Logopedik texnologiya fаnidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 5,58 Mb.
bet28/70
Sana18.02.2022
Hajmi5,58 Mb.
#455153
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
Texnologiya (3)

A.B.Ippalitova (1955) fikricha, frikativ undoshlardan «f» tovushini nutqga qо‘yish oson kechadi. Buning uchun bemor instruksiya asosida yoki mexanik usul yordamida pastki labni tepa tishlarga yaqinlashtiradi va unga puflaydi.
«S» tovushi odatda an’anaviy usullar yordamida korreksiyalanadi. Bunda bemor paxtaga puflash, til uchiga puflashga о‘rgatiladi.
Sirg‘aluvchi tovushlarni tо‘g‘rilashdagi qiyinchiliklar ularning murakkab artikulyatsiya holatiga bog‘liq. Tishlarning bir-biriga yaqinlashuvi quruv nazarotini qiyinlashtiradi. Sirg‘aluvchilarning artikulyatsiyasining barcha tarkibiy qismini alohida-alohida о‘rgatish kerak (lab, til holatlari, havao oqimining yо‘nalishi va x.k.),
«SH» tovushini nutqga qо‘yishda tilni «kosacha» shaklida tepaga kо‘tarishiga о‘rgatishga uzoq vaqt ketadi. Shuningdek tilni og‘iz ichida «kosacha» shakli keltirish bilan bir vaqtda havo oqimini tepaga yо‘naltirish qiyinchilik bilan kechadi. Bolalar havo oqimini tepaga yо‘naltirish о‘rniga kо‘pincha burun orqali nafas chiqaradilar.
Agar bola taqlid orqali «sh» tovushini quyi artikulyatsiyasiga erishsa, unda bu tovush nutqga kiritiladi va mustahkamlanadi.
«X» tovushi odatda qiyinchiliksiz nutqga quyiladi. Bunda «x» tovushi chuqur nafas chiqarishda stimulyatsiya qilinadi yoki «k» tovushini uzoq, chо‘ziq talaffuz qilish natijasida yuzaga keladi.
«j» tovushi «i» unlisini birikishi natijasida yuzaga keladi. Masalan «yana» sо‘zi о‘rniga «iana» va x.k. Rinolaliyada bu fonemaning yо‘qligi 5 yoshdan kichik bо‘lgan bolalarda kuzatiladi.
Rinolaliyada «ya» tovushi kо‘pchilik hollarida saqlangan bо‘ladi. Bu tovushning nutqda yо‘qligi yoki boshqa bir tovush bilan almashtirilsa, unda «a» unlisidan hosil qilish mumkin. «A» unlisini talaffuz qilinadi va shu zaxotiyek tilning keng uchi yengilgina tishlanadi. Shunda aniq «ya» hosil bо‘ladi.
Vibratsion «r» tovushini nutqga qо‘yish juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bunday holda yо‘naltirilgan havo oqimi yetarli kuchga ega bо‘lmay, til uchida vibratsiya hosil qila olmaydi. Bunda havo oqimining kuchi tanglay pardasining uzunligi va avtomatlashtirish darajasiga ham bog‘liq bо‘ladi. Burun qanotlari qisilgan holda havo oqimning burun bо‘shlig‘iga о‘tishi til uchida vibratsiya hosil bо‘lishiga imkon yaratishi mumkin. Yumshoq tanglay harakatning kordinatsialanmagan sekinlashuvi nutq jarayonida titravchi «r» tovushini talaffuz qilishga yо‘l qо‘ymaydi (tovushni alohida talaffuzi erishganida ham).
Bunday holda bir urinishli yoki takroriy tovushga о‘rgatiladi va u nutqga kiritiladi. «R» tovushni korreksiyasi an’anaviy usullarga kо‘ra, «z» va «j» tovushidan hosil qilinadi.
Rinolaliyada «m» va «n» tovushini buzilishi ham kuzatiladi. Bu buzi-lishini ikki xil kо‘rinishda bо‘ladi:
Vokalizatsiya bilan almashtiriladi yoki operatsiyadan sо‘ng burunli ohangini yо‘qotib, bolani bu tovushni tо‘liq og‘iz rezonanida talaffuz etadi.
Buning uchun bolaga lablarini birlashtirib, tishlarini bir oz bir-biridan uzoqlashtirib «a» tovushini uzoq vaqt chо‘zib talaffuz qilish buyuriladi. Bu yо‘l bilan «m» tovushi nutqga qо‘yilgach, shu tovushni tilni tishning orasida qisib talaffuz qilish buyuriladi. Bunda aniq «m» tovushi eshitiladi.
Rinolaliyada odatda tovushning talaffuzini tо‘g‘rilash jarangsiz undoshdan boshlanadi. Ovozsiz ishlash kо‘p holda tovushni tayyorlash va stimulyatsiya qilish, uni nomini aytmay turib, tovush talaffuzida uchraydigan patalogik ta’sirdan qutilish imkonini beradi.
«B», «v», «g», «d», «j» tovushini nutqga qо‘yish «a» unlisi orqali amalga oshiriladi. «A» unlisi jarangli undosh fonamalarni hosil qilishda foydalaniladi, chunki katta ochilgan og‘iz о‘zini kuzatish uchun qulay va bо‘shashgan lab muskullari artikulyatsiyaga xalaqit bermaydi. «D» tovushini talaffuz qilishda, tashqariga chiqarilgan tilga tepa tishni tekizish tavsiya etiladi.
«J» tovushi ustida ish olib borilganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
- Bola «a» tovushini chо‘zish bilan bir vaqtda tilni «kosacha» holatiga keltiriladi;

