Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

Mashg‘ulotlar. 


Yugurish tempida bolalar qo‘llarini yelka balandligida ko‘tarib, samolyotni 
taqlid qilgan holda bir-birlarining ketidan yuguradilar. 
Marsh ohangi ostida (marsh tempi) bolalar mel bilan chizib qo‘yilgan chiziq 
bo‘ylab yuguradilar. Musiqada yugurish tempiga o‘tilganda bolalar zal markazida 
yotgan oburuch tomon yuguradilar. Yetib kelgach (tarbiyachining ko‘rsatmasiga 
binoan) obruchlarni o‘ng yoki chap qo‘llari bilan olib, aylana bo‘ylab yuguradilar. 
Bunday yugurish musiqa tempida o‘zgarish (marsh) bo‘lmagunicha davom etadi. 
Marsh tempi berilganida obruchlarni yana polga qo‘yadilar va chiziq bo‘ylab birin-
ketin yuradilar. 
Bolalar juft-juft bo‘lib, marsh tempi ostida yuradilar. Tez tempga o‘tilganida 
bolalar yurishdan to‘xtab, birlashtiruvchi qo‘llarni yuqoriga ko‘targancha darvoza 
shaklini hosil qiladir. Hosil qilingan darvozalardan birinchi juftlik yugurib o‘tib, 
qator oxirigacha boradi va oxirgi juftlik bo‘lib turadi. Marsh oxangi takroran 
chalinganida bolalar yana yurishni davom ettiradilar. 
Yuqori maktab yoshigacha bo‘lgan va maktab yoshidaga bolalar esa zanjir 
bo‘lib, ilon bo‘lib, kichik va katta aylana bo‘lib, bir nechta aylanalar bo‘ylab
harakatlanish mashg‘uloti templarini mashq qiladilar. Bunda sakraydigan arqonlar, 
bubnalar, obruchlar, koptoklar va uchburchaklardan foydalaniladi. Tasavvur qilingan 
buyumlar bilan mashqlarni bajarish mumkin. 
– Bolalar qo‘llarida obruch ushlab qator bo‘ylab turadilar. Musiqaning sekin 
tempida bolalar obruchlarni yuqoriga ko‘taradilar va tushiradilar va yana ko‘taradilar. 
Tez temp berilganda obruchlar polda yumalatiladi va bolalar ularning ortidan 
yuguradilr. 
– Sekin temp ostida bolalar aylana bo‘ylab turgan holatda koptokni yerga 
uradilar va qaytadan ikki qo‘llab ushlab oladilar. Musiqada tez tempga o‘tishda 
koptokni o‘ng qo‘llariga olib, yuqoriga ko‘targan xolda aylana bo‘ylab yuguradilar. 
Sekin tempning takrorlanishi bilan bolalar yugurishdan to‘xtaydilar va koptoklarni 
yana polga uradilar. 
– Bolalar doirada turib, marsh tempini (♪), xar bir qadam qo‘yishda og‘izda 
«Top-top» deb aytgan holda mashq qiladilar. Musiqaning (♪♪) tempiga o‘tishda esa 
bolalar qarsak chalgan holda, «Ta-ta» deb aytadilar. 
O‘spirin va kattalarga marsh va yugurish tempidan tashqari sakrash 
mashqlari, sekin-asta tezlashish yoki sekinlashish templari va murakkabroq tarkiblar, 


masalan ikki xil tezlikni, birini oyoq qadam tashlashiga berib, ikkinchi tezlikda 
qo‘llar bilan ikki barobar tezroq qarsak chalish orqali (ya’ni xar qadamda ikkitadan 
qarsak chalib), mujassamlashtirish mashqlari ham taklif qilinadi. Yoki 
shug‘ullanuvchilar baravar harakatlanayotgan (biri marsh tempi bilan, ikkinchisi
yugurish tempi bilan) ikkita aylana bo‘lib turadilar. Mashqlarni o‘zgartirish mumkin, 
masalan, boshlovchi temp berib boradi qolganlar esa berilgan temp qoidasiga rioya 
qilgan holda asta-sekin qo‘shilib boradilar. Yoki hamma marsh muiqasi ostida 
yuradi. Musiqa to‘xtatiladi, ammo hech kim to‘xtamaydi. Tarbiyachi signal 
berguniga qadar hamma berilgan temp bo‘yicha qadam tashlaydi. 
– Yugurish (♫♫)tempida bolalar aylana bo‘ylab yuguradilar, musiqada 
marsh tempiga o‘tilishi bilan hamma buriladi va shu yo‘nalishda aylana bo‘ylab 
yugurishni davom ettiradilar, ya’ni orqalab yuguradilar. 
– Aylana bo‘ylab turgan xolatda barcha bolalar har bir chorakdagi (♪) turgan 
joylarida qadam tashlaydilar, keyin tarbiyachining ko‘rsatmasi bo‘yicha har bir 
sakkizinchi (♫) da qarsak chaladilar, ya’ni bir qadamga ikki qarsak chalinadi. Bu 
mashqni turgan joyda bajarib bo‘lib, bolalar marsh sadosi ostida qarsak chalgan 
holda, aylana bo‘ylab yuradilar, bunda qarsak chalish ikki baravar tezroq bajariladi. 
Signal berilganda (bayroqcha ko‘tarilgnida) har sakkizinchi tempda oyoqlar bilan, 
to‘rtinchi tempda esa qo‘llar bilan bajariladi. 
– Sekin qadam beriladi (┘), bolalar sekin yuradilar, ildam qadam tashlanadi, 
bunda o‘ng oyoq tashlanganida chap qo‘l oldinga cho‘ziladi. Chap oyoq tashlangnida 
esa aksincha o‘ng qo‘l oldinga cho‘ziladi. 
– Bolalar yuguradilar (♫) va bir vaqtning o‘zida har ikki qadamga bitta 
qarsak chalinadi (♪). Tarbiyachining og‘zaki «Gop» degan buyrug‘i bilan 
yugurishdan yurishga o‘tiladi, qarsak ham aksincha o‘zgaradi, bir qadamga ikki 
qarsak. 
– Bolalar qator bo‘lib turadilar. Har kimga o‘zining harakat tempi beriladi va 
uni qandaydir bir tarzda ajratish zarur. Masalan juda sekin tempda – farazdagi 
og‘irlik bilan yurish; marshda – tasavvurdagi likopchani olib yurish; yugurish 
tempida – qo‘lda puflangan sharlar bilan yugurish va shunga o‘xshagan mashqlar. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish