Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilishning jahon amaliyoti. Xalqaro maydonda EIHlar 1950-yillar oxiri va 1960-yillar boshlarida paydo bo’lib, 70-yillarda keng ommalasha boshladi.
EIHlar ko’p tomonlama o’xshash bo’lishiga qaramasdan, G’arbning rivojlangan mamlakatlari, rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlardagi EIH bir-biridan farq qiladi.
G’arb mamlakatlarida bunday hududlarning keng tarqalishi ularning XMT(xalqaro mehnat taqsimoti) va jahon xo’jaligi munosabatlarida, turli xildagi integratsion guruhlarda faol qatnashishi, ularning iqtisodiyoti postindustrial xarakterga ega ekanligi bilan bog’liq. Bu mamlakatlarda deyarli hamma turdagi EIHlar borligiga ajablanmasa ham bo’ladi.
G’arbiy Evropada EIH soni ko’pchilikni tashkil qiladi. Ular bu erda XIX asrdayoq, balki undan ham oldinroq paydo bo’lgan; 90-yillarning o’rtalariga kelib ularning soni 150dan oshib ketdi. Dastlab bunday hududlar Germaniya (Gamburg, Bremen, Bremerxafen, Kil, Emden, Kuksxafen), Daniya (Kopengagen), Finlandiya (Xelsinki, Turku), Gretsiya (Pirey, Saloniki) dengiz portlarida shakllangan.
Biroq Evropa va dunyo EIHlari tarixi 50-yillar oxiridan boshlangan bo’lib, Shennon xalqaro Irland aeroporti bilan bog’liq. Shennon aeroporti Irlandiyaning g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, transatlantik reyslarni amalga oshiradigan samolyotlarga qo’shimcha yoqilg’i quyishga ixtisoslashgan. Biroq yetakchi aviakompaniyalar qo’shimcha yoqilg’i quyishga muxtoj bo’lmagan samolyotlarga o’tgandan keyin Shennonning iqtisodiy ahvoli qiyinlashib, yopilish darajasigacha yetib keldi. 1959-yilda mamlakat hukumati Shennonni erkin xalqaro tadbirkorlik hududiga aylantirishi haqida xabar berdi. Bu aksiya juda omadli bo’ldi. Xorijiy kapital qisqa vaqt ichida bu yerda minglab yangi ish o’rinlarini tashkil etish va ishsizlikni bartaraf qilish imkonini berdi. Hozirda Shennon hududida elektron uskunalar, burg’ulash asboblari, sanoat olmoslari, keng iste’mol mollari ishlab chiqariladi. Uning bir yillik eksport hajmi 1 mlrd $dan oshgan.
AQSHda ham EIHlar keng tarqalgan. Ular 30-yillarning o’rtalarida jahon iqtisodiy tangligi oldini olish maqsadida tuzila boshlandi. Hozirda bunday hududlar soni bir necha yuzdan oshib ketgan.
Yaponiyada uzoq vaqt asosan texnopolis va texnoparklarga e’tibor berilgan, lekin 90-yillarning boshlaridan hukumat eksportni rag’batlantirish va chet el investitsiyasini jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirdi. Shu maqsadda dengiz portlari va xalqaro aeroportlarda erkin tashqi savdo hududlarini tashkil eta boshladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda dastlabki EIHlar 60-yillarning o’rtalarida paydo bo’la boshladi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida eksport-ishlab chiqarish hududlari keng tarqalgan bo’lib, odatda deyarli hamma mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqadi. Bunday EIH uchun elektron sanoatga ixtisoslashuv xarakterlidir. Ularning korxonalarida odatda, butun ishchi kuchining 3/5 qismi band bo’ladi. Bunda kam xarajatli va eng yuqori talabli mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashgan korxonalar soni ko’pdir (kompyuterlar, elektron soatlar va o’yinlar, aloqa vositalari va boshqalar). Investitsiya va bandlik soni bo’yicha ikkinchi o’rinda, tikish va to’qimachilik sanoati, sport anjomlarini ishlab chiqarish va boshqalar turadi. Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida, birinchi navbatda, yangi industrial mamlakatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari ko’plab uchraydi. 90-yillarning o’rtalarida ularning soni 100 atrofida edi. Eng samarali va o’zini yaxshi namoyon etgan EIHlarga Koreya Respublikasi (Masan), Tayvan (Gaosyun), Malayziya (Pinang), Filippin (Bagio), Singapur (Djurong)larni kiritsa bo’ladi. Bunday hududlar Xindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Suriya, Iordaniya kabi mamlakatlarda ham mavjud. Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarda eksport-ishlab chiqaruvchi EIHlardan tashqari boshqa turdagi EIH ham mavjud. Singapur va Dubay xalqaro aeroportlarida “Dyuti fri” tizimi bo’yicha bojsiz savdo qiladigan eng yirik jahon markaz-magazinlari joylashgan
Lekin Xitoyda EIH tashkil qilish jarayoni keng miqiyos oldi. Rejali xo’jalik saqlanib qolgan bu mamlakatda EIHlar qaysidir ma’noda sinov bozorlari rolini o’ynaydi. Xitoyda EIHni shakllantirish 70-yillarning oxirida boshlandi va o’z rivojlanish yo’lida bir qator bosqichlarni bosib o’tdi. Hozirda mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan chet el investitsiyasining asosiy qismi 5 maxsus iqtisodiy hududga to’g’ri keladi( Shenchjen, Chjuxay, Shantou, Syamen, Xaynan oroli). Bundan tashqari, 80-yillarning o’zidayoq Xitoyning 14ta dengiz bo’yi shaharlari ochiqlik maqomini olgan. 90-yillarda esa Pudun (Shanxayda) EIH tashkil etildi va xitoy hukumatining iqtisodiy ochiqlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatga molik hudud deb hisoblanadi. Lotin Amerikasi EIHlar soni bo’yicha Osiyodan bir ozgina orqada qoladi. Dastlab bu hududda asosan ESH tuzilgan (portlar va chegara transport yo’llarida), lekin keyinroq eksport-ishlab chiqarish hududlari soni oshib bordi. Shuningdek turli offshor markazlar ham jadal rivojlandi.
Odatda Lotin Amerikasining alohida mamlakatlari nisbatan kam sonli EIHlarga ega. Ular shu mamlakat hukumatlari tomonidan bir maqsadda tashkil qilingan va aniq ixtisoslashuvga ega bo’ladi. Juda katta va kompleks hududga Amazonkaning Braziliya qismidagi “Manaus” EIH misol bo’ladi, uning maydoni 3,6 mln km2. Meksikada esa aksincha, katta bo’lmagan, deyarli alohida korxona bazasida kichik EIH tuzilgan, shuning uchun ularning soni juda ko’p. Turli xildagi EIHlar Chili, Kolumbiya, Urugvay, Markaziy Amerikaning kichik mamlakatlarida va Karib dengizi orollarida mavjud. Afrikada infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi, mablag’lar yetishmasligi tufayli EIHlar keng tarqalmagan.
2004-yilda jahonda ,5 mingdan ortiq turli EIHlar, xususan, 1,5 mingga yaqin tadbirkorlik hududlari, 700 dan ortiq eksport-ishlab chiqarish hududlari, 450 ga yaqin ilmiy-ishlab chiqarish parki va 700 ga yaqin maxsus vazifali hududlar (offshor markazlari, rekreatsiya hududlari, ekologik iqtisodiy hududlar, turistik markazlar va hokazo) faoliyat ko’rsatadi. Yalpi eksport hajmi faqatgina eksport-ishlab chiqarish hududlarining o’zidan 1990-yilda 17 mlrd. $ dan 003-yilda 49 mlrd. $ ga o’sdi. Shu davrda eksport-ishlab chiqarish hududlaridagi bandlar soni mln dan 4 mln ga o’sdi.
Mutaxasislar tahminicha, 020-yilga kelib, jahon tovar aylanmasining 0-25%i EIHlarga to’g’ri keladi. Yuzdan ortiq mamlakatlarda EIHlar faoliyat ko’rsatadi va ularda 3 mln. dan ortiq aholi band.
Do'stlaringiz bilan baham: |