5. Jahondagi yirik erkin iqtisodiy hududlar va ularning ahamiyati
Yuqorida ta’kidlanganidek, jahonda hozirda 4 mingdan o’rtiq erkin iqtisodiy hududlar mavjud bo’lib, ular duyno YAIMining 15% dan ortig’ini, ya’ni taxminan 6 trln $ dan ortiq qismini beradi. Turli maqsadlarda tashkil qilingan bu hududlar hozirda rivojlanib yanada takomillashmoqda. Shu kabi vazifalarni bajaruvchi vodiylar, parklar va yangi iqtisodiy shahar barpo qilinmoqda. Hududlarni jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni anglagan holda ularning faoliyati va rivojlanishiga nazar solsak, kishini hayratda qoldiradigan natijalarga duch kelamiz. Ana shu faktlarga va eng yirik iqtisodiy zonalarga qisqacha murojaat qilamiz.
O’zbekiston. Respublikаning Jizzаh, Nаvоiy vilоyatlаrini iqtisоdiy sаlоhiyatini tаhlili shuni ko’rsаtdki, bu mintаqаlаr o’zining hаm qishlоq xo’jаlik, hаm sаnоаt ishlаb ishlаb chiqаrish dаrаjаsi bilаn hududidа ekspоrtgа yo’nаltirilgаn ishlаb chiqаrish zоnаlаrini, erkin tаdbirkоrlik vа erkin sаvdо zоnаlаrini tаshkil etish uchun qulаy hisоblаnаdi. Hаr bir regiоn o’zining hududidа u yoki bu tаrmоqni rivоjlаnish dаrаjаsi vа mаvjudligi bilаn fаrq qilаdi. Bu оmil EIZning mа’lum yo’nаlishdаgi mоdelini tаnlаshdа rivоjlаnishi strаtegiyasini ishlаb chiqаrishdа vа infrаtuzilmаsini yarаtishdа muhim hisоblаnаdi.
Respublikаmizdа EIZ lаrini оptimаl mоdellаrini rivоjlаntirish, mаvjud jаhоn tаjribаsining biz uchun qulаy bo’lgаn iqtisоdiy sаmаrаli usullаridаn fоydаlаnish, оchiq bоzоr iqtisоdiyoti tаmоyillаrigа аmаl qilgаn hоldа, ustuvоr yo’nаlish- iqtisоdiyotni erkinlаshtirish vа jаhоn xo’jaligi tizimigа integrаsiya jаrаyonlаrining chuqurlаshuvigа оlib kelаdi. Nаtijаdа, tuzishdа qo’yilgаn iqtisоdiy, ijtimоiy vа ilmiy-texnikаviy mаqsаdlаrgа erishilаdi. O’zbekiston Respublikasida 008-yil dekabr oyida Prezident I.A.Karimov tomonidan Navoiy viloyati hududidagi aeroport asosiga Erkin industrial-iqtisodiy zona va xalqaro multimodal logistika markazi tashkil qilish to’grisida farmon imzolandi. Loyiha J.Koreyaning “Koren Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Bu kompaniya dunyodagi eng katta yuk tashuvchi kompaniyalaridan biri bo’lib, jahon miqiyosida multimodal perevozkalarni amalga oshiradi. Loyiha 010-yilga to’la ishga tushiriladi. Umumiy tovar aylantirish qiymati 5,5 mlrd $ dan ortiq, bu esa taxminan O’zbekiston YAIMining 0%ini tashkil qiladi. Bu hududda ishlab chiqruvchi va faoliyat yurituvchi korxonalarga va shaxsga turli ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar yaratilgan. Kelajakda loyihani yanada kengaytirish mo’ljallangan, erkin industrial innovatsion, ijtimoiy-rekreatsion, multimodal logistika komplekslarini barpo qilish rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa bu markaz nafaqat O’rta Osiyoda balki, MDHda yagona bo’ladi va bu esa O’zbekiston uchun mintaqada muhim strategik savdo va logistika markazini boshqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |