Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning Turkiya tajribasi. Jahon tajribasi amaliyotiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bir qator davlatlar o’z iqtisodiy rivojiga aynan EIHlar tashkil etish orqali erishganlar. Aynan shunday davlatlardan biri Turkiyadir.
Turkiya. Turkiya hukumati rahbarlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirganlar. Bu dasturning amaliy ko’rinishi esa EIHlar tashkil etish va o’sha hududlarga xorijiy investorlar kapitallarining oqib kirishini ta’minlashda namoyon bo’lishi ko’zda tutilgan edi. Demak, Turkiya iqtisodiyotiga chet el investitsiyalari u yerda tashkil etilgan EIHlarda xorijiy va milliy kapital ishtirokida ta’sis etilgan qo’shma korxonalarni ochish orqali ham olib kirish mumkin. Turkiyada tashkil etilgan EIHlar boshqa davlatlarning eksportchilari tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish va taqsimlash maqsadida ham qo’llanilishi mumkin.
Turkiyadagi ilk EIHlar 1987-yilda Mersin va Antaliya shaharlarida tashkil etilgan. 1990-yilda aynan shunday hududlar safi Izmirdagi Egey EIH va Istanbul shahrida yaratilgan EIHlar bilan kengaydi. Keyinchalik 1992-yilda Trabzonda, 1993-yilda Adan shahrida, 1994-95-yillarda Turkiyaning sharqiy hududida joylashgan shaharlar Erzurum va Mardina shaharlarida ta’sis etilgan. Bu kabi islohotdan ko’zlangan asosiy maqsad, mamlakatning nisbatan qoloq bo’lgan, iqtisodiy tang ahvolda qolgan hududlarning qisqa muddat ichida samarali o’sishini ta’minlash hamda u yerlarga xorijiy investorlar va tadbirkorlarni jalb etish orqali rivojlangan bozor infratuzilmasini shakllantirishdan iborat bo’ldi. Turkiya EIHlari faoliyati ushbu davlatning qulay geografik joylashuvi, uning Yaqin va O’rta Sharq, qolaversa G’arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlariga yaqin joylashganidan unumli foydalangan holda tez orada qo’shni va xorijiy mamlakatlar bozorlariga kirib borishi, ularni egallashi hamda kuchli raqobat olib borishini yo’lga qo’yishga qaratilgan.
Turkiya hukumati tomonidan, EIHlarni tashkil etish va faoliyatini tartibga solish borasida bir qator qonunlar ishlab chiqilgan. Masalan, 3218-sonli qonun 1985-yilda qabul qilingan va 1987-yildan boshlab amal qilib kelmoqda. Ushbu qonunning maqsadi, EIHlarni tashkil etish chora–tadbirlari, ular faoliyatini maqbullashtirish, tartibga solish va to’g’ri yo’naltirib borishdir. EIHlar faoliyatining qonuniy jihatdan mustahkamlab qo’yilgani ularning samarali ish olib borishiga va son jihatidan yanada ko’payishiga turtki bo’lishi tabiiy.
Turkiya EIHlarining eng afzal jihati va o’ziga xos xususiyati shundaki, ular xalqaro portlar va transport tarmoqlariga yaqin joylashgan. Bu kabi shart-sharoitlar pirovard natijada ushbu hududlarda qulay invesitsion muhitning shakllanishiga olib keladi. Shu bilan investorlarga ham bir qator qulayliklar va keng imkoniyatlar yaratadi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari miqdori kamayadi, mavjud mahalliy va xorijiy firmalar o’rtasidagi kuchli va sog’lom raqobat mustahkamlanadi.
Shu kungacha olib borilgan samarali islohotlar natijasida Turkiyada bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Mavjud 0 ta EIHlarda 3401 ta firma tashkil etilgan va bulardan 652 tasi xorijiy kapital asosida tashkil etilgan firmalar hisoblanadi. Ushbu EIHlar orqali amalga oshirilgan eksport-import operatsiyalari 005 yilda 004 yilga nisbatan 49,6% ga o’sdi va yalpi daromad hajmi 18 mln $ miqdorga etdi. Bu mamlakat jami tashqi savdo aylanmasining 14% ini tashkil etadi. Aynan shunday o’sish ko’rsatkichla-ri so’nggi bir necha yillar mobaynida har bir EIH miqiyosida kuzatilmoqda. Oltita EIHda esa tashqi savdo aylanmasi so’nggi 005-yilda 1 mlrd. $dan oshiq miqdorga etgan5.
Istanbul charm – 4076,782 mln. $,
Istanbul Ahl – 3022,789 mln. $,
Mersin – 766,312 mln. $,
Ayjen – 642,599 mln. $,
Bursa – 1108,767 mln. $,
Istanbul–Trakya – 1145,646 mln. $.
Do'stlaringiz bilan baham: |