    • Bola «a» tovushini chо‘zish bilan bir vaqtda tilni «kosacha» holatiga keltiriladi va tishni bir-biriga yaqinlashtirib, lablarni doira holatiga keltiradi.

«J» tovushni «r» tovushidan hosil qilish ham mumkin.
«G» tovushi mexanik usul yordamida «k» tovushiga о‘xshab «d» tovushidan hosil qilinadi.
Sirg‘aluvchi «z» tovushi «e» tovushidan hosil qilinadi. Buning uchun «e» tovushi talaffuz qilinadi va shu vaqtning о‘zida til tashqariga chiqariladi va tishlar bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Keyinchalik jarangli tovushlarni talaffuzi turli unlilar orasida intervoklizatsiyasi mashq qilinadi.
Ava eva ava uva iva
Ave eve ove uve ive
Avo evo ovo uvo ivo
Ovu evu ovu uvu ivu

Bu birikmalar ovozning turli balandligida, birinchi unlini chо‘zib va ikkinchi unlini pasaytirib yoki teskarisiga talaffuz qilinadi.


Intervokal mashqlar jarayonida logoped kerakli tovushga, shunday sо‘zlar topish kerakki, bunda о‘tilayotgan tovush unli tovushlar о‘rtasida kelsin.
Bolaga burun sanori «m» tovushni uzoq, chо‘zib talaffuz qilish buyuriladi. Keyin lablarni kulgi holatiga keltirib, tilni bir oz chiqarib mmm zzz tipidagi birikma talaffuz qilinadi. Sung shunga о‘xshash mmm jjj yoki mmm vvv hosil qilinadi.
Bu usulda faqat frikativ tovushlarni hosil qilishda foydalanish mumkin.
Bunda sanor «l» tovushidan ham foydalanish mumkin. Jarangli portlovchi va frikativ undoshlarni talaffuzini tо‘g‘rilashda ularni turli tarbiyalovchi musiqali mashqlarda va frazalarda kuylash mumkin.

  1. Assimetriya (grekcha fsymmetria nomutanosiblik) nomutonosib qism, simmetriyaning yо‘qligi yoki buzilish.

  2. Obturator (lotincha obturo,obturatum bekitmoq)-qattiq yoki yumshoq tanglaydagi kamchilikni bekitish uchun moslama.

  3. Rinolaliya (lotincha «rinos»-burun, «lalio»-nutq)-burunli nutq tushunchasini anglatadi.

  4. Uranoplastika-qattiq tanglay yoriqligini bartaraf etish maqsadida qilinadigan operatsiya.

  5. Xeyloplastika-labdagi yoriqlikni bartaraf etish maqsadida qilinadigan plastik operatsiya.




Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish