Logopedik ritmika


 MUSIQIY ASBOBLARDA O‘YNASh



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

12. MUSIQIY ASBOBLARDA O‘YNASh 
Bolalar musiqiy asboblari bilan o‘ynashdan logoritmik mashg‘ulotlarda keng 
foydalaniladi. Unga alohida rol beriladi, chunki bunday o‘yinlar bolani musiqa 
olamiga chorlaydi, uning ijodiy qobiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ayrim 
musiqiy o‘yinchoqlardan ko‘rgazmali-didaktik qo‘llanma sifatida foydalaniladi. Ular 
tarbiyachiga maktab yoshidagi va maktab o‘quvchilarining nafaqat musiqiy – sensor 
qobiliyatlarini rivojlantirishda, balki ularni ayrim musiqiy savodxonlik elementlari 
bilan tanishtirish ham yordam beradi. 
Musiqiy o‘yinchoqlar voqelik va didaktik o‘yinlarda ishlatiladi. Kichik 
yoshdagi bolalar ularni mamnuniyat bilan o‘ynashadi, kichik orkestr tashkil etishadi. 
Bolalar musiqiy asboblari va o‘yinchoqlari tovushli va tovushsizlariga 
ajratiladi. 
Tovushsiz o‘yinchoqlar musiqiy asboblarni, masalan soqov klaviaturali 
pianino, torlari chalinmaydigan balalayka, momiqli bayanchiklar va boshqalarni aks 
ettiradi. Bu o‘yinchoqlardan o‘yin holatini yaratishda, o‘yinni ularga ko‘chirish va 
o‘tishda barmoqlar jadalligini rivojlantirishda foydalaniladi. Bolalar o‘zlarini 
«musiqiy raxbar» deb tassavur qiladilar va tarbiyachining taklifi yoki tashabbus bilan 
«musiqiy mashg‘ulotlar» olib boradilar. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda ijodiy va 
musiqiy-eshitish tasavvurlarini rivojlantiradi. 
Tovushli o‘yinchoqlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Balandligi aniqlanmagan tovushlarga ega bo‘lgan o‘yinchoq asboblar 
(shaqildoq, chirmandalar, qoshiq o‘yin va uchburchaklar). 
2. Faqat bir balandlikda tovush chiqaruvchi o‘yinchoq asboblar (nay, 
qamishsurnay, qo‘bizcha). 
3. Biriktirilgan kuyli o‘yinchoqlar (organlar, musiqiy qutichalar, musiqiy 
yashiklar). 
4. Diatonik yoki xromatik tovush qatorga ega bo‘lgan o‘yinchoq asboblar 
(metallofonlar, pianino, royallar, klarnetlar, fleytalar, saksofonlar, bayanlar, 
nag‘malar, lab nag‘maalari, qo‘ng‘iroqlar, sitra va do‘mbiralar, balalaykalar va 
boshqalar). 


Bu asboblarda turli xil kuylar chalinadi. Mazkur asboblarga, ayrim shartlarga 
qaramasdan, oldindan mavjud bo‘lgan quyidagi tasnifni qo‘llash mumkin: torli 
sitralar, do‘mbiralar, balalaykalar va boshqalar xalq asboblari titrdan, nafas bilan 
chalinuvchi-fleyta saksofon, klarnetlar, triolar; klavish-tilchali «Kuylar»-bayanlar, 
akkardeonlar, nag‘malar; klavish-zarbali-o‘yinchoq pianinalar, real, zarbali 
chirmandalar, qoshiq o‘yinlar, uchburchaklar, likopchalar, barabanlar, ksilofonlar: 
Mazkur asboblar tovushlarning balandligi, davomiyligi tembri va dinamikasi 
bo‘yicha ajratish – musiqiy didaktik o‘yinlarida keng qo‘llaniladi. 
Logoritmik mashg‘ulotlar mashg‘ulotlarda tovush balandligini eshitishni 
rivojlantirish uchun har xil balandlikda tovush chiqaruvchi qo‘ng‘iroqlardan 
foydalanish mumkin. Bolalar qaysi qo‘ng‘iroq «baland», qaysinisi esa «past» 
kuylayotganligini farqlaydi. Qiyalatib qo‘yilgan metallofon «musiqiy zinapoya» 
bo‘lishi mumkin: bolalar tovush zaryadining yo‘nalishini hamda ular orasidagi 
masofani aniqlashadi. Ritmik tuyg‘uni rivojlantirishda ko‘p hollarda ma’lum bir 
balandlikda tovush chiqaruvchi zarbali asboblardan yoki ixtiyoriy musiqiy 
asboblardan foydalaniladi. Masalan bolalar «musiqiy aks-sado» o‘ynini o‘ynashadi, 
bolalardan biri o‘zining ritmik rasmini chizadi, ikkinchisi esa uni aniq takrorlaydi. 
Tembr tinglashni rivojlantirish uchun, turli xil asboblarning tovushlarini solishtirish 
bilan chegaralanmasdan (zarbali, nafasli yoki torli) , balki tembr bo‘yicha kiruvchi 
ohangning xarakterini farqlay bilish ham foydalidir, masalan, bubenchik va 
childirmaning, metallofon va uchburchakning va boshqalar. Dinamik eshitishni 
rivojlantirishda, bolalar tovushlarni o‘yinlar holatiga bog‘liq holda mumkin bo‘lgan 
ixtyoriy ravishda kuchaytirishi va susaytirishi imkonini beruvchi barcha asboblardan 
foydalaniladi. 
Yuqorida qayd etilgan asboblardan bolalar tarbiyachi bilan o‘rgangan 
qo‘shiqlarni ijro etadilar. Mustaqil ijrodan avval san’at ustalari ijrosidagi vokal, 
cholg‘u musiqalarni eshitib olgan (tasmali yozuvdan foydalanib) foydadan xoli emas. 
Musiqiy tarbiyalangan o‘smir va kattalar, har qanday asarlarni tarbiyachi 
bilan muxokama qilgandan so‘ng, akkordionda, gitarada, balalayka fleyta, pianino va 
boshqalarda ijro etishlari mumkin. Ijro etilgan asar haqida suhbat uyushtirish, 
kompozitor unda yoritgan fikrlarga qo‘shilishi mumkin. 
Maktab yoshigacha va maktab yoshdagi bolalarga «Konsert» «Musiqiy 
mashg‘ulot», «Orkestr» o‘yinlarini o‘ynash taklif qilinadi va bu o‘yinlar esa 
bolalarning tajribasiga asoslangan bo‘ladi. O‘yin davomida bolalar boshlovchi 


rahbarligida bir necha nomerlarni bajaradilar, konsertga qo‘shiqni, raqsni va musiqiy 
asboblar ijrosini ham qo‘shadilar. 
«Musiqiy mashg‘ulot» o‘yinini o‘ynashda bolalar tarbiyachi musiqiy raxbar, 
mashg‘ulot ishtirokchilari rollarini bo‘lishib oladilar. So‘ngra o‘yindagi bir necha xil 
faoliyatni birlashtiradilar. Masalan, sitrdagi, metallofondagi ijro, raqs va kuyning 
ohangi bo‘yicha qo‘shiqni aniqlash, jo‘r bo‘lish va boshqalar. 
«Orkestr» o‘yinida esa dirijyor, musiqachilar tanlab olinadi, qo‘shiqni 
kuylash yoki bal raqsi uchun musiqiy asboblar belgilab olinadi. Orkestrni quydagi 
tarkib asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir: sitr -6-8, metallofonda –5-7, 
akkordionda –12, triol-2-3, qoshiqli o‘yin –2-3, uchburchak –2-3, barabanlar, 
chirmandalar, likopcha – bittadan asbob bilan. 
Tarbiyachi bolalarni shunday joylashtiradiki, bunda o‘ng tarafda past 
tovushli asboblar, chap tomonda esa yuqori tovushlilar, zarbali asboblarni esa orqa 
tarafda erkin holatda joylashtiradi. Bu xolat asboblari eng ko‘p bo‘lgan orkestr 
ko‘rinishini ifodalaydi, ammo har doim ham asboblarning barcha guruhlaridan 
foydalanilmaydi. Mashg‘ulot vaqtida faqat bir turdagi asboblardan tashkil topgan 
orkestr tashkil etish mumkin. 
Musiqiy asboblar va o‘yinchoqlarda o‘ynash – qo‘l harakatini rivojlantirishda 
yaxshi yordam beradi, masalan, metallofon, sitra, mediatrga bolg‘acha bilan zarba 
berish triodlarda o‘ynash davrida nafasni, qo‘shiq aytish vaqtidagi artikulyatsiyani, 
tanish qo‘shiqlarni tanlashdagi eshitishni, musiqiy asboblarda ijro etish uchun 
sanoqlarni, ritmik va melodik xirgoyilarni improvizatsiya qilish davrida nutqning 
prosodik tomonini normallashtirishda, umumiy dinamika, teng va o‘yinga 
kirishishdagi zamonaviylikka rioya qilgan holda ansamblda kuylaganda eshitishni 
rivojlantirishga zamin yaratadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish