bilimdonlik.
16) Fonetik yozuv (tekshiruv diktanti).
Bu borada diktantlarda aniqlangan quyidagi xatolar eng kо‘p tarqalgandir.
1. Sо‘z о‘zagida qisqa unlilarning orttirilishi (ilim, aqil).
2. Sо‘z oxirida jarangsizlanadigan undoshlarning notо‘g‘ri yozilishi (qilip, borip, chaqirip).
3. Urg‘usiz qisqa unlilarning tushib qolishi (bl, gapr, choptrip).
4. Bо‘g‘in kо‘chirishdagi xatolar (о‘-rmon, ha-yvon, bal-and).
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining orfografik kо‘nikmalarni о‘zlashtirishda “morfologik yozuv” omili bо‘yicha operatsional tayyorligini о‘rganishda tilga oid materialni amalda qо‘llashga oid bilimlar va malakalarni tasniflash, umumlashtirish, ona tili kursi bо‘yicha nazariy materialni о‘zlashtirish jarayoni operatsional tayyorlik tarkibiga kiradi. Tashxislash kuzatuvchi eksperiment mazmuniga qat’iyan mos holda har bir о‘quvchi uchun individual tarzda olib borildi.
Boshlang‘ich sinfda turg‘un disgrafiyaga ega bо‘lmagan о‘quvchilarida fonetik-grafik xatolar kuzatilmaganiga qaramay, orfografik kо‘nikmalar shakllanishida va ulardan amalda foydalanishda qiyinchiliklar kuzatildi.
a) nutq funksiyalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
b) sо‘z zahirasining cheklanganligi va undan amalda foydalana olmaslik;
v) nutqni til jihatdan savodli shakllantirishda bilish faolligining pastligi;
g) til birliklarini (tovushlar, sо‘zlar) о‘zaro taqqoslay olmaslik, ularda tovush va ma’no jihatdan о‘xshash elementlarni topa bilmaslik;
d) grammatik ma’noni differensiallay olmaslik;
ye) grammatikani о‘zlashtirish darajasining pastligi;
j) grammatik (morfologik) umumlashmalar, son, kelishik va sh. k. kategoriyalar bilan ishlash kо‘nikmalarining shakllanmaganligi;
z) jarangsizlashgan jarangli undoshlarni aniqlashda qiyinchiliklar kuzatildi.
О‘quvchilarda disgrafiyaning oldini olish va bartaraf etish bо‘yicha amalga oshiriladigan ishlarining maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Kognitiv-amaliy funksiyalarni shakllantirish. Kognitiv funksiyalar korreksiyasi va ularning muvofiqlashtirilishi (kо‘rish gnozisi, tahlil, optik-fazoviy gnozis va praksis, nutqiy-kо‘rish, nutqni idrok etish va qayta tiklash funksiyalari, kо‘rish va eshitish xotirasini rivojlantirish).
2. Nutqni sensor-perseptiv darajada idrok etishni, eshitib idrok etishni rivojlantirish. Fonematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan ish qachon olib borilishi kerak? Bunday ish bola talaffuzida buzilishlar va tovush almashtirishlar kuzatilganda olib boriladi. Bunday hollarda logopedik ish avvalam bor nutqni idrok etishda sensor-perseptiv darajani rivojlantirishga qaratilgan bо‘lishi lozim.
3. Til tahlili. Kuzatuvchi eksperiment natijalarini hisobga olgan holda gapdagi sо‘zlar tahlili va sintezi, bо‘g‘inlar tahlili va sintezi, fonematik tahlil va sintezini shakllantirish zarurligi haqida xulosa qilish mumkin. Bu ish ham bosqichma-bosqich olib borilishi kerak.
4. Grammatik tuzilishdagi buzilishlarni korreksiyalash. Bu ishning mundarijasini ham nutqida kamchiligi bо‘lgan о‘quvchilar yozma nutqining grammatik tuzilishiga oid tajriba-sinov ishlari davomida olingan ma’lumotlar belgilaydi. Sо‘z о‘zgarishi paradigmatik tizimining rivojlanishi quyidagilarni kо‘zda tutadi: sо‘zning grammatik ma’nosini aniqlash; grammatik ma’noning morfema vositasida shakllantirilishi; eshitish va kinestik obrazlar, sо‘z shakllarining morfologik tarkibini faollashtirish.
5. Lug‘atni rivojlantirish. Korreksion-logopedik ta’sir kо‘rsatish jarayoni bu о‘rinda о‘quvchilarning sо‘z ma’nolarini tushunish qobiliyatini takomillashtirish, sо‘z ma’nolarini aniqlashtirish, sо‘zlarning tо‘g‘ri va kо‘chma ma’nolari tо‘g‘risida turli tasavvurlarni shakllantirish, sо‘zning leksik tuzilishini rivojlantirishga qaratilgan bо‘lishi lozim.
6. Orfografik qoidalarni qо‘llash jarayonida shakllantirilgan psixologik shart-sharoitlar integratsiyasi: u orfografik xatti-harakatlar algomotorikai asosida tuzilishi kо‘zda tutiladi.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida yozma nutq kamchiliklarini tekshirishda ona tili fani talab qilinadigan qonun qoidalar inoabtga olinadi. Tekshirish ishlari bosqichma bosqich olib boriladi. Bolallardagi yozuv kamliklarini tekshirishda bolaning bilish darajalari inobatga olinadi. Agar bola diktant yozishni bilsa u holda logoped diktant yozish orqali yozuv kamchiliklari aniqlanadi. Diktant yozish malakasiga ega bо‘lmasa, unda harf, bо‘g‘in, sо‘z va gaplarni yozdirish orqali tekshirish mumkin bо‘ladi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida quyidagi tekshirish ishlari olib boriladi:

  • Berilgan namuna asosida kо‘chirish. Bunda bolaning qо‘l barmoqlar harakatining nozik tomonlari, harflarning yozish malakasa aniqlanadi.

  • Diktant yozish orqali yozuv malakasini tekshirish. Bunda tovush va harflarni qay darajada bilishni о‘rganish, tovush va hafrlarni bir biriga bog‘liqligi aniqlash, yozuv orqali harfni bо‘g‘inga, bо‘g‘inni sо‘zga, sо‘zni jumlaga bog‘lashni aniqlash.

  • Mustaqil yozuvni tekshirish. Bunda nutq tuzulishi rivojlantirish, matnning umumiy ma’nosini ochib berishdan iborat.

Disleksiya - о‘qish jarayonining qisman buzilishi
Disgrafiya - yozuv jarayonining qisman buzilishi

Savollar
1.Disleksiya turlari?


2.Yozuv jarayonining buzilisha qanday salbiy omillar ta’sir qiladi?
3.Bolaning umumiy rivojlanish holatiga nimalar kiradi?
ADABIYoTLAR

  1. Mо‘minova L., Axmedova Z. Umumta’lim maktablarida faoliyat kо‘rsatayotgan logopedlarning ishi. Instruktiv-metodik yо‘riqnoma. - Toshkent, 2009. – 59 b.

  2. Н.Н.Баль, И.А.Захарченя “Обследование чтения и письма у младших школьников”. Минск 2001г, 38 стр.


  3. Download 5,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish