Gammatsizm –(grekcha gamma g harfining nomi) –G tovushi talaffuzidagi kamchili.
Kappatsizm-(grekcha kappa K harfining nomi) –K tovushi talaffu zidagi kamchilik.
Lambdatizm (grekcha lambda L harfining nomi) L tovushi talaffuzdagi kamchilik.
Progeniya-(grekcha pgogenus- pastiki jag‘)-pastki jag‘ning oldinga chiqishi.
Prognatiya-(grekcha prognathas-.yuqori jag‘) yuqori jag‘ning oldinga chi-qishi.
Rotatsizm (grekcha rhotacismis, Po harfining nomini bildiradi) R tofushi talaffuzidagi kamchilik.
Sigmatizm (grekcha,sigma S harfining nomini bildiradi) Sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchilik.
11. mavzu Turli xil nutq kamchiliklarda nutqiy nafasni shakllantirish texnologiyalari
Reja :
1.Duduqlanish nutq kamchiligida nutqiy nafasni shakllantirish texnologiyalari
2.Rinolaliya nutq kamchiligida nutqiy nafasni shakllantirish texnologiyalari
3.Dizartriya nutq kamchiligida nutqiy nafasni shakllantirish texnologiyalari.
Duduqlanish – bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur’at-ohangining buzulishidir.
Duduqlanish muammosini nutq buzulishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Duduqlanish paytidagi nafas olishning buzilishi uchta shaklga ajraladi: ekspirator (tortishishli nafas chiqarish), inspirator (tortishishli nafas olish, ba’zida xirilllash bilan) va respirator (tortishishli nafas olish va nafas chiqarish, kо‘p hollarda sо‘zlarning bо‘linishi bilan). Ovoz paychalari apparatidagi pay tortishishi quyidagi tarzda xarakterlanadi: birlashgan (tortishib birlashgan, tovush burmalari о‘z vaqtida yozilib ketmaydi – tovush birdaniga о‘ziladi, yohud klonik yoki chо‘ziqli tortishish yuzaga keladi – ma’rash tusida о‘zilish («o-o-olim») yoki turtkiga xos unli tovush («ooo») hosil bо‘ladi); ajralishgan (tovush tirqishi ochiq qoladi – bu holda butunlay sukut saqlash yoki shivirlagan nutq kuzatiladi); vokalga oid, bu bolalarga xosdir (dastlab I.A.Sikorskiy aniqlagan). Bolalar sо‘zda unlilarni chо‘zib talaffuz qiladilar.
Logopedik mashg‘ulotlarning nutq jihati nafas olish, tovush va artikulyatsiya vazifalarini, tо‘g‘ri nutqni tarbiyalashni tartibga solish va muvofiqlashtirishni о‘z ichiga oladi.
Adabiyotda tо‘g‘ri nafas olishni tarbiyalash metodi haqida bir necha qarashlar bor. Ayrimlarning fikricha, nafas olish bо‘yicha didaktik mashqlarni kо‘llangan holda, nafas olish ustidan maxsus ish olib borish tavsiya etiladi. Boshqalar esa nafas olish motorikai erkin va tinch nutq orqali tiklanadi, ya’ni nutqning shoshilinch bо‘lmagan sur’ati tarbiyalanadi va buning natijasida barcha nutq komponentlari, shu bilan bir katorda nafas olish ham normallashadi. Psixologiya maktabi vakillarining fikricha, nutqning, binobarin, nafas olishning tarbiyalanishiga irodani mashq qilish yordam beradi. Agar nafas olish ustida ishlashni nutq nuqsoni tо‘zilishiga bog‘liq holda, yakka tartibda olib borilsa, bunday fikrlarning har birida ma’qul tomonini uchratish mumkin.
Nafas olish nutq jarayonida mashq qilib mustahkamlanadi: talaffuz paytida bir marta nafas chiqarilishi orqali dastlab qisqa gaplar, keyin sо‘zlar sonini sekin-asta kо‘paytira borib gaplar aytiladi. Uzun jumlalarni logik tо‘xtamlar bilan qismlarga bо‘lib talaffuz etish malakasi hosil qilinadi, bunda tinish belgilari ishtirok etadi yoki aksincha. Shundan sо‘ng nasr yoki nazm matnlarini о‘qishga о‘tiladi.
Tovush buzilishlari kо‘pincha nafas olishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq bо‘ladi: duduqlanuvchilarda ayrim paytlari nafas olib sо‘zlashda bо‘g‘iq tovush kuzatiladi; kuchli nafas chiqarish paytida tez, baqiriq tovush; tovush a’zolari paylarining zо‘riqishi natijasida tovushning qattiq xuruji va hokazolar kuzatiladi. Duduqlanuvchilar bilan tovush tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan ishlar artikulyar a’zolar muskullarini, birinchi navbatda pastki jag‘, til muskullarini bо‘shashtirishdan boshlanadi (masalan, tilni n tovushi uchun zarur bо‘lgan holatga quyiladi va nu — no — na tovushsiz talaffuz qilinadi; bunda jag‘ sekin-asta pastga tushiriladi; ne—ni—nu jag‘ sekin kо‘tariladi). Mashq beixtiyor harakatga qadar davom ettiriladi. Keyin tovushning yumshoq boshlanmasi, tovushning unlilar bilan birgalikdagi uzluksiz yengil talaffuzi, sо‘ng sonor tovushlarning unlilar bilan birgalikda bо‘g‘inlarga bо‘lib talaffuz etilishi, gaplarda talaffuz etish mashq qilinadi va hokazo.
'Duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarga quyiladigan asosiy talablar:
1) Logopedik mashg‘ulotlar duduqlanuvchi bolaning nutqi va shaxsiga pedagogik-tuzatish orqali ta’sir etishning asosiy vazifalarini о‘zida aks ettiradi.
2) Logopedik mashg‘ulotlar muayyan tartibda, uzluksiz, bosqichli, asosiy didaktik prinsiplarni hisobga olgan holda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda; bolalarning ongliligi va faolligiga tayangan holda olib boriladi; mashg‘ulotlarda qо‘llanmalar, ta’limning kо‘rgazmali, texnik vositalaridan foydalaniladi; mashg‘ulotlar tarbiyalanayotgan tо‘g‘ri nutq va xatti-harakat kunikmalarining mustatahkam bо‘lishiga yordam beradi.
3) Logopedik mashg‘ulotlar maktabgacha tarbiya yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va о‘qitish dasturlari talablariga mos bо‘ladi.
4) Mashg‘ulotlarda duduqlanadigan bolalarning turli sharoitlarda tо‘g‘ri nutqi va xatti-harakatini mashq qildirish zarurligi hisobga olinadi, masalan: logopediya kabinetida va undan tashqarida, turli hayotiy vaziyatlarda, tanish va notanish shaxslarning ishtirokida va hokazo. Shu maqsadda logopedik mashg‘ulotlarning turli kо‘rinishlari: nutqni rivojlantirishga doir kо‘pgina ish shakllari, didaktik, harakatli, syujetli-rolli va ijodiy о‘yinlar, sayohatlar, ertaliklar, konsertlarga tayyorlanish hamda ularda ishtirok etish, mikrofon oldida sо‘zga chiqish va boshqalarda qо‘llaniladi.
5) Mashg‘ulotlar shunday tashkil qilinadiki, ularda bola duduqlanishsiz va u bilan birga kelib chiqadigan buzilishlarsiz gapirishi lozim.
6) Mashg‘ulotlar boladagi yaxshi kayfiyatni, bardamlik, о‘z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi.
7) Duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda tо‘g‘ri nutq namunalari logopedning, samarali shug‘ullanadigan bolalarning nutqi, badiiy sо‘z ustalarining chiqishlari aks ettirilgan magnitofon yozuvlari va plastinkalar, logopediya kursini avval muvaffaqiyatli tamomlaganlarning tantanali chiqishlari va hokazolar muntazam ishtirok etadi.
8) Mashg‘ulotlar atrofdagilarning duduqlanadigan bolaga nisbatan tо‘g‘ri munosabatda bо‘lishlari va uning tо‘g‘ri tarbiyalanishi asosida olib boriladi.
Ayrim mualliflar fikriga kо‘ra, duduqlanuvchilarga ravon nutq mashqlarini qoidasini tushuntirish va keyinchalik bu qoidani birgalikda takrorlash maqsadga muvofiqdir deb biladilar. 1924 yilda A.Gutsman va G.Gutsmanlar tomonidan ravon nutq mashqlari birinchi marta tavsiya etilgan.
Ularni о‘rganish uchun qiziqish о‘yg‘otadi va hatto hozirgi vaqtda ham logopedlar amaliyotida foydalaniladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |