Logopedik ritmika


 MUSTAQIL MUSIQIY FAOLIYaT



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

13. MUSTAQIL MUSIQIY FAOLIYaT 
Mustaqil shaklda olib boriladigan musiqiy faoliyat – eshitish mo‘ljalining 
(koordinatsiyasi), tovush va harakatning, ton va ritmik tuyg‘ularining rivojlanishiga 
musiqa va qo‘shiqqa nisbatan muuxabbatni tarbiyalashga, bolalar va kattalarda hissiy 
hayotni boyitishga asos bo‘ladi. 


Nutqiy nuqsonlarga ega bo‘lgan odamlar bilan olib boriladigan barcha 
musiqiy ishlarga - jamoaviy faollashtiruvchi va korreksiya qiluvchi ruxiy terapiya 
(ijtimoiy rag‘batlantiruvchi, ruxiy ortopedik, ruxiy tarbiyaviy ishlar) sifatida qarash 
mumkin. Mustaqil musiqiy faoliyat musiqiy o‘yinlar bilan quyuq bog‘lanishga ega 
bo‘lib, shug‘ullanuvchilar o‘z tashabbuslari bilan kuylashadi, jo‘r aytishadi, raqs ijro 
etishadi, bolalar uchun belgilangan yoki xaqiqiy musiqa asboblarida kuy tanlashadi.
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshdagilarning mustaqil musiqiy 
faoliyatlari bir necha manbalarga ega bo‘lgan: musiqiy mashg‘ulotlar bo‘lib, ularda 
bolalar qo‘shiq kuylashni, raqsga tushishni va xar xil o‘yinlarni o‘rganadilar. 
Mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini bolalar mustaqil faoliyatga ko‘chiradilar, bular: 
bayramlar, ko‘ngilochar mashg‘ulotlardir. Ularda bolalar o‘z o‘yinlari haqida darhol 
javob beradilar olingan taassurot qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar uchun muzitsirovka 
ham shu qadar qiziqarli bo‘ladi. Oilada ham mustaqil musiqiy faoliyatning turli xil 
manbalari mavjud. Ular orasida eng ko‘p tarqalganlari bular – musiqiy radio va 
teleko‘rsatuvlar. 
Ota-onaning qo‘shiqqa, musiqiy asboblarda o‘ynashga, yozuv tasmalarini 
to‘plashga bo‘lgan muhabbati bolalarda musiqaning rivojlanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Musiqa hamda ahamiyatli personajlar ishtirokidagi multfilmlar bolalarda 
sevib tinglaydigan qo‘shiqlarni qaytarib yurish odatini keltirib chiqaradi.
Tuzatuvchi (korreksion) logoritmik ta’sirni amalga oshiradigan tarbiyachi 
bolalar musiqiy faoliyati manbalarini xisobga olishi va bu faoliyatni keyinchalik 
xarakat sensor va nutq funksiyalarini me’yoriylashtirishda foydalanish yo‘lida 
rivojlantirishga rahbarlik qilishi lozim. 
Mashg‘ulotlarda bolalar asosan bir turdagi harakatlarni o‘ylab topadilar, 
masalan chavandozlar otda yuradilar, uchuvchilar samolyotni boshqaradilar, 
o‘tinchilar o‘tin yoradilar, traktorchilar matorni yurgizadilar, tikuvchilar igna bilan 
ish qiladilar va boshqalar. So‘ngra musiqiy-o‘yin qiyofasi rivojlanishda yaratiladi, 
masalan, bog‘bon yer qaziydi, ekin ekadi, ularni sug‘oradi, devorlarni oqartiradi, 
o‘simliklarni parvarishlaydi (atrofdagi yerni yumshatadi, begona o‘tlardan tozalaydi, 
o‘g‘it bilan yerni to‘yintiradi.), hosilni teradi va do‘stlarini mehmon qiladi.


Keyinroq bir necha personajlarning o‘yinga qo‘shilib borishi hisobiga 
musiqiy harakat tobora murakkablashib boradi va nihoyat o‘yinchilar harakat 
kompozitsiyasini o‘zlari yaratadilar.
Ijodiy kompozitsiyalarga turli xil laparlar, raqslar, kuylar, qo‘shiqlar va 
musiqiy asboblardagi o‘yinlar kiritiladi. Laparlar kombinatsiyalangan, ya’ni erkin 
o‘ylab topilgan va biriktirilgan harakatlarga ega bo‘ladi. Ular uchun yorqin kontrast 
tuzilishiga ega bo‘lgan ikki qismli asarlar xamda turlicha xarakterdagi ikki mustaqil 
p’esa tanlab olinadi. Erkin laparlar ijodiy xarakterga ega bo‘ladi va xalq lapar kuylari 
bilan ijro etiladi. Lapar xarakteridagi jo‘r aytishlar xalq qo‘shiqlari bilan bog‘liq 
bo‘lib, qo‘shiqda kuylanayotgan voqeani sahnalashtirishni taqozo etadi.
Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalar o‘yindagi g‘oyalarga mos keladigan 
qo‘shiqlarni ijro etadilar. Masalan, “Parad” o‘yinini o‘ynashda o‘g‘il bolalar “Doira” 
qo‘shig‘i ostida childirma chaladilar va qadam tashlaydilar, hamda qo‘shiqni har bir 
kupletida qator tuzilishni o‘zgartirib turadilar; aylana bo‘ylab yoki juft xolatda ilon 
izi bo‘ylab yuradilar bo‘ladilar. Qiz bolalar esa “Alla” qo‘shig‘i ostida qo‘g‘irchoqni 
tebratadilar. Maktab yoshidagilar va kichik maktab yoshdagilar mustaqil faoliyatga 
musiqiy didaktik o‘yinlarni ham qo‘shadilar: “Surnay chalish”, “Kim 
kuylayotganligini top”, ”Ikki doira”, «Sekinroq – rubob yoki dutorni chalsin 
balandroq”, “Rasmdagi qo‘shiqning nomini top” va boshqalar. Masalan: “Ikki doira” 
o‘yinida bolalardan biri doirada biri ritmik rasm chizadi, ikkichisi esa uni aynan 
takrorlaydi, yoki oxang yo‘nalishi va uning ritmini aks ettirgan holda kuy ijro etadi. 
Bolalar o‘zlarining mustaqil faoliyatlarida ko‘pincha musiqiy o‘yinchoq 
asboblaridan foydalanadilar: kuy, qo‘shiq, ijro etadilar, o‘zlari personajlar 
harakatlarini yaratadilar va uni kuy ishtirokida ijro etadilar, masalan, «Ayiqni 
kuchliroq qilib chunki u jaxldor, tulkini esa yumshoqroq qilib o‘ynash kerak» 
ekanligini o‘yinda qayd etadilar. 
Bolalarning mustaqil faoliyatlari bog‘chadagi 
bayramlarda, qo‘g‘irchoq teatrlarida, haqiqiy bayramlarda va yakka mashg‘ulotlarda 
namoyon bo‘ladi. Bolalar bog‘chalaridagi har 2-3 oyda uyushtiriladigan bayramlar - 
muoloja tuzatish va logopedik tarbiyaviy ishlarini o‘tkazuvchi mashg‘ulotlarning 
to‘liq kursi bo‘yicha o‘zgacha bir hisobotni namoyon etadi. Bog‘chada bayram 
tashkil qilish uchun bolalar bilan olib boriladigan barcha turdagi musiqiy ishlar 
materiallaridan foydalaniladi. Nutq materiallarini tanlashda mazkur ondagi bolaning 
nutq qobiliyatini hisobga olish lozim. Bayram sahnasi logoped, musiqiy xodim va 
tarbiyachi bilan muhokama qilinadi. Bayramlar badantarbiya bayramlari yoki bitiruv 
kechalari sifatida o‘tkaziladi. Ularning davomiyligi 30-45 daqiqa davom etadi.


Qo‘g‘irchoq teatrlarini uyushtirishdan maqsad boshqa mashg‘ulotlarda 
olingan bilim va malakani mustahkamlashdir. Qo‘g‘irchoq teatrlari namoyishi yiliga 
1-2 marta: ko‘ngil ochar kechalar oyiga 1 marta tashkil qilinadi, masalan, tug‘ilgan 
kunni nishonlash. Turli xil mashqlar logoped tarbiyachi xamda musiqiy raxbar bilan 
birgalikda o‘kaziladi. Barcha turdagi ko‘ngil ochar mashqlar kvartal bo‘yicha 
taqsimlanadi va bolalar bog‘chasidagi, stasionarlardagi, bolalar poliklinikalardagi 
nutqiy guruhlar uchun tuzilgan kelajak rejasiga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, birinchi 
chorak rejasiga kirtilgan quyidagi tadbirlarlarni kiritish mumkin: 
1) mavzuli konsert “kuz belgilari” (kattalar tomonidan ijro etilgan tabiat 
haqidagi vokal, instrumental musiqa tanlash, bolalar bilan she’r o‘qish, kuz haqida 
qo‘shiq kuylash – tartiblangan nutq.).
2) musiqiy diafilm namoyish etish (kattalar tashkil qiladilar.) 
3) musiqiy viktorina (logoped bilan birgalikda musiqiy rahbar olib boradi, 
bolalarga tanish bo‘lgan asardan foydalaniladi);
4) hazil-mutoyiba, topishmoklar aytish kechasi (kattalar tashabbusida); 
5) “bizning quvnoq konsert» (konsert dasturi bolalarning harakat va nutq 
qobiliyatlariga mos holda kattalar tomonidan tuziladi);
6) multfilm ko‘rsatish (tashkilotchisi kattalar);
7) quvnoq musoboqalar, o‘yinlar, attraksionlar (kattalar bolalar bilan 
o‘tkazadilar, bolalar yordamchi bo‘lishlari mumkin); 
8) sahnalashtirilgan musiqiy o‘yinlar (ijro etuvchilar kattalar va bolalar); 
9) yumor kechasi (kattalar tashkil etiladilar)
Individual mashg‘ulotlar logoped va musiqiy rahbar tavsiyasi bilan asosida 
o‘tkaziladi va aniq maqsadga ega bo‘ladi. Masalan turli asboblarda o‘ynash 
harakatida barmoqlar harakatini rivojlantirishni; qo‘shiqlar va xirgoyilarni kuylashda 
ovoz balandligini rivojlantirish; nafas yordamida chalinadigan musiqiy asboblarda 
o‘ynashda nafas olishni rivojlantirish va boshqalar. Tarbiyachi bolalarni 
majburlamagan holda puflab chalinadigan musiqiy asboblarda o‘ynashni qo‘shiq 
aytishini musiqiy burchakni o‘yinchoqlar bilan bezatilgan musiqiy burchak hosil 
qiladi. 



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish