mavzu:Turli xil nutq buzilishlarida intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari. Turli nutq kamchiliklarida motorika ustida ishlash texnologiyasi
14 mavzu:Turli xil nutq buzilishlarida intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari. Turli nutq kamchiliklarida motorika ustida ishlash texnologiyasi Reja:
1.Duduqlanish nutq kamchiligida intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari.
2. Dizartriya nutq kamchiligida intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari.
3.Rinolaliya nutq kamchiligida intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari.
Duduqlanish nutq kamchiligida L.I.Belyakova va YE.A.Dyakovalar tomonidan intonatsion ohangdorlikni shakllantirish texnologiyalari bо‘yicha ish olib boriladi.
О‘zbek tilida nutqni inntonatsion tomondan malakalarni rivojlantirish.
Nutqiy pauza jarayonini normallashtirish.
Jumlalarda intonatsion malakalarni shallantirish.
Birinchi etapning о‘zida duduqlanish nutq nuqsonida bola bilan korreksion ish olib borish vaqtida bolaning asosiy nutqning intonatsiya tomoniga urg‘u berishda vaqtida, bola tashqi nutqidan emas, balki boladan imo ishora nutqi orqali muloqatga kirishiladi.
Keyingi etapda bola bilan unli tovushlar intonatsiyasi ustida ish olib boriladi. Shu etapning о‘ziga bola bilan muloqatga kirishishda imo ishora nutqi orqali turli intonatsiyalarga urg‘u beriladi.
Sо‘rov intonatsiyasidan birinchi ish boshlanadi. Ovozli mashqlarni bajarishda qо‘lning mayin harakatlari bilan uyg‘unlashadi. Qо‘llar bilan baland va past harakatlarni bajarish orqali nutq intonatsiyasini nazorat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanish nutq kamchiligia ega bо‘lgan bolalarda olib borilayotgan logopedik ishda nutq intonatsiyasini rivojlantirish ishlarining barchasi о‘yin asosida tashkil qilinadi. Bolalarda nutq intonatsiyasini rivojlantirishda logoped xursandchilik (Ax!, Ox!), qayg‘u (O-O), afsuslanish (Oh-Oh) kabi tushuntiriladi.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan intonatsiya ustida ishni tashkil qilishda ovoz ustida motorikani his qildirish orqali nutq intonatsiyasi rivojlanadi. Bolalarda nutq intonatsiyasini rivojlantirish vaqtida ovoz motorikaini his qildirish orqali bola nutqidagi gaplarga tо‘g‘ri intonatsion ovoz motorika ohong orqali mustahkamlab boriladi.
Duduqlishning nevrotik shaklida bolalarni diqqatini nutqning prosodik tomoniga diqqatini qaratiladi va nutqning bir maromda rivojlanishiga ta’sir etadi.
Maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalarda nutqning intonatsion ifodalilikni rivojlantirishda L.V.Lopatina va N.V.Serebryakovalar tomonida logopedik ishni etapma etap olib borishni taklif etadilar.
Birinchi etap:
Bolalarga nutqning intonatsion ohangdorliligi bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini ya’ni ovoz motorikai, nutq ohangdorligi, ovoz balandligi, ovoz kuchidan foydalanish orqali nutq boyitish mumkinligi tushuntirish.
Bolalarning impressiv nutqda nutq intonatsiyasidan tо‘g‘ri foydalanish va uning xilma xil ekanligini misollar orqali kо‘rsatib о‘tish.
Maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalarda nutq intonatsiyasini rivojlantirishda turli xil ertaklarni о‘qib berish orqali logoped nutqida intonatsiyasidan foydalangan holda olib borish.
Bolalarga nutq intonatsiyasi tushuntirishda ertakli sahna kо‘rinishlar orqali ham kо‘rsatib о‘tish mumkin.
Ikkinchi etap: ekspressiv nutqda nutq intonatsion ifodalilikni shakllantirish.
Ekspressiv nutqda jarayonida nutq intonatsiyasini turlicha shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi rinolaliya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalarda nutqning intonatsion tomondan rivojlantirish ishlarini S.F.Ivanenko tomonidan taklif etiladi. Nutqning intonatsion tomondan rivojlantirish dasturi quyidagi topshiriqlardan iborat:
Nutqiy nafasni rivojlantirish.
Unli tovushlarni nutqda aniqlashtirish.
Uqalash (massaj) hamda о‘z о‘zini uqalash ishlari.
Undosh tovushlarni nutqqa qо‘yishda artikulyatsion nutq apparatini tayyorlash.
Nutq eshituvni shakllantirish.
Ovozni rivojlantirish.
Maktabgacha yoshdagi rinolaliya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalarda nutqning intonatsion tomondan rivojlantirishda olib boriladigan logopedik ishlarda fonematik idrok, unli va undosh tovushlarni farqlash, ovoz va nutqiy nafasni rivojlantirish, uqalash ishlarining barchasi tо‘g‘ri tashxis qо‘yish orqali amalga oshiriladi.