Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish.
Ta’minot va ishlab chiqarish manbalarini global joylashtirish strategiyasi. Logistika faoliyatining strategiyasi va uning turlari
Tashqi muhit beqarorligi oshgani sari korxonalarni strategik boshqarishga zarurat shunchalik ortadi. Strategik boshqarishga natijalar bo‘yicha boshqarish deb qarash mumkin.
Strategik boshqarishning isbotga muhtoj bo‘lmagan haqiqati: omon qolish va muvaffaqiyatli rivojlanish uchun korxona rahba- nyati tez va raqibona harakat qilishi kerak. Faqat shundagina korxona talab va turli bozor imkoniyatlari o'zgaruvchanligiga muvofiq bo'la oladi. Strategiya belgilangan maqsadlarga erishish uchun tanlangan asosiy harakatlar tarzini ta’riflab beradi. Logistik strategiya korxona resurslarini muvofiqlashtirish va taqsimlash yo‘li bilan belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlarning umumlashtirilgan modelini ifodalaydi.
Logistikani strategik boshqarish — bu korxonaning logistik li/imi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifaiari, korxona va tashqi muhitning o'zaro munosabatlarini saqlash bilan bog‘liq faoliyat. Liar korxona maqsadiga erishishi uchun imkon beradi, ichk; ivsurslari imkoniyatlariga mos keladi, tashqi muhit omillariga moyil i|olishiga yo‘l qo‘yadi.
Strategiya turlari:
differensiatsiyalashtirish (farqlash) strategiyasi — korxonaning imyoblikka intilishi, masalan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish ii/imida;
sarflash bo'yicha peshqadamlik strategiyasi — yetkazib berish tizimida logistik sarflami kamaytirish hisobiga bozorda peshqadamlik qilish strategiyasi;
fokusga to'plamoq strategiyasi — butun bozorni qamrab olishga intilmagan holda iste’molchilarning bir segmenti yoki xaridorlarning aniq bir guruhi talabini bajarish va qondirishga yo'naltirilgan strategiya. Mazkur strategiyaning maqsadi — maqsadli tanlangan segment iste’molchilari talabini raqiblardan ko‘ra yaxshiroq qondirish. Fokusga to‘plamoq strategiyasi differen- siatsiyalashtirishga ham, sarflash bo‘yicha peshqadamlikka ham, yoki faqatgina maqsadli segment doirasida unisiga ham, bunisiga ham birdek tayanishi mumkin. Strategiya bozor sharoiti maqsadli segmentida katta ulush olishga imkon beradi, biroq umumiy bozorda kichik ulushga olib kelishi mumkin;
diversifikatsiya strategiyasi — korxona bitta funksional strategik bo‘linmaga tobe bo‘ub qolmasligi uchun qo'llaniladi